Vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi. Solenoid va toroidning magnit maydoni. Vakuumdagi elektrostatik maydon uchun ostrogradiskiy gauss teoremasi


Nisbiylikning maxsus nazariyasi va uning mohiyati. Poyting vektori. Cherenkov nurlanishi



Yüklə 308,39 Kb.
səhifə4/24
tarix24.12.2022
ölçüsü308,39 Kb.
#77723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi. Solenoid va toroidning magnit maydoni.

Nisbiylikning maxsus nazariyasi va uning mohiyati. Poyting vektori. Cherenkov nurlanishi.
Nisbiylik nazariyasi — fazo va vaqtning har qanday fizik jarayon uchun oʻrinli boʻlgan xususiyatlari haqidagi hozirgi zamon fizika taʼlimoti. Albert Einstein yaratgan nisbiylik nazariyasi 2 qismdan: maxsus nisbiylik nazariyasi va umumiy nisbiylik nazariyasidan iborat boʻlib, maxsus nisbiylik nazariyasi 1905-yilda, umumiy nisbiylik nazariyasi 1916-yilda nihoyasiga yetkazilgan.
Nisbiylik nazariyasiga koʻra, fizik jarayonlarda fazo va vaqt xususiyatlari oʻzaro bogʻliqdir. Fazo va vaqtning oʻzaro bogʻlanishi harakat tufaylidir. Jism turli harakatda ekan, fazo va vaqt xususiyatlari ham turlichadir. Maxsus nisbiylik nazariyasi uchun 2 prinsip (asosiy qonun) zamin hisoblanadi: birinchisi nisbiylik prinsipi, ikkinchisi yorugʻlik tezligining doimiyligidir. Nisbiylik prinsipiga asosan, fizik qonuniyatlarni ifodalovchi matematik tenglamalar bir xil koʻrinishga ega, yaʼni ular turli inersial sanoq sitemalarga nisbatan invariantdir. Ikkinchi prinsipni quyidagicha ifodalash mumkin: yorugʻlikning boʻshliqdagi tezligi barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil qiymatga ega boʻlib, yorugʻlik manbaining harakatiga bogʻliq emas.
Gravitatsiya, fazo va vaqt haqidagi hozirgi zamon fizik nazariyasi, asosan, Esinstein tomonidan yaratildi va umumiy nisbiylik nazariyasi nomini oldi. Umumiy nisbiylik nazariyasining yaratilishida ekvivalentlik prinsipi asos boʻlib xizmat qildi.
Nisbiylik nazariyasidan kelib chiquvchi xulosalar juda koʻp tekshirishlar, kuzatishlar va tajribalar asosida tasdiqlangan. Hozirgi kungacha nisbiylik nazariyasining kamchiliklari mavjudligini koʻrsatuvchi biror dalil yoki tajriba natijalari maʼlum emas.
Nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi, olam tuzilishini odatiy kundalik kuzatishlar natijalaridan kelib chiqib tavsiflovchi, ya'ni, vaqt maromining bir xilligi, kuzatuvchining makondagi joylashuvi va tezligiga asoslanib tushuntiruvchi g’oyalarni jahon ilm-fan ayvonidan butunlay quvib yubordi. Kvant mexanikasi, avvalboshdanoq o’ta maxsus soha bo„lgani uchun, keng miqiyosda ommalashmagini tabiiy. Nisbiylik nazariyasi esa koinot eshiklarini ochdi, zamon va makon maslalari, harakat mobaynida siqiladigan jismlar, hamda, ko’rsatkichlari sekinlashadigan soatlar haqida hikoyalar qildi. U olam haqida anchayin noodatiy va shu sababli ham g’oyat qiziqarli tarafdan yangicha tushunhchalarni taqdim etdi. Shu sababli ham bu nazariya odamlarda o’rnashib qolgan va sodda tushunchalarga asoslangan dunyoqarashga nisbatan kuchli ta’sir ko’rsatdi hamda ular mazkur yangicha ta’limotdan cho’chishmadi. Agar Nyuton bizni o„rab turgan atrofni soat mexanizmiga aylantirib, uni xoxish va yoki sanoat inqilobi talablari doirasida boshqarish mumkin bo„ladigan ko„rinishga keltirgan bo’lsa, Eynshteyn esa, ilgari orzu ham qilib bo„lmagan narsalarni ham real voqe’likka aylantirdi. Shuningdek uning g’oyalari kimlar uchundir qay darajada tushunarli yoki tushunarsiz bo„lishidan qat’iy nazar, hozirgi zamon madaniyatining har jabhasida o’z aks-sadosini berib kelmoqa.


Yüklə 308,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin