Valentlik tushunchasi Xulosa. Sintaktik aloqa haqida


Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari



Yüklə 139 Kb.
səhifə2/11
tarix24.05.2023
ölçüsü139 Kb.
#121383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Kirish Sintaktik aloqa haqida Teng aloqalar Tobe ergash

Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari (sintaktik shakl hosil qiluvchi vosita) – kelishik, egalik, kesimlik ko‘rsatkichlari. Aloqa-munosabat shakllari shakliy omil sifatida so‘zlarning erkin bog‘lanishida faol: Men qishloqqa o‘tdim gapida -ga shakli qishloq so‘zini o‘tmoq fe’li bilan, -dim kesimlik shaklidagi -m ko‘rsatkichi men so‘zini o‘tmoq fe’liga tobelash vazifasini o‘tamoqda.
Egalik qo‘shimchalari mustaqil so‘zlarning hokim mavqeda kelishini ifodalab, uning tobe so‘zga munosabatini ko‘rsatadi (sizning uyingiz). Shuningdek, bog‘lash bilan birgalikda, hokim va tobe so‘zning shaxs va sonda moslashishini ham ta’minlaydi.
Кelishik – mustaqil so‘zning barchasi uchun tobelikni ta’minlovchi formal ko‘rsatkich. Masalan, bosh kelishik egani, tushum kelishigi to‘ldiruvchini, qaratqich kelishigi aniqlovchini hokim bo‘lakka tobelaydi.
Shaxs-son qo‘shimchalari, kesimlikning boshqa shakllari bilan birgalikda, o‘zi hosil qilayotgan hokim bo‘lakni tobe bo‘lak – egaga bog‘laydi.


Yordamchi so‘z. Sintaktik aloqani ifodalashda qo‘llanadigan yordamchi vositalar (ko‘makchi, bog‘lovchi va bog‘lama) birikuvlarda shakliy omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Кo‘makchining bir so‘zni ikkinchi so‘zga tobelovchi vosita ekanligi, ma’no va vazifa jihatdan kelishikka o‘xshashligi (telefonda gaplashmoq – telefon orqali gaplashmoq), shuningdek, so‘zni sintaktik aloqaga kiritishda o‘zi bilan birga uning biror kelishik shaklida bo‘lishini ham talab qilishi ma’lum: Marraga qadar bir tekisda yugurib borishdi. (A.G‘ul.).
Bog‘lovchi odatda, so‘z tizmalari, gaplarning a’zolarini bog‘lash uchun xizmat qiladi. Masalan: olma va anor. Men o‘qidim va yozdim. Teng bog‘lovchi birinchi misolda so‘z tizmasi a’zolarini, ikkinchi misolda esa qo‘shma gap a’zolarini bog‘lash uchun xizmat qilgan.
Bog‘lama ot kesimni ega yoki boshqa tobe a’zo bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi: Biz o‘tgan yili talaba bo‘ldik. Bunda bo‘ldik bog‘lamasi shaxs-son va zamon ma’nolarini ifodalagan hamda kesimni uning shaxs (biz), zamon (o‘tgan yili) kengaytiruvchilari bilan bog‘lagan.



Yüklə 139 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin