Va xususiy tadbirkorlik tushunchalari mohiyati



Yüklə 346,31 Kb.
səhifə3/12
tarix19.12.2023
ölçüsü346,31 Kb.
#184981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 mavzu

Ammo, Y. Shumpeter tomonidan taklif etilgan motivlashtirish nazariyasi g’arbiy mamlakatlar tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks ettiradi. Tadbirkor- likning tarixiy tomirlariga ega O’zbekistonda tadbirkorlikning zamonaviy haqiqatlarga asoslangan o’z motivi bo’lishi kerak. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bir qator o’ziga xos alomat va xususiyatlar bilan birga bo’ladi. Mam- lakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi alomatlarga ega: -o’z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish;

    • eng muhim, ijtimoiy va iqtisodiy samara keltiruvchi g’oyalarni amalga oshirish istagi; -to’rachilik tuzilmalari bilan bog’liqlikdan qochish, hara- katlar erkinligi va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo’lish; -qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug’ullanish; -o’zining ijtimoiy maqomi va obrusini oshirishga intilish hamda o’ziga va o’z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta’minlash.

«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug’atida quyidagicha ta’riflanadi:
Tadbirkorlik – (ingl. interprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratil- gan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. yentrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat ber- ish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin.
Bizning fikrimizcha: Tadbirkor - bu mulkchilikning turli shakllarida mehnat qilayotgan kishilarga nisbatan o’zining ilmiy-amaliy salohiyoti, ongli mehnati, asosli va ishonchli tavakkalchiligi, yaratuvchanlik qobiliyatiga
egaligi, tabiat, jamiyat va iqtisodiy qonunlardan to’g’ri foydalana oladigan, texnologik va iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ekologik dunyoqarashni o’zida mujassamlashtirgan, boshqalarga qaraganda ustunlik- ka erishib kelayotgan zamon kutgan kishidir
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bugungi kunda tadbirkorlik, ishbilar- monlik va biznes yo’nalishlarini infratuzilma sohalarida, tarmoqlarida ko’proq tashkil qilish maqsadga muvofiq deb bilamiz.


Yüklə 346,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin