1.O’quvchilarnirasmgaqarabhikoyaqilishgao'rgatish
Rasmga qarab hikoya qilish illustratsiyali materiallar tarkibiga kiradi. O’qituvchi rasmlar yordamida o’quvchilarning tevarak-atrof to'g'risidagi tasavvurlarini kengaytiradi, tafakkurlarini rivoj-lantiradi, xotirani mustahkamlaydi va nutqni boyitadi. Shuningdek, ko'rish imkoniyati bo'lmagan narsa va hodisalar bilan tanishtiradi, ular to'g'risidagi bilimlarini aniqlaydi va to'ldiradi, yuqori axloqiy sifatlarni (mehnatga qiziqish, ona tabiatga muhabbat, o'z o'rtoqlariga sadoqat va hokazolar) shakllantirishga yordam beradi. O’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatish uchun narsa-buyumlarni tasvirlovchi predmetli rasmlardan, sujetli rasmlardan, repro-duksiyalardan, peyzaj va naturmort, etud rasmlardan foydalaniladi.
M. M. Konina o’quvchilarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o'rgatishning quyidagi mashg'ulot turlarini ajratib ko'rsatadi: 1) narsa-buyumlarni tasvirlovchi rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; 2) voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; 3) voqeaband rasmlar asosida mazmunli hikoya tuzish; 4) vo- qealar ketma-ket keladigan rasmlar to'plami asosida hikoya tuzish; 5) peyzajli (manzarali), naturmort rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
O’qituvchi hikoya qilish uchun rasm tanlashda quyidagi talablarga amal qilishi kerak: a) voqealar oddiy bo'lishi, o’quvchining yoshiga qarab voqeaning murakkablashib borish tamoyiliga amal qilishi; b) mazmuni jihatidan o’quvchilarning yoshiga va nutqining rivojlanish darajasiga mos bo'lishi; d) o’quvchining xayolini, tafakkurini, estetik his-tuyg'ularini, kuzatuvchanligini, nutqini rivojlantirishga yordam berishi; e) rasmda tasvirlangan narsa-buyumning ko'rinishi yoki voqeaning biror-bir qismida haqiqatni buzib tasvirlash hollari bo'lmasligi.
Kichik sinf. Bu sinfda rasmga qarab hikoya qilishga o'rgatishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshiriladi. Bu sinf o’quvchilari hali o'z fikrlarini bir-biriga bog'lab bayon eta olmaydilar. Ularning nutqi dialog ko'rinishiga ega bo'ladi. Bu
yoshdagi o’quvchilar rasmdagi narsa-buyumlarning nomini, ularning ayrim sifatlarini va harakatlarini aytib berish bilangina kifoyalanadilar, bu o’quvchilarda idrokning yaxshi rivojlanmaganligi, so'z to'plamining kamligi, gaplarni to'g'ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog'liqdir. Rasm bo'yicha ishlashda o’qituvchining asosiy vazifasi quyidagilar: 1) rasmni ко'rib chiqishga, undagi eng muhim narsani seza olishga o'rgatish; 2) rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning nomlarini aytishdan sekin-astalik bilan bog'langan nutq ustida (savollarga javob berish va uncha katta bo'lmagan hikoyalar tuzish) mashq qilishga o'tish.
O’quvchilarni rasmlar bilan tanishtirish mashg'uloti turli xilda olib borilishi mumkin. Mashg'ulot asosan ikki qismdan iborat bo'ladi:
Savollar yordamida rasmni ко'rib chiqish.
O’qituvchining namuna-hikoyasi bilan yakunlash. Mashg'ulot uncha katta bo'lmagan kirish suhbati bilan
boshlanishi mumkin. Uning maqsadi rasmda tasvirlanganlar to'g'risida o’quvchilarning tasawurini aniqlashdan va emotsional kayfiyatni vujudga keltirishdan iboratdir. O’qituvchining savollari mashg'ulotdagi asosiy metodik usullardan biri hisoblanadi, shuning uchun savollarni oldindan puxta o'ylab olish muhimdir. O’quvchilarga beriladigan savollar tushunarli bo'lishi va unga javob berishda qiyinchilik tug'dirmasligi kerak.
Kichik yoshdagi o’quvchilar rasm asosida ikki-uch so'zdan iborat bo'lgan gaplar yordamida hikoya qilib berishga o'rganadilar. Rasmni
ko'zdan kechirish o’quvchilar nutqining to'g'ri va aniq rivojlanishiga yordam beradi. O’qituvchi, rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarni va voqealarni to'g'ri aytishlarini nazorat qilib borishi kerak. O’qituvchi o'z nutq namunasi, savollari, ko'rsatmalari bilan o’quvchilarga rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning sifat va belgilarini aniq belgilovchi so'zlarni tanlay olishlarida yordam beradi.
Kichik sinflarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar (o'yinchoqlar yoki tanish uy jihozlari), uy hayvonlari, o’quvchilar
hayotidan olingan murakkab bo'lmagan voqealar tasviridan iborat bo'ladi. Mashg'ulotdan so'ng rasm sinf xonasida bir necha kunga qoldiriladi. O’quvchilar yana bir marta rasmni ko'zdan kechirib chiqadilar. Ilgari ko'rmagan narsalarini ko'radilar, bir-birlariga fikrlarini aytishadi. O’qituvchi bunday ko'zdan kechirishlarga rahbarlik qiladi, ya'ni ularning aytayotgan fikrlarini aniqlashtiradi, qo'llab-quwatlaydi, rag'batlantiradi.
O'rta sinf. Bu sinf o’quvchilarining nutqi takomillashadi, fikrlashi faollashadi, uncha katta bo'lmagan hikoya tuza oladilar.
Dastlab o’quvchilar o’qituvchining savollari yordamida hikoya qilib beradilar. Bu o’quvchilarning jamoa bo'lib tuzgan yoki o’qituvchi va bitta o’quvchining hamkorlikda tuzgan hikoyasi bo'lishi mumkin. Mashg'ulot oxirida o’qituvchi o’quvchilarning barcha aytgan fikrlarini umumlashtirib, o'zi to'liq hikoya qilib beradi.
So'ngra o’quvchilar o’qituvchining namuna-hikoyasini takrorlaydilar. Bu sinfda o’qituvchining namuna hikoyasi o’quvchilarning undan nusxa olishlari uchun beriladi. „Huddi mendek hikoya qilib bering", „Yasha, mening hikoyamni eslab qolibsan", — deb o’qituvchi o’quvchilarni rag'batlantiradi, ya'ni ushbu sinfda o’quvchilardan mavzudan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi. Namuna-hikoya ma'lum bir talablarga javob berishi kerak.
O'rta sinf o’quvchilarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga o'rgatish mumkin. O’qituvchi o’quvchilarni o'z hikoyasida lug'atidagi so'zlardan, sifatdoshlardan, aniqlovchidan, holdan va boshqalardan keng foydalanishga o'rgatishi kerak. O’quvchilar rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga (bir yoki bir qancha narsa-buyumlarning yoki obyektlarning sifatlari, xususiyatlari, xarakterlari to'g'risidagi hikoya) o'rganib olganlaridan so'ng voqeaband suratlar bo'yicha voqeaband hikoyalar tuzishga o'rgatiladi. O’quvchilar o’qituvchi yordamida tasviriy xarakterga ega bo'lgan bog'langan hikoya
tuzadilar. Bu sekin-astalik bilan o’quvchilarni mustaqil ravishda voqea band hikoyalar tuzishlariga yordam beradi.
Katta sinfda o’quvchilarning faolligi o'sadi, nutqi takomillashadi, turli rasmlar bo'yicha mustaqil hikoya tuza oladilar. Rasmlardan foydalanilgan mashg'ulotlarda ularning mazmuniga qarab liar xil vazifalar qo'yiladi: 1) o’quvchilarni rasmlarning mazmunini to'g'ri tushunishga o'rgatish; 2) his- tuyg'ularni tarbiyalash (rasmlarning mazmuniga qarab aniq rejalashtiriladi: tabiatga muhabbat, kasb-hunarga hurmat va hokazolar); 3) rasmlar bo'yicha bog'langan hikoya tuzishga o'rgatish; 4) lug'at to'plamini kengaytirish va faollashtirish (o’quvchilar xotirada saqlashlari lozim bo'lgan yangi so'zlar yoki aniqlanishi va mustahkamlanishi lozim bo'lgan so'zlar oldindan aniq rejalashtiriladi). Boshlang’ish sinfda o’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatish jarayonida o’qituvchining rahbarligi o'zgaradi. Endi u shaxsan ishtirokchilikdan kuzatuvchi roliga o'tadi, zarur bo'lgandagina aralashadi. Katta sinf o’quvchilarining hikoyalariga katta talablar qo'yiladi: voqealarni uzviy bog'langan holda, grammatik jihatdan to'g'ri jumlalar tuzib bayon qilish; til vositalarining (harakatlarni, sifatlarni, holatlarni va boshqalarni aniq belgilash) mustaqilligi, obrazliligi, bir maqsadga qaratilganligi, topshiriqni o’quvchi tomonidan ongli tarzda anglash uni to'g'ri bajarishning asosiy shartlaridan bin hisoblanadi. Bu jihatlarga o’qituvchining rahbarlik qilishi juda katta ahamiyatga ega, u topshiriqni tushunishga va to'g'ri bajarishga yordam beradi. O’qituvchining namuna-hikoyasi, ayniqsa, maktabga tayyorlov sinfida ularning hikoya qila olish malakasini yanada yuqori darajada rivojlanishi uchun asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. O’qituvchi o’quvchidan namuna-hikoyaning ay nan o'zini takrorlashni talab qilib qolmasdan, balki takomillashtirib, o'zgartirib, umuni-lashtirgan holda, adabiy obrazlardan foydalanib hikoya qilishni talab etadi. Namuna ko'pincha rasmning bir qismi uchun taalluqli bo'lib, u boshqa qismlar yuzasidan mustaqil hikoya tuzish imkonini beradi. Maktabga tayyorlov
sinfida o’qituvchining namuna-hikoyasi, sinfda rasmdagi mazmunni bog'langan holda bayon etishga qiynaladigan o’quvchilar bo'lsagina taklif etiladi. Bunday mashg'ulotlarda hikoya rejasini berish, hikoya mazmunini va izchilligini aytib turishdan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Katta sinfda rasmga qarab hikoya tuzishning hamma turlaridan foydalaniladi: narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; peyzajli va natyumortli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; rasmlar seriyalari — to'plamlari bo'yicha, masalan,
„Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda") hikoya tuzish.
Rasmlar to'plami bo'yicha hikoya tuzish malakasini takomillashtirishda quyidagi usullar yordam beradi: jamoa bo'lib hikoya tuzish — avval boshlanishini o’qituvchi tuzadi, o’quvchilar tugallashadi; bir o’quvchi boshlaydi, boshqasi davom ettiradi.
Quyida misol tariqasida bog'lanishli nutqni rivojlantirish bo'yicha mashg'ulot ishlanmasini keltiramiz. Bu mashg'ulotda nutqning turli vazifalari hal etiladi.
I qism. Bog'lanishli nutq. „Tipratikanlar" rasmi bo'yicha hikoya qilish. Dastur mazmuni. O’quvchilarning yovvoyi hayvonlar (tipra-tikanlar)
to'g'risidagi mavjud bilimlaridan foydalanib, rasm bo'yicha hikoya qilishga o'rgatish.
qism.Lug'at ishi. Topishmoqlarni topish.
Dastur mazmuni. O’quvchilarni topishmoqlardagi obrazli ifodalarning mazmunini tushunishga o'rgatish.
qism. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, tovushlarining to'g'ri talaffuzini mustahkamlash.
Darsning mazmuni. tovushlarining to'g'ri talaffuzini aniqlash, mustahkamlash, fonetik idrokni o'stirish, tovushlari bo'lgan so'zlarni aniq va cho'zib talaffuz etishga o'rgatish.
Mashg'ulotning borishi. O’qituvchi o’quvchilarga tipratikan haqidagi she'rni aytib beradi.
So'ngra o’qituvchi so'raydi: „Tipratikanning tanasi nimalar bilan qoplangan?" (Ignalar bilan.) „Tipratikan qanday?" (Tikanli.) Tipratikan haqidagi topishmoqni tinglashni taklif etadi:
Tikuvchimas, bichuvchimas,
Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan.
So'ng shu topishmoq yuzasidan ham savollar beradi: „Nima uchun: ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan" deb aytilgan? (Chunki uning tanasi ignalar bilan qoplangan, bironta yowoyi hayvon uni yemoqchi bo'lsa, dumaloqlanib olib ignalarini tikkaytirib oladi, natijada uning ignalari yovga (dushmaniga) sanchiladi. Biz ham uni tutib olmoqchi bo'lsak, ignalarini qo'limizga sanchib olishi mumkin. Unga tegib bo'lmaydi, tikanli.)
Yana bitta topishmoq aytadi:
„Ignalarini o'zi bilan olib yuradi, Tikishni esa bilmaycli".
O’qituvchi so'raydi: Nima uchun „Tikishni bilmaydi" deyilgan? Yana qanday ignalar bor, ular nima uchun kerak? (Tikuv ignalari, tikish uchun.) Tipratikanning ignalari bilan tikish uchun ishlatiladigan ignalar nimasi bilan o'xshash? (ular o'tkir, uzun, ingichka.)
O’qituvchi „Tipratikanlar" rasmini („Yovvoyi hayvonlar" seriyali rasmlardan) ko'rsatadi. O’quvchilarga uni diqqat bilan ko'rib chiqishni taklif etadi va savollar beradi: „Bu rasmda nima tasvirlangan? Ona tipratikan nima qilyapti? Tipratikan o’quvchilari-chi? Tipratikanlar nima yeydi? Unga ignalar nima uchun kerak? U qanday? Tipratikanni nima bilan taqqoslash mumkin?" Javoblarni tinglaydi va o’quvchilarga tipratikanlar haqida aytilganlarni esdan chiqarmaslikni aytadi. Shu rasm yuzasidan bir o’quvchining hikoyasi:
„Ona tipratikan va tipratikanchalar yashashar ekan. Kunlar-dan bir kuni ular o'tloqqa sayr qilgani borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtlarni ko'rib ularga tikilib qaray boshlabdi. Ikkita tipratikancha esa qo'ng'izga
qarab o'yiashibdi, bu kim ekan, bitta tipratikancha esa xuddi koptokka o'xshab, dum-dumaloq bo'lib olibdi. Qo'ng'iz yiqilib tushgan edi, tipratikancha qo'rqib, tumshug'ini ichkariga yashirdi".
Ikkinchi bir o’quvchining hikoyasi: Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Ona tipratikan bilan tipratikanchalar yashar ekan. Kunlardan bir kun ular sayr qilgani bog'ga borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtni ko'rib qoldi. Ikkita kichkina tikanli tipratikanchalar chuvalchangni ko'rib qolib, unga qarab turishibdi va qanday taqsimlab olishga hayron".
Uchinchi o’quvchining hikoyasi: „Tipratikanchalar va ona tipratikan yashar ekan. Kunlardan bir kun ular o'rmonga sayr qilgani borishibdi. Ikkita tipratikancha qo'ng'izni ushlab olishdi va uni taqsimlay olishmadi. Ular qarasalar, shox-shabbalarning ostida bir ko'k rangdagi dum-dumaloq narsa. Bu ularning akalari bo'lib, u qo'rqqanidan xuddi koptokka o'xshab dum-dumaloq bo'lib olgan edi. Ular akalariga qarayotganlarida, qo'ng'izlar qochib qolishdi".
O’qituvchi o’quvchilardan kimning hikoyasi nimasi bilan ko'proq yoqqanligini, har bir tinglagan hikoyalarida qanday yangi va qiziqarli narsalarni eshitganliklarini so'rab oladi.
Katta sinf o’quvchilari sekin-astalik bilan rasmda tasvirlangan tabiat manzaralarini (peyzajni) tasvirlash bilan o'z hikoyalarini to'ldirib boradilar. Masalan, „Qishki o'yinlar" rasmi yuzasidan o’quvchi shunday hikoya qilishi mumkin: „Bu rasmda qish tasvirlangan. Kun iliq va quyoshli. Osmon ko'm-ko'k, beg'ubor...". Rasm bo'yicha hikoya qilishga bunday tasvirlashni kiritish o’quvchilarni manzarali (peyzajli) va naturmort rasmlar bo'yicha hikoya tuzishga tayyorlaydi. Bu hikoya turi maktabga tayyorlov sinfida tashkil etiladi. O’quvchilarni manzarali va naturmort rasmlar bo'yicha hikoya qilishga o'rgatishning qiziqarli va samarali uslubiyotini N. M. Zubareva ishlab chiqqan. Jumladan, ushbu uslubiyotni u quyidagicha yoritadi: „ O’quvchilarni manzarali rasmni idrok qilishga sekin-astalik bilan, ularning emotsional kayfiyatlariga
tayangan holda, tabiatni kuzatish bilan bog'lab o'rgatib boriladi. Manzarali rasmni idrok qilishni tevarak-atrofdagi tabiatning rang- barangligini va chiroyini kuzatish bilan (quyoshning chiqishi va botishi, momaqaldiroq, oqshom, ob-havo (bulutli, ochiq), izg'irin shamol va boshqalar) bog'lab olib borish kerak. Manzarali rasmni ко'rib chiqishda quyidagi savollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: Rassom bizga bu o'rmon haqida (ushbu daraxt, maysazor, o'tloq haqida) nimalarni hikoya qilib bermoqchi bo'lgan? Nima uchun rassom o'zining rasmini shunday nomlagan? Rassomga nima qiziqroq, chiroyliroq ko'rinadi? O’qituvchining „nima haqida...", „nima to'g'risida..." degan savollari rasmning tavsifini aniqlashga, tabiat manzarasi to'g'risida aniq tavsif berishga yordam beradi. U yoki bu rasmning badiiy g'oyasini yaxshi tushunish va aniqlash uchun mustqadan, poetik (she'riy) asarlardan foydalanish ma'qul. Bu o’quvchilarda, bir tomondan, barqaror diqqatning vujudga kelishiga yordam bersa, ikkinchi tomondan, ularning kayfiyatini ko'taradi, tasvirlash uchun o'xshatishlar, epitetlar, taqqoslashlar va kinoyalarni tanlashga yordam beradi".
Masalan, Safo Ochilning, „Ko'klam qo'shig'i", Shukur Sa'dullaning
„Bahor keldi", Zafar Diyorning „Qor", she'r-laridan, tabiat to'g'risidagi o'zbek xalq qo'shiq va laparlaridan foydalanish mumkin 5.
Rasmning g'oyasini tushunishga yordam berishda ushbu metodik usul ham yordam berishi mumkin: o’qituvchi o’quvchilardan qor bilan o'ynayotganlarida, uyda onalari bo'lmaganda, shifokor emlash uchun kelganda va hokazo vaziyatlarda kayfiyatlari qanday bo'Iishini so'raydi. O’qituvchining namuna-hikoyasi yoki ada-biy asarni o'qib berishi katta ahamiyatga ega. Masalan,
V. Baksheyevning „YashiI bahor", O'. Tansiqboyevning „Kuz" rasmini ko'zdan kechirishda mashg'ulotni O'tkir Hoshimovning „Tomchi haqida
5Umarova M . va boshqalar 3- sinfda o’qish darslari , T., 2004-yil
ertak" hikoyasini, Qudrat Hikmatning „Bu qaysi fasl?" asaridan parcha o'qib berish bilan tugallash mumkin.
Maktabga tayyorlov sinfida naturmortlarni ko'rib chiqish va tasvirlash mashg'uloti tashkil etiladi. O’qituvchi doskaga uncha murakkab bo'lmagan rasmni (naturmortni) yoki rasmda tasvirlangan idishlardan, gullardan, mevalardan stol ustida, xuddi rasmda tasvirlangandek,
„naturmort" yasaydi. So'ngra o’quvchilarning o'zlari narsa-buyumlardan
„naturmort" yasaydilar va bir vaqtning o'zida „naturmortni" tasvirlaydilar: rangini, bo'yoqlarning mosligini, narsalarning shaklini aytib tasvirlaydilar, keyin esa rasmdagi „naturmort" bilan taqqoslaydilar.
