Tadbirkorlik shakllari. Tadbirkorlik mulk shakllariga ko’ra davlat, nodavlat, shu jumladan, xususiy, aralash shakllarda namoyon bo’ladi. Nodavlat shakllariga xususiy - yakka va xususiy - jamoa tadbirkorligi kiradi. O’z navbatida xususiy - yakka tadbirkorlik subyektining o’z mexnatiga va yollanma mehnatga asoslangan bo’ladi. Xususiy - jamoa tadbirkorlikka sheriklik, paychilik jamoalari, aksiyadorlik jamiyatlari kiradi. Aralash tadbirkorlik ko’shma, aralash va ijara korxonalari shaklida namoyon bo’ladi.
Uyushish darajasiga ko’ra, yakka tartibdagi va jamoa tadbirkorlik shakllari mavjud. Yakka tartibdagi tadbirkorlikka yakka tartibda mexnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi, o’z mexnatiga, xususiy va yollanma mex- natga asoslangan xususiy tadbirkorlik, oilaviy korxonalar kiradi.
Tadbirkorlikning jamoa shakliga davlat, shirkat, sheriklik, paychilik, mexnatjamoasi korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari va hokazolar kiradi.
Faoliyat sohasiga ko’ra, tadbirkorlik ishlab chikarish, xizmat ko’rsatish, tijorat ishi va tijoratda vositachilik qilish shakllariga ega bo’ladi. Tadbirkorlik korxonasida ish bilan band bo’lgan xodimlar mikdoriga ko’ra kichik, yirik tadbirkorlik shakllarida o’z ifodasini topadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki kichik tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
- yakka tartibdagi tadbirkorlik; - xususiy tadbirkorlik; - jamoa tadbirkorli- gi; - aralash tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish- ning eng oddiy shakli bo’lib, uni tashkil qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan
«O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o’z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tad- birkorlik o’z navbatida ikki turga bo’linadi: - shaxsiy tadbirkorlik; - birgalikdagi tadbirkorlik.
Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoli- yatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o’zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) un- dan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga mulkiy huquq tufayli o’ziga tegishli mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».
Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbir- korlikka quyidagilar kiradi:
- er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; - dehqon xo’jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xo’jaligi; - o’zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo’lgan umumiy mulk negizida yakka tart- ibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo’jaligi.
Yuridik shaxs tashkil qilmay, o’z faoliyatini amalga oshiradigan tad- birkor sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi guvohnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish reyestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag’i ochish, soliq organlaridan ro’yxatdan o’tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
O’zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Ni- zom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o’z tavak- kalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirila-digan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.
Jamoa tadbirkorligi bir guruh fuqarolarning o’zlariga ma’qul bo’lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil etishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish- laridir.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat yuritadigan korxona tushuniladi.
Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkor- likdan olinadigan foydani baham ko’rishga asoslangan sherikchilik korxonasidir.
Shirkat firmalarining ikki turi mavjud:
- mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar; - mas’uliyati cheklangan jamiyatlar.