"O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to’g’risida"gi qonundatadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: "Tadbirkorlik - mulkchiliksubyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlikasosida,amaldagiqonunlardoirasidatashabbusbilaniqtisodiyfaoliyatko’rsatishidir". O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida "gi qonun asosida biznes va tadbirkorlik faoliyati tartibga solinadi. Ushbu konunda ta’riflanishicha "tadbirkorlik(tadbirkor-likfaoliyati)–yuridikvajismoniyshaxslartomonidanmulkiymas’uliyatostida, mavjudqonunlar doirasida,daromad(foyda)olishmaqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir". Buta’rif aynipaytda biznesning ham mohiyatini ochib beradigan ta’rifdir.
Tadbirkorlik bu o’z mohiyatiga ko’ra inson faoliyatining ko’p qirra-li sohasi bo’lib, u yangilikni yaratish bilan bog’liq va san’at turi kabi ijodiy jarayondir.
Tadbirkorlikning mohiyatini, uning harakat va imkoniyatlari doirasi- ni yaxshiroq tushunib olish uchun, uning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga bo’lgan qarashlar tizimi rivojini tashkiliy, siyosiy - iqtisodiy va ijtimoiy- psixologik jihatlar nuqtai nazaridan umumlashgan holda tahlil qilamiz.
O’zbek olimlaridan A.O’lmasov va N.To’xliyevningtadbirkorlikni "daromad keltiradigan yoki naf beradigan xo’jalik faoliyati (kasb-kor, mashg’ulot) sohibkorlik- tijorat ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsa- dida biror ish bilan band bo’lish" , "...tadbirkorlik - pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmaga olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish", deb ta’riflashgan.
Tadbirkor, ishbilarmon, biznesmenning ma’noviy-ma’rifiy saviyasi, bilimva tajribasi, boshqa shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo’ladi. Tadbirkorningishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: -birinchidan, bozorning tovar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo’jalik tizimida o’z o’rnini topishi; -ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati; -uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirishi; -to’rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to’g’ri yo’lga qo’yish qobiliyati; -beshinchidan, yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib hayotga tatbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur eta olishi.
Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y.Shumpeteruchtaasosiymotivniajratgan:-birinchidan, hokimlik qilish, hukmronlik, ta’sir qilishga ehtiyoj;
ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali erishish yehtimoli bo’lgan g’alabaga iroda, muvaffaqqiyat sari harakat; -uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi ijodkorlik quvonchi.