„Stoldagi naturmortni ko'rib chiqish o’quvchilarga narsa-buyumlarning turli sifat xususiyatlarini, belgilarini aniqlashga yordam beradi, ularning estetik sifatlari to'g'risidagi tasawurlari doirasini kengaytirishga ta'sir etadi. O’quvchi sekin-astalik bilan mustaqil ravishda naturmortlarni tasvirlashga o'tadi. Ushbu naturmort rasmlardan foydalanishi mumkin: D. Nalbandyan „Gullar", I. Levitan „Siren", A. Lak-tinov „Fevral", I. Mashkov „Tarvuz bilan naturmort", P. Kan-chalov „Deraza oldidagi siren", A. Fatxullin „Nishona". Shuningdek, o’qituvchi mashg'ulotda fotoetud reproduksiyalaridan ham foydalanishi mumkin. Y. Ryumkinning
„Olmalar", Y. Ignatovichning „Momaqaymoq" va „Moychechak" rasmlarini ko'zdan kechirish yaxshi natijalar beradi.
2. 2. O'yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o'rgatish
O’quvchilarning eng sevimli va qiziqarli mashg'ulotlaridan biri bu o'yinchoqlarni ko'rib chiqish va tasvirlashdir. O'yinchoqlarga qarab hikoya tuzishning ma'nosi juda keng. U o’quvchilarda axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi, birgalikda hikoya qilish malakalarini rivojlantiradi, xotira, diqqat va irodani mashq qildiradi. Hayotda hosil qilgan tajribalarini, idroklarini mustahkamlaydi; kam gapiradigan o’quvchilarning nutqiy muloqotga kirishib ketishiga ta'sir etadi, ularning hayotlarini sermazmun va quvnoq qiladi; lug'atini faollashtiradi, bog'langan nutqning rivojlanishiga yordam beradi. O'yinchoqlar bo'yicha mashg'ulotni tashkil etishda o'yinchoqlarni tanlashga jiddiy e'tibor berish kerak. Kichik sinf o’quvchilariga tasvirlash uchun taklif etiladigan o'yinchoqlar o'zining ba'zi bir xususiyatlariga ega: o'yinchoqlar nomi bo'yicha bir xil bo'lishi mumkin, biroq tashqi ko'rinishi jihatidan bir-biridan farq qilishi kerak (katta va kichkina ayiqchalar; sochi mayda o'rilgan, do'ppi kiygan va sochiga lenta taqilgan qo'g'irchoq; qizil va yashil piramidalar, kubiklar va hokazolar). O'yinchoqlarni bu tartibda tanlash o’quvchilarning lug'atini faollashtirishga va taqqoslash usulidan foydalanish asosida bog'lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Katta sinflarda taxminan quyidagi o'yinchoqlarni tanlash mumkin (o’qituvchi oldindan o'yinchoqlar to'plami ro'yxatini tuzib qo'yadi):
Sentabr. Qog'ozdan yasalgan to'q sariq, zarg'aldoqrang bayroqcha; matodan yasalgan yashil rangdagi bayroqcha; yog'ochdan yasalgan qo'ziqorin; plastmassadan va metalldan qilingan chelakchalar; har xil kattalikdagi qo'g'irchoqlar to'plami; qayiqchalar (o'yinchoqlar nimadan yasalganligini, nomini, rangini bildiruvchi so'zlarni mustahkamlash uchun).
Noyabr. Soatlar, pochta qutisi, telefon, paroxod, avto-mobillar, samolyotlar (shakl va fazoni bildiruvchi, oldinda,yuqorida,orqadakabi so'zlarni mustahkamlash va tushuntiruvchi hikoyalar tuzish uchun).
Yanvar. Juft o'yinchoqlar to'plami: past va baland ikkita piramida; ikki xil avtomobil; mushuk va kuchuk; har xil rangdagi ikkita otcha; ikkita har xil
qo'g'irchoq (o'ngda, chapda, yonda, ketma-ket so'zlarini mustahkamlash hamda taqqoslovchi hikoya tuzish uchun).
Turli yosh sinflarida o'yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o'rgatish.
Kichik sinf. Ushbu sinfda o'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar emotsional shaklda, odatdagi oddiy ta'-limiy o'yin ko'rinishida („Ajoyib xaltacha", „Bu kim?", „Sen nimani topding?") olib boriladi.
O'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar ularni ko'rib chiqishdan boshlanadi. O’qituvchi o’quvchilar diqqatini o'yinchoqlarning tashqi ko'rinishidagi xarakterli xususiyatlarga qaratadi (rangi, shakli, materiali), ularning belgilarini bildiruvchi so'z-larning to'g'ri aytilishini nazorat qiladi. Tasvirlash o’qituvchining savollari yordamida olib boriladi. Kichkintoylaiga tugallangan hikoya berilmay, balki alohida jumlalar aytiladi, shuning uchun savollar. Badiiy asarlarni o'qib berish mashg'ulotlariga o’qituvchining tayyorlanishi
O’qituvchi badiiy asarlarni shunday o'qib yoki hikoya qilib berishi kerakki, u o’quvchilarni o'ziga jalb qila olsin, o’quvchilar asardagi obrazlarning siymolarini ko'z oldiga keltirib, tasawur qila olsinlar va hayajonlansinlar.
O’qituvchining badiiy asarlarni o'qib yoki hikoya qilib berishga tayyorgarligi muallifning nima demoqchi ekanligini yoki xalq ertaklarining g'oyaviy mazmunini, unda ishtirok etuvchilarning xarakter va o'zaro munosabatlarini aniqlashdan boshlanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi o’quvchilar uchun yozilgan asarlarda qahramonlarning xarakteridagi xususiyatlardan biri ajratib ko'rsatiladi. Masalan:
„Quyonning uychasi" ertagida tulki ayyor, kuchsizlar ustidan hukmronlik qiluvchi, xo'roz esa botir, topqir, kuchsizlarni himoya qiluvchi sifatida tasvirlanadi.
Asar shunday tarzda muhokama etib olingach, uni ifodali bayon etish ustida ishlanadi. Bu uch yo'nalishda olib boriladi: 1) emotsional va obrazli ifodalilik, intonatsiyaning xilma-xilligi va boyligi ustida ishlash; 2) asarning ayrim
qismlari o'rtasiga mantiqiy urg'u qo'yish; 3) aniq va to'g'ri talaffuzni hosil qilish; har bir so'zni to'g'ri talaffuz etishga erishish kerak, shundagina o’quvchilar uni to'g'ri idrok etadilar.
O’qituvchi bunday tayyorgarlik jarayonida adabiy asarning g'oyaviy mazmuniga tushunib yetadi va matnni esda saqlay oladi, o'zining kichik tinglovchilari bilan erkin muloqotda bo'ladi va uning nutqi ravon, aniq bo'lib, ishonchli chiqadi, aytilayotgan so'z ishonarli, ta'sirchan, o’quvchilar uchun tushunarli bo'ladi.
Agar o’qituvchi o’quvchilarga tanish bo'lgan asarni o'qib yoki hikoya qilib bermoqchi bo'lsa, ilgari uni o’quvchilarga yetkazish ustida yetarli darajada ishlagan bo'lsa, u vaqtda mashg'ulotga quyidagicha tayyorlanadi: asar matnini va ilgari hosil qilingan ifodali o'qish vositalarini yodiga tushirish maqsadida uni bir necha marta ovoz chiqarib o'qiydi, mashg'ulot rejasini tuzadi. Mashg'ulot rejasida asarni o’quvchilarga qanday yetkazish o'qib berish yoki hikoya qilib berish usuli ko'rsatiladi.
XULOSA.
O’qituvchi tomonidan o'qib yoki hikoya qilib berish uchun tanlangan badiiy asarlarning g'oyaviy mazmuni o’quvchilarga tushunarli bo'lsa, ularning yuragiga yetib borsa, asar o'zining tarbiyaviy rolini bajargan bo'ladi.
O’qituvchi yozuvchi va o’quvchilar o'rtasida vositachi bo'lib hisoblanadi. Maktab yoshidagi bolalar o'quvchi emas, tinglovchidirlar. O’quvchilar tomonidan badiiy asarlarni qanday idrok qilish o’qituvchiga bog'liq.
O’qituvchi asarni qanchalik ifodali, mazmunli o'qisa, o’quvchilar shunchalik diqqat bilan tinglaydilar, uning mazmunini yaxshi tushunadilar. Badiiy asarlar o’qituvchi tomonidan kitobdan o'qib berilishi, kitobsiz yoddan aytib berilishi, hikoya qilib berilishi mumkin. Asar mazmunini o’quvchilarga yetkazish asar janriga va tinglovchilarning yoshiga bog'liq.
Xalq ertaklarini — xalq og'zaki ijodiyoti namunalarini o’quvchilarga kitobdan o'qib bermasdan, hikoya qilib bergan ma'qul. O’qituvchi dastur asosida o'qib berishi yoki hikoya qilib berishi uchun asar tanlagach, asarning g'oyaviy mazmuni va uning tili o’quvchilarga tushunarlimi yoki yo'qmi, shuni oldindan tasawur etishi kerak. Agar o’qituvchi ulardagi ayrim ifodalar, so'zlar o’quvchilarga tushunarli emasligini taxmin qilsa, u holda muallifning bayon etmoqchi bo'lgan fikrlarini o’quvchilar tomonidan idrok etish qiyinlashadi. Mana shunday hollarni oldindan bilgan o’qituvchi o’quvchilarga ma'nosi tushunarsiz bo'lgan so'zlarni quyidagi usullar yordamida tushuntirishi lozim: asarni hikoya qilayotgan vaqtda to'xtalmasdan (uzoq pauza qilmasdan), yangi so'zni sinonimi bilan yoki qisqa jumlalar bilan tushuntirishi kerak. Masalan, K.
D. Ushinskiyning „Sabr qilishni o'rgan" nomli asarini o'qib berishda „g'o'ra" so'zi uchraydi, bu so'z hammaga tushunarli bo'lavermaydi, shu sababli o’qituvchi bu so'zni o'qiyotganda o’quvchilarga tushunarli bo'lgan „xom" so'zini ishlatadi. Demak, o’qituvchi o’quvchilarni badiiy asarlar bilan tanishtirishdan avval asardagi ayrim so'zlarni, ya'ni o’quvchilar tushunishi qiyin bo'lgan so'zlarni qaysi so'zlar bilan almashtirishni belgilab oladi. Agar ayrim notanish
so'zlar va jumlalar o’quvchilarga muallifning asosiy fikrini idrok qilishlariga xalaqit bermasa, u holda ushbu so'zlarning ma'nosini tushuntirish shart emas.
Har bir yoshda o’quvchi nutqini rivojlantirishning o’ziga xos vazifalari bo'ladi. Adabiy asarlarni idrok etish darajasi o’sib borgan sari bu vazifalar murakkablashib boradi.
Mashg'ulot o’tkazishda o’qituvchi oldida quyidagi vazifalar turadi:
o’quvchilarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqish uyg’otish;
ertak, hikoya, she'rlarni berilib tinglash, tushunish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish ko’nikmalarini hosil qilish;
asar mazmuni bo’yicha beriladigan savollarga javob berish;
ertak va hikoyalarning mazmunini buzmay (o’qituvchi bilan birga, keyinchalik mustaqil) takrorlash kabi ko’nikmalarni o’stirish;
o’quvchilarda asarlarga ishlangan rasmlarga nisbatan qiziqishni rivojlantirish.
“O’quvchilar bog’chasida ta'lim-tarbiya dasturi”ga binoan, o’quvchilarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish deganda ertaklar, hikoyalar, she'rlar va kichik- kichik folklor asarlari: hazillar, ermaklar, ashulalar, tez aytishlar, maqol va matallarni o'qish tushuniladi.
Kichik sinf dan boshlab o’quvchilarni adabiy asar janrlarini ajrata olishga o'rgatish lozim.
O’qituvchi o’quvchilarga badiiy asarning janrini aytishi kerak. Masalan, “Bugun men sizlarga ertak aytib beraman”, “Hozir men hikoya o'qib beraman”, “She'r o'qib beraman” kabi.
Kichik sinf o’quvchilari badiiy asar janri haqida eshitishi bilan “Masha va ayiq”, ‘Qizg'anchiq it”, “Mushuk, xo'roz va tulki”, “Bo'ri bilan echki” ertak ekanligini, X. Ermatovning “Non”, “Shaftoli” asarlari she'r ekanligini, X. To'xtaboyevning “Hassa”, E. A'zamning “May yomg'iri” asarlari hikoya ekanligini esda olib qoladilar6. O’quvchilarni badiiy adabiyot bilan
6Jumaboyev.M. Bolalar adabiyoti va folklor. Toshkent.2002-yil
tanishtirishda ertaklar hikoya qilib beriladi, hikoya o'qib beriladi, she'r yoddan aytib beriladi.
Turli adabiy janrlar ularni o’quvchilarga yetkazishning turli xarakterini talab etadi. Kichik maktabgacha yoshdagi o’quvchilarga ertaklami kitobdan o'qib bermasdan hikoya qilib bergan ma'qul, bu o’quvchilarga emotsional ta'sir o'tkazishni kuchaytiradi, ertakning asosiy mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Agar o’qituvchi kitobga qaramay, o’quvchilarga qarab hikoya qilsa, u xuddi har bir o’quvchi bilan gaplashayotgandek boMib, bu orqali monolog nutqni eshitish va uni tushunish malakasini tarbiyalashga erishadi. Agar ertak mazmun jihatdan uncha katta bo'lmasa, uni ikki, hatto uch martagacha hikoya qilib berishi yoki eng qiziqarli joylarini takrorlashi mumkin.
Asar hikoya qilib berilgach, o’quvchilardan ertakdagi eng qiziqarli joylarini esga tushirib takrorlash taklif etiladi.
Kichik yoshdagi o’quvchilar uchun hajmi uncha katta bolmagan hikoya va ertaklami, she'rlarni o'qib berish tavsiya etiladi. O. Mahkamovning “Mushuk”,
X. Ermatovning “Non”, “Shaftoli”, “Anor” kabi asarlari kichkintoylarda ijobiy his-tuyg'ularni, nafosatni tarbiyalashga yordam beradi.
Kichik sinflarda she'r yoki hikoyalar o'qib berilgach, o’quvchilarga o'z hayotlaridagi shunga yaqin voqealarni eslab aytib berish taklif etiladi.
Masalan, M.Murodovning “То'р” hikoyasi o'qib berilgach, o’quvchilardan to'pni kim bilan o'ynashini, u bilan qanday o'yinlar o'ynashlarini so'rash mumkin.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga ko'plab savollar berish yaramaydi, biroq asar mazmunini qanday tushunib olganliklarini, qaysi so'zlar xotirasida qolganligini, asar mazmunida uning shaxsiy hayoti bilan bog'liq voqealar borligini aniqlash maqsadida ikkita-uchta savol berish kerak.
Yil davomida o’quvchilarga tanish bo'lgan hikoyalar, ertaklar, she'rlar takroran o'qib beriladi, hikoya qilinadi. Bu ertak va hikoyalar, she'rlarning o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanib qolishiga yordam beradi.
O'rta sinfda badiiy asarlarni idrok etish bo'yicha ishlar olib boriladi. Bu sinf o’quvchilari endi asar mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar. O’quvchilar asardagi qahramonlarga nisbatan o'z munosabatlarini aniqroq ifoda etishga harakat qiladilar. Bu sinfda ham xuddi kichik sinfdagidek, o’qituvchi tanishtirayotgan adabiy asar janrini aytadi: Hozir men sizlarga o'zbek xalq ertaklaridan “Oltin tarvuz” ertagini hikoya qilib beraman yoki L. N. Tolstoyning “Ikki o'rtoq” hikoyasini o'qib beraman va h. k.
Bu sinfda adabiy asar mavzulari juda xilma-xildir. O’qituvchi o’quvchilar diqqatini asarning mazmunigagina emas, balki adabiy tilning ayrim xususiyatlariga (badiiy so'z va ifoda, o'xshatish va taqqoslash) ham yo'naltiradi. O’qituvchi asarni o'qib bergach, o’quvchilarga beriladigan savollarni puxta o'ylab, to'g'ri berishi kerak. O’quvchilarga beriladigan savol asardagi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga, ular haqidagi o'z fikrlarini to'g'ri bayon etishga yordam berishi lozim.To'g'ri berilgan savol o’quvchilarni o'ylashga, fikr yuritishga, xulosa chiqarishga undaydi.
Masalan, „Oltin tarvuz" ertagini hikoya qilib bergach, quyidagi savollarni berish mumkin: “Bu ertakda nima haqida hikoya qilinadi? Sizga bu ertakda kim nimasi bilan yoqdi? Laylakni davolagan chol haqida nima deyish mumkin? Boy haqida-chi? Boy laylakning oyog'ini sindirib to'g'ri ish qildimi? Nima uchun kambag'al cholning polizida oltin tarvuz unib chiqdi? Boyning polizida-chi? Boyni laylak qanday jazoladi? Nima uchun laylak boyni jazoladi?
Bunday savollar o’quvchilar asar mazmunini qanday tushunib olganliklarini va asar qahramonlariga nisbatan munosabatlari qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi. Badiiy asarni to'g'ri tahlil qilish badiiy nutqning qimmatini oshiradi, o’quvchilarni mustaqil hikoya qilishga tayyorlaydi. O'rta sinfda ham xuddi kichik sinfdagidek o’quvchilar lug'atini boyitish bo'yicha ishlar olib boriladi, mashg'ulotda o'zlashtirilgan yangi so'zlarni mustahkamlash ustida ish olib boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent. “Ma’naviyat”, 2008- yil
Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. –T: O’zbekiston, 1994-yil.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T: O’zbekiston, 1997-yil.
Abdullayeva K. va boshqalar “Savod o’rgatish darslari ” T.“O’qituvchi”1996-yil
Gapparova T., Shodmonov E. Eshturdiyeva G. “Alifbe ”; “Savod ” ; “Ona tili” T.“O’qituvchi ”1999-yil
Safarova R . va boshqalar “Alifbe ” T ., 2006-yil
G’ulomova M. “ Yozuv daftari ”T., 2006-yil
Abdullayeva K. va boshqalar “Ona tili ” T., “O’qituvchi ”1999-yil
Umarova M. “ O’qish kitobi ” 3- sinf uchun T., “O’qituvchi ” 1999-yil
Shojalilova A . va boshqalar “O’qituvchi ” 1999-yil
Qosimova K va boshqalar “ Ona tili ” 2- sinf uchun T., “O’qituvchi ” 1997-yil
Fuzailov S. , Xudoberganova M., “ Ona tili ” 3- sinf uchun T., “O’qituvchi”1999-yil
Ikromova R. va boshqalar “ Ona tili ” 4- sinf uchun T., “ O’qituvhci ”1999- yil
G’ulomova X., Yo’ldasheva Sh. “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi ” ma’ruza matnlari T, 2006-yil
“Boshlang’ich sinflarning takomillashtirilagan davlat ta’lim standarti ” Boshlang’ich ta’lim 2006, 5-son .
“Boshlang’ich ta’lim takomillashtirilagan o’quv dasturi “Boshlang’ich ta’lim” 2006, 5- son .
Jumaboyev.M. Bolalar adabiyoti va folklor. Toshkent. 2002-yil 18.G’affarova T. va boshqalar “O’qish kitobi ”, 1-sinf , T. , 2006-yil 19.G’affarova T. va boshqalar 1-sinfda o’qish darslari , T. , 2003-yil
20. Abdullayeva Q. va boshqalar “ O’qish ktobi ” 2- sinf ,T., 2006-yil 21.Abdullayeva Q. va boshqalar 2- sinfda o’qish darslari , T., 2004-yil
Umarova , Xakimova Sh. “ O’qish kitobi ” , 3- sinf , T., 2006-yil 23.Umarova M . va boshqalar 3- sinfda o’qish darslari , T., 2004-yil 24.Shoazimova A. va boshqalar “ O’qish kitobi ” , 4- sinf , T., 2006-yil 25.Matchonov S. va boshqalar 4- sinfga o’qish darlari , T., 2004-yil 26.Elektron ta’lim resurslari
www.ziyonet.uz
www.pedagog.uz
www.tdpu.uz
Mundarija
Kirish 3
I BOB. O’quvchilarni monolog nutqqa o'rgatish bo'yicha ish mazmuni va vazifalari 7
II BOB Kichik yoshdagi o’quvchilarni hikoya tuzishga o'rgatish uslubiyati 31
Xulosa 43
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 48
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |