Valyuta siyosati


Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsi



Yüklə 27,04 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü27,04 Kb.
#201513
1   2   3   4   5   6   7
valyuta siyosati AKRAMOVA DIYORA

Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsi

  • Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsi
  • ya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan holda amalga oshirilayotgan davlat moliya siyosati orqali iqtisodiyotimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya qilish yaxshi natijalar bermoqda. Bu xususida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta`kidladilar: “Yillik budjet yalpi ichki mahsuloyga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. 2019 yilda ijtimoiy sohaga Davlat byudjeti jami xarajatlarining 59,1 foizi yoki o`tgan yilga nisbatan ko`proq mablag` ajratiladi. Jumladan, ta`lim-tarbiya sohasiga davlat byudjeti xarajatlarining 33,7 foizi, sog`liqni saqlash tizimiga 14 foizi yo`naltiriladi. Ta`lim-tarbiya sohasini ta`minlash va rivojlantirish sarf-xarajatlari o`tgan yilga qaraganda 16,3 foizga, sog`liqni saqlash tizimida 16 foizga ko`payadi”.

1.Byudjet-soliq siyosati iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

  • Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi byudjet-soliq siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi byudjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet mul tiplikatori deb 6 yuritiladi. Balanslashgan byujet mul tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan samara soliqlar pasayishidan olinadigan samaradan kattaroq bo`ladi. Bu holatdavlat xarajatlarining daromadlar va is`temol hajmiga ta`siri soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq byudjet-soliq siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o`ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Aksincha, byudjet-soliq siyosat davlat sektorini cheklashg aqaratilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriyko`tarilishpaytidaesadavlatxarajatlarinioshirishmaqbulyo`lhisoblanadi. Byudjetningdaromadlarqisminito`ldirishningfavquloddagichoralariiqtisodiymustaqillikningyo`qolishigaolibkelishimumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Hukumat mamlakatning sharoitlaridan kelib chiqqan holda, byudjet siyosatini olib boradi. Bunday siyosat mamlakatni pul potentsiali doirasida hukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bo`lishi, byudjet taqchilligi ustidan nazorat o`rnatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag` ajratishni talab etadi. Byudjet taqchilligining kelib chiqish sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin: ♦ taqchillik davlatning kredit qo`yilmalarini ko`payishida iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati yuzasidan kelibchiqishimumkin, bunday holat iqtisodiyotda krizis holatini bildirmaydi, balki davlatni iktisodiy kon yukturasini tartibga solish, progressiv odimlanishini ta`minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi; ♦ taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda byudjetdagi zaxiralar yetarli bo`lmaydi va ortiqcha mablag`lar manbasiga ehtiyoj tug`iladi; ♦ taqchillik krizis holatidan kelib chiqadi, bunda iktisodiyot parokanda holatda bo`ladi, moliya-kredit aloqalari samarasiz bo`lib, hukumat mamlakatdagi moliyaviy holatni o`z nazorati ostiga ololmaydi.

Yüklə 27,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin