Valyuta kursi, to‘lov balansi va uning taqchilligi (2 soat) To‘lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi


Valyuta kurslarining barqarorligi



Yüklə 87,03 Kb.
səhifə3/4
tarix13.05.2023
ölçüsü87,03 Kb.
#113079
1   2   3   4
Valyuta kursi, to‘lov balansi va uning taqchilligi (2 soat) To‘l

Valyuta kurslarining barqarorligi.
Valyuta bozorlari xalqaro hisob-kitoblarni operativ amalga oshirish, xalqaro valyuta bozorlarining kredit va moliya bozorlari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi. Valyuta bozorlari yordamida banklar, korxonalar, davlatlarning valyuta zahiralari to‘ldiriladi. Bundan tashqari, valyuta bozorlari mexanizmidan iqtisodiyotni davlat tomonidan bosharilishida, shu jumladan makrodarajada davlatlar guruhi doirasida (masalan, EI) foydalaniladi. Institusion nuqtai nazarida, valyuta bozorlari - bu birja, brokerlik firmalari, banklar, korporasiyalar va shuningdek transmilliy korporasiyalar umumiyligidir. 80-yillarning oxirida banklararo bozorda o‘zaro bir-birlari bilan, shuningdek savdo-sanoat mijozlari bilan 85-90% atrofida valyuta savdosini amalga oshirilgan bo‘lsa, 90-yillar o‘rtalarida savdo kelishuvlarining tobora ko‘pchiligi banklar emas, investision fondlar tomonidan amalga oshirilgan edi.
Xalqaro kredit-moliya munosabatlari ssuda kapitalining jahon kredit va moliya bozorlaridagi harakati bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimini qamrab oladi. Xalqaro kredit bozorida davlatlar o‘rtasida qaytarish, vaqtli, foiz to‘lash shartlari bo‘yicha pul kapitalining harakati ro‘y beradi. Jahon kredit bozori - ssuda kapitalining bir qismidir. Ssuda kapitali bozori o‘z ichiga birinchidan, jahon pul bozorini olsa (1 kundan 1 yilgacha qisqa muddatli depozit-ssuda operasiyalari, shuningdek Evrovalyutalar bozorini o‘z ichiga oladi), ikkinchidan, jahon kapitali bozorini (o‘rta va uzoq muddatli xorijiy kreditlar va Evrokreditlar bozorini-1 yildan 15 yilgacha) o‘z ichiga oladi.
Jahon moliya bozori - bu ssuda kapitallari bozorining bir qismi bo‘lib, unda asosan qimmatbaho kog‘ozlarning emissiyasi va savdo-sotig‘i amalga oshiriladi. Jahon ssuda kapitali bozori milliy ssuda kapitali bozorlarining xalqaro operasiyalari asosida paydo bo‘ladi, ularning baynalminallashuvi davomida rivojlanadi. Jahon ssuda kapitallari bozori oxirgi o‘n yillikda tez rivojlandi. Bunga sabab ssuda kapitali harakatining uzoq muddatli an’analari, bu harakatni milliy darajada tartibga soluvchi davlatlarning huquqiy normalarining liberallashuvi, qimmatli qog‘ozlar harakatining kengayishi, integrasion jarayonlardir. Jahon ssuda kapitali bozori jahon xo‘jaligida ssuda kapitali harakatini ta’minlovchi turli kompaniya, bank valyuta-kredit munosabatlari birligini qamrab oladi. Jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishining XX asr oxirigidagi muhim tendensiyasi shundaki, xalqaro kredit-moliya munosabatlari o‘sish sur’atlari bo‘yicha sanoat ishlab chiqarish va xalqaro savdodan ancha oldindadir.
XX asrning 50-yillari oxiridan boshlab xalqaro kredit-moliya bozorining rivojlanishi jahon ssuda kapitali bozorining o‘ziga xos tomoni - Evrobozorning vujudga kelishi va kengayishiga sabab bo‘ldi.
Evrobozor - bu Evrovalyutada kredit zayomlar bo‘yicha operasiyalar amalga oshiriladigan bozordir.
Evrovalyuta - mamlakatning biror bir xorijiy bank hisobiga o‘tkazilgan va shu banklar tomonidan barcha davlatlarda, shu jumladan, emitent davlatda ham operasiyalar amalga oshirishda foydalanadigan konvertirlanadigan valyutasidir.
Evrobozorlar - davlat, hukumat bozori degan maqomga ega emas. Ularning paydo bo‘lishiga korxonalar, investorlar, shuningdek ba’zi bir davlatlarning ehtiyoji sabab bo‘ladi. Evrobozorlardagi operasiyalar ayrim davlatlarni davlat tomonidan valyutani tartibga solinuviga va soliq qonunchiligiga bo‘ysunmaydi. Jahon iqtisodiyotida evrobozorlar 50-yillar oxirida yuzaga kelgan bo‘lib, buning asosiy sabablari quyidagilardan iboratdir:
1. Dollarni AQSHdan tashqarida joylashtirish taklifining paydo bo‘lishi.
2. Evropada dollarga bo‘lgan talabning kattaligi.
3. AQSHdagi tartibga solishning bu davlatda dollar bilan valyuta operasiyalarini o‘tkazishning erkin bozordagiga nisbatan mushkullashtirilganligi.
4. Evropa banklarining xalqaro operasiyalarini moliyalashtirish qurolini topishga bo‘lgan istagi va boshqalar.
Evrobozorlarning rivojlanishi jahon miqyosida moliyaviy resurslarga talab va taklifning erkin nisbatini yaratishga imkon berdi. Evrobozorlar korxonalarga moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini ichki kapital bozoriga murojaat kilmasdan qondirish imkoniyatini beradi. Ular moliyaviy resurslarni rasional joylashtirish imkoniyatini beradi.
SHunday qilib, evrobozorlar o‘z faoliyatlarini diversifikasiya qilib jahon miqyosi o‘lchamlarini oladi. Ular kapital joylashtirish va kreditlash bo‘yicha operasiyalarni barcha xalqaro operatorlarga taklif qiladi. Evrobozorlar barcha yirik xalqaro banklarni, jahon moliyaviy markazlarni va barcha konvertirlanadigan valyutalarni mobilizasiya qiladi. Evrobozorlarning rivojlanishi yangi moliyaviy markazlarni (Singapur, Gongkong, quvayt, Kayman orollari va boshqalar) paydo bo‘lishiga olib keldi. 1981 yilning dekabrida Nyu-YOrkda xalqaro bank xizmatlari bo‘yicha erkin zona paydo bo‘lgan bo‘lsa, 80-yillarning oxiriga kelib yangi jahon moliya markazlarida butun dunyo xalqaro valyuta-moliya operasiyalarining uchdan bir qismi to‘plangan edi. SHunday qilib, Evrobozorlarni rivojlanishi va xalqaro moliyaviy bozorlarni baynalminallashuvi xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun tovarlar bozorini rivojlanishi va baynalminallashuvida xalqaro mehnat taqsimoti kabi ahamiyatga ega bo‘ldi.

Yüklə 87,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin