Vao’rtamaxsusta’limvazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti “Boshlang’ichta’limdagumanitarfanlarnio’qitishuslubiyati”kafedrasi



Yüklə 156,78 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü156,78 Kb.
#180352
1   2   3   4
Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo’nalishi bitiruvc-fayllar.org

metodologikasoslari.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, prezidentimiz I. A. Karimovning asarlari va ma’ruzalarida bayon qilingan ta’limni isloh qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, qarashlar, ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, ilmiy-metodik manbalar.

Tadqiqot ishining ilmiy ahamiyati.Ushbu kurs ishini bajarish natijasida boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni o’quvchilr adabiyoti bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning maqsadi, mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy- metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi.

Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati.Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan nutqning tovush madaniyatini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarini boyitish, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan turli o‘quv pretmetlarini takomillashtirish hamda ularning bilimini o‘stirishda, malakasini oshirishda keng foydalaniladi.

Malakaviy bitiruv ishining tarkibiy tuzilishi.Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, har bir bobda ikkitadan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

1. bob. O’quvchilarni monolog nutqqa o'rgatish bo'yicha ish mazmuni va vazifalari

1.1. O’quvchilarnihikoyaqilibberishgao'rgatishdafoydalaniladiganusullar.

Monolog nutq, dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo'lib, bu bitta odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutqda bitta kishi gapiradi, qolganlar esa tinglaydilar. Monolog nutq ko'pchilikka qarata aytiladigan nutq bo'lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil, grammatik jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo'lishi kerak.

Monolog nutq yaxshi xotirani, nutqning shakl va mazmuniga diqqatni yo'naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaqtda, monolog nutq tafakkurga tayanadi.

Monolog nutq lingvistik (tilshunoslik) tomondan ham murakkab hisoblanadi. Monolog nutq tinglovchilarga tushunarli bo'lishi uchun yoyiq gaplardan, aniq lug'atdan foydalanish kerak.

Hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo' lish jarayonida katta rol o'ynaydi. O’quvchi uchun esa bu qobiliyat bilish vositasi, o'z bilimlarini, tasawurlarini tekshirish vositasi hisoblanadi.

O’quvchilarda monolog nutqning shakllanishi ularda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, o’quvchi nutqi monolog nutqqa aylanishi uchun u tilning lug'atini va grammatik tomonini erkin egallagan bo'lishi kerak.

Ruhshunoslarning aytishicha, o’quvchilarda monolog nutq besh yoshdan boshlab paydo bo'ladi.

Ruhshunos D. B. Elkonin bu haqda shunday yozadi: „O’quvchi hayot tarzining o'zgarishi, kattalar bilan yangi munosabatlarning va yangi turdagi faoliyatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga

keladi, o’quvchi o'z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli — monolog tarzida xabar qilish, ko'rgan va eshitganlari to'g'risida hikoya qilish paydo bo'ladi", o’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga yordam beradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq grammatik jihatdan shakllangan bo'lib, o'zini tutish, jamoa oldida so'zga chiqish malakasi hosil bo'ladi".

Shu munosabat bilan o’quvchilar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturida o’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh sinflariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Bu sinf o’quvchilarini tanish hikoya va ertaklarni (o’qituvchining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqil) so'zlab berishga o'rgatiladi, o'yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani (3 —4 gapdan iborat) takrorlash ko'nikmasi tarbiyalanadi, tanish ertaklardan olingan parchalarni sahna-lashtirishda qatnashishga o'rgatiladi.

O'rta sinflarda hikoya qilishga o'rgatish vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu sinf o’quvchilari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va ertaklarni mustaqil holda qayta hikoya qilishga, asar qahramonlarining suhbatini ifodali so'zlab berishga o'rgatiladi.

Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan kichik ertak va hikoyalarning mazmunini qayta hikoya qilishga, o'rtoqlari hikoya qilayotganda e'tibor bilan tinglashga, o'yinchoqlar, turli buyumlar va yil fasllarini tavsiflovchi (awal o’qituvchining savollari, so'ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o'rgatiladi.

Ikkinchi yarim yillikda o’quvchilarga tanish ertak va hikoyalarni tinglashni, ularda ishtirok etuvchi personajlarning gaplarini, o'ziga xos xususiyatlarini tushunishni, asar mazmunini hikoya qilayot-gan o'rtoqlarining nutqini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya qilgan joylarini payqashni o'rgatish davom ettiriladi.

Katta va maktabga tayyorlov guaihlari uchun „Nutq o'stirish" bolimida o’quvchilarni hikoya qilib berishga o'rgatish yuzasidan olib boriladigan ishlar, ularning mazmuni quyidagicha belgilangan:

Birinchi yarim yillik. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilish malakasini o'stirish. Adabiy asarlarni mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va tasviriy, ifodali hikoya qilishga o'rgatish.

O’qituvchi qayta hikoya qilishni o'rgatayotganda o’quvchilar diqqatini, ayniqsa, ertakning boshlanmasi, takrorlanib kelayotgan parchalarga, xulosa qismiga: hikoyalardagi qahramonlarning o'zaro nutqi kabilarga qaratishi lozim.

O’quvchilar asar voqealarini so'zlayotganda ovoz ohangining xilma-xil turini (so'roq, his-hayajon, hayratlanish, iltimos) qo'llay bilishlariga erishish.

O’quvchilarga o'yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuzishni o'rgatayotganda o'yinchoqlarni tariflab berishga, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni (rangi, shakli, qanday o'ynalishi va boshqalar) aniq so'zlar orqali ifodalashga o'rgatish.

Ijodiy hikoya qilish. O’quvchilarni o’qituvchi tomonidan belgi-langan hikoya yoki ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa, lo'nda jumlalar tuzishga, tasviriy vositalardan foydalanishga o'rgatish.

O’quvchilarning shaxsiy tajribalari va o’qituvchi taklif etgan hayotiy mavzular asosida mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya yoki ertak tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish: „Quvonchli kun", „Xafa bo'l-gan kunim",

„Mehmonda", „Bizning oila", „Eng yaqin o'rto-g'im", „Dam olish kuni",

„Dadamga qarashdim", „Qo'g'irchoq teatriga bordim" va boshqalar.

O’quvchilarni tuzayotgan hikoya yoki ertaklarida ishtirok etuvchi qahramonlarning ruhiy kechinmalarini bilishga o'rgatish; „Birin-chi qor",

„Yaxmalakda", „Yangi yil bayrami", „Qorbobo", „Men sevgan fasl",

„Tashqarida qor, uyimizda bahor", „Xola-xola o'ynadik", „Kim oladi-yo,

shuginani-yo" o'yini, „Men onamga yordamchi", „Ukamga mehribonman" va boshqalar2.

O’quvchilarga suratlar bo'yicha hikoya tuzishni o'rgatayotganda, awalo, ularning mustaqil fikrlashlariga, suratda tasvirlangan voqealarga o'z munosabatlarini bildirishlariga imkon yaratish kerak'. Shu bilan birga, rasmda aks ettirilgan mavzuli voqeaga qarab ilgari nima bo'lgani va keyin nima bo'lishi kerakligi haqida fiкг yuritishga undash. Tabiat manzaralari aks ettirilgan suratga qarab, undagi go'zallikni, nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so'zlar, o'xshatish va sifatlashlar ishtirokida gap tuzishga o'rgatib borish.

O’quvchilarning birgalikdagi hayot tajribalaridan olingan voqealar: ekskursiya, sayr, mehnat jarayoni, jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalash. Hikoya qilayotganda tevarak-atrof-dagi buyum, voqea- hodisalarning nomini, ularning o'ziga xos xususiyatlarini, xatti-harakatlarini to'g'ri ifodalashga, voqealarning vaqti va joyini ko'rsatishga o'rgatish. Topishmoqlar o'ylab topishga undash.

Ikkinchi yarim yillik. O’quvchilarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishni davom ettirish.

O’quvchilarni manzarali suratlar bo'yicha maxsus hikoyalar to'qishga o'rgatish, ularni surat mazmunini tushunishga, surat-dagi manzarani tevarak- atrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga, o'z hikoyalarida tasviriy so'z va iboralardan foydalanishga o’rgatishni davom ettirish. O’quvchilar mustaqil hikoya tuzayotganlarida og’zaki nutq shakllaridan foydalanishlariga erishish.

Ijodiy hikoya qilish: o’qituvchi tomonidan taklif etilgan mavzu bo’yicha voqeani izchil davom ettirib, tugal mazmunli hikoya tuzish ko’nikmalarini mustahkamlash, voqea sodir bo’lgan joy, vaqt, tabiat manzarasini qisqacha tasvirlash, qahramonlarning ruhiy kechinmalarini ko’rsatishlariga ahamiyat berish: „Gul bayrami", „Navro’z", „Onamlarning bayrami", „Bahor keldi",

„Меп qushlarga don berdim", „Меп onamga yordamchi", „Tomorqada",


2Abdullayeva K. va boshqalar “Savod o’rgatish darslari ” T.“O’qituvchi”1996-yil


„Mening mushugim", „Metroda", „Avtobusda", „Trolleybusda", „Ko’chada",

„Bozorda", „Do’konda", „Arqon o’ynadik", „Quvlashmachoq", „Bekinmachoq",

„Mehmon-mehmon" mavzularida hikoya o’ylab topishga undash.3

Mustaqil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta'rif berishlariga, ularning xatti-harakatlarini baholashlariga ham diqqatni qaratish va o’rgatib borish.

Mustaqil tanlangan mavzu bo’yicha hikoya tuzishda voqealarning izchilligiga, tugal mantiqqa ega bo’lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o’rinli foydalanishlariga ahamiyat berish.

Monolog nutqini o’stirishning yuqoridagi dastur vazifalari va mazmuniga ko’ra bog’chaning o’rta sinfidagi o’quvchilar hikoya qilib berishning quyidagi turlarini egallashlari lozim:

Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish.


Mashg’ulotlarda birinchi marta o’qib berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa ertaklarni qayta hikoya qilib berish.


Ko’rib turgan narsa-buyumlar: o’yinchoqlar, o’simliklar, kiyimlar, idish- tovoqlar, mebellar va hokazolar bo’yicha tasviriy hikoya tuzish.


Voqeaviy-sujetli rasmlar bo’yicha tasviriy hikoya tuzish.


O’quvchilar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.


Katta sinf dasturida hikoya qilishning quyidagi turlari bayon etilgan:


Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish.


Narsa-buyumlar: o'yinchoqlar, o'simliklar, kiyim- kechaklar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar haqida hikoyalar, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni tuzish.


Rasmlar bo'yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish.


Xotiradan o'z shaxsiy tajribasida kuzatgan voqea va hodisalarni, narsalarni, bog'chada va uyda nimalar qilganini, guaihda va uyda bo'lib o'tgan eng qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berish.


3. “Boshlang’ich ta’lim takomillashtirilagan o’quv dasturi ” Boshlang’ich ta’lim 2006-yil, 5-son .

Ta'limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: „Qo’-g'irchoq, o'yinchoqni top", „Qo'g'irchoq, menda qanaqa gul bor", „Qo'g'irchoq, top-chi, yonimda kim o'tiribdi?", „Qo'-g'irchoq, qo'limdagi suratlar qaysi ertakdan olinganini top-chi?" va boshqalar.


Ijodiy hikoya qilishga, o’qituvchi tomonidan boshlangan ertak va hikoyani oxiriga yetkazish, o’qituvchi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya to'qish, berilgan 3 — 4 so'z yordamida ertak yoki hikoya to'qishga o'rgatish.


Maktabgacha tayyorlov dasturida ham hikoya qilib berishning xuddi katta sinfdagi kabi turlari ko'rsatilgan.

O’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi.

Ulardan asosiylarini aytib o'tamiz:


Hikoya namunasini berish usuli. Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usul birmuncha yengil usul bo'lib, o’qituvchi o’quvchilarga narsa-buyum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, o’quvchilar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul o’quvchilarni hikoya qilib berishga o'rgatishga yordam beruvchi ta'limiy usul bo'lib hisoblanadi.


Namuna o’quvchilarning taqlid qilishiga mos bo'lishi, ya'ni hajmi kichik, fikrlar izchil bayon qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishi Iozim. Masalan, o’qituvchi o'yinchoqni tasvirlashga o'rgatishda o'zi bitta o'yinchoqni olib, u haqda shunday tasviriy hikoya tuzadi:

— Mana bu ayiqcha. U jigarrang, yumshoq baxmaldan yasalgan. Uning bosh qismida ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko'zlari, tumshug'i bor. Tumshug'ida esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog'i bor. Ayiqcha o'yinchog'i bizga o'ynash uchun kerak.

O’quvchilar namuna hikoyadan yaxshi foydalanishlari uchun uning matni qisqa gaplardan iborat bo'lishi va izchil bayon qilinishi kerak.

Hikoya namunasi boshqa usullarga nisbatan hikoya qilishga o'rgatish jarayonini yengillashtiradi, o’quvchilar erishishi kerak bo'lgan natija ko'rsatib beriladi. Bundan tashqari, namuna o’quvchilarning

hikoya qilishlari lozim bo'lgan mavzularning taxminiy mazmunini, ularning hajmini, ketma-ketligini belgilaydi.

O’qituvchining namuna hikoyasidan o’quvchilarni hikoya qilib berishga o'rgatishning dastlabki bosqichlaridan, shuningdek, yangi vazifa qo'yilganda yoki hikoya qilib bera olmaydigan o’quvchilarga yordam be'rishda foydalaniladi. O’qituvchining namuna hikoyasini yomon hikoya qiladigan J — 2 o’quvchi takrorlashi mumkin.

Namuna hikoya usulidan mashg'ulotning boshida foydalanish kerak. Undan mashg'ulot oxirida foydalanish esa hech qanday ijobiy natija bermaydi, chunki o’quvchilar namuna hikoyaga taqlid qila olmaydilar, o'z nutqlarida undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar.


Hikoya rejasini berish usuli. Hikoya rejasi 2 — 3 asosiy savoldan iborat bo'lib, fikrning ketma-ketligini va mazmunini belgilaydi. Namuna usulidan foydalanib hikoya qilib berish bilan bog'liq 2 — 3 mashg'ulotdan keyin hikoyani reja asosida so'zlab berishga o'rgatish mustaqil, yetakchi usullardan biri bo'lib qoladi. O’quvchilar hikoyasi xilma-xil bo'lishi uchun o’qituvchi oldindan asosiy va qo'shimcha reja tayyorlab qo'yishi kerak. Bir mashg'ulot jarayonida savollarni almashtirish (yangilash) o’quvchilar diqqatini faollashtiradi.


Masalan, maktabga tayyorlov sinfi o’quvchilariga o'z sinf xonalarini tasvirlash uchun taxminan quyidagi rejani taklif etish mumkin:


Xonani kim toza saqlaydi?


Sen xonani yig'ishtirishda (tozalashda) qanday yordam berasan?


yoshli o’quvchilar sinfi bilan dastlabki mashg'ulotlarda, agar o’quvchi rejadan chetlashsa, uning nutqini bo'lmasdan, oxirigacha tinglab turish lozim. Ammo asta-sekin hikoyaning to'liq yoki izchil emasligini aytib, boshqa o’quvchilarni javobni to'ldirishga jalb qilishi kerak.


yoshli o’quvchilarning hikoyasiga dastur talablarini (ularning maqsadga qaratilganligi va izchilligiga) qo'yadi. Shuning uchun o’quvchilarni hikoya rejasiga amal qilishga o'rgatish kerak. Ayniqsa, bu rasm asosida hikoya qilish va o'z tajribalaridan hikoya tuzishga taalluqlidir.


O’qituvchi hikoya qiluvchining mavzudan yoki rejadan chetga chiqib ketganini o'zi ko'rsatibgina qolmay, balki o’quvchilarni o'rtog'ining hikoyasini nazorat qilib borishga jalb qilishi kerak.

(Hozir nima haqida hikoya qilib berish kerak? Hammaga tushu-narli bo'lishi uchun awal nimani hikoya qilib berish yaxshiroq?)

Hikoya namunasini berish hikoya qilishga o'rgatishning eng yengil usuli, hikoya rejasi berish usuli esa ancha qiyin. Bu usul murakkab bo'lishiga qaramay, o’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatishda keng tarqalgan muhim usul hisoblanadi.


Rejani jamoa bo'lib muhokama qilish usuli. Reja asosida hikoya tuzish va lining mazmunini boyitishni yengillashtirish maqsadida, rejani jamoa bo'lib muhokama qilish tavsiya etiladi. Bu usuldan katta va maktabga tayyorlov sinflarida reja asosida hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida foydalaniladi. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga shunday yo'llanma beradi: „Biz qanday qilib jo'ja boqqanimizni gapirib bering. Jo'jalar qayerdan paydo bo'ladi? Ularni qanday parvarish qildingiz? Jo'jalar katta bo'lganda, ular qanday bo'lishdi?"


Bu usulning mohiyati nimadan iborat?

Hikoyani tuzishga qadar o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda rejadagi ayrim savollarni muhokama qiladi, ya'ni hikoya mazmunining xilma-xil bo'lishi imkoniyatlarini ko'rsatadi. Rejadagi bir savolga (masalan, „O’quvchi qanday kuchukcha topib oldi?") bir necha o’quvchi joyida o'tirgan holda javob berishini taklif etadi. O’quvchining joyida o'tirgan holda javob berishi — bu hali hikoya etnas, balki bir yoki bir necha gap. Hikoya rejasini jamoa bo'lib muhokama

qilish usuli esa o’quvchilarning tashabbuskorligini jonlantiradi, faollashtiradi, o’quvchilarni murakkab jarayon hisoblangan mustaqil hikoya tuzishga o'rgatadi.


Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli.


Bu usul o'ziga xos bo'lib, undan o’quvchilarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. O’qituvchi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takroiiaydi. So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, o’qituvchi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.

Oxirida hikoya o’qituvchi tomonidan takrorlanadi, so'ngra 2 —3 o’quvchi takrorlaydi. Bu usulning mohiyati shundaki, mash-g'ulotda barcha o’quvchilar faollik ko'rsatishadi, ularning xayollari asta-sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu usulning bir qator kamchiliklari mavjud: o’quvchilarning nutq faoliyati jumlalarni tuzish,

so’zlarni tanlash bilangina chegaralanadi, ular monolog nutqni rivojlantirish ustida kam mashq qiladilar. Shuning uchun bu usuldan foydalanish chegaralangan.


Hikoyani qismlar bo’yicha tuzdirish usuli.


Ayrim mashg’ulotlarda hikoyani qismlar bo’yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi, chunki topshiriq hajmi kamayadi. Shuningdek, mashg’ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo’lib, hikoyalar to’liq va chuqur mazmunga ega bo’ladi, ko’p o’quvchilardan so’rash imko-niyati vujudga keladi.

Mazmuni alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo’yicha tasvirlash mumkin. Masalan, o’quvchilar ushbu rasmlarni qism bo’yicha tasvirlashlari mumkin: „Tovuqlar", „Mushuk o’quvchilari bilan", „Echki o’quvchilari bilan", „Sigir buzog’i bilan", „Qishki o’yinlar" va hokazolar.

O’qituvchi tasviriy hikoya uchun mavzu taklif etishdan awal rasmni kichik- kichik qismlarga ajratib chiqadi. Masalan, „Quyonlar" degan mavzuda tasviriy hikoya tuzishda o’qituvchi o’quvchilarni shunday ogohlantiradi: „Quyonlar haqida hikoya qilamiz, ammo hammasini bir yo’la emas, balki quyonlar haqida hamma narsani xotirlash (esga tushirish) uchun tartib bilan gapiramiz". So’ngra har bir qism uchun reja taklif etish mumkin. Masalan: „Hozir, o’quvchilar quyonni tanasi nima bilan qoplan-ganligini, uning tumshug’i qanday ekanligini, u qanday harakat qilishini (yurishini) eslaymiz".

Bu reja asosida 2 — 3 o’quvchi hikoya qilib bergach, navbatdagi qismga o’tiladi: ,,Bizning quyonlarimiz qayerda yashashini, katagida nimalar borligini, ular nima uchun kerakligini gapirib bering". So’ngra quyonning oziqlari, kim ularga g’amxo’rlik qilishi va hokazolar haqida hikoya qilib berish mumkin. Mashg'ulot oxirida nutqi yaxshi, hikoya qilish malakasi rivojlangan bir o’quvchi rasmda tasvirlangan narsalar haqida batafsil gapirib berishi mumkin.

Savollar berish usuli.


Bu usul hikoya qilishga o'rgatishda ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.

Savollar, asosan, hikoya aytib berilgandan keyin aniqlik kiritish va to'ldirish maqsadida beriladi.

Aytib turish usuli.


Hikoya qilish jarayonida o’quvchi qandaydir xatoga yo'l qo'yishi yoki ayrim joyini esdan chiqarganda so'z yoki gapni aytib (Hozir nima haqida hikoya qilib berish kerak? Hammaga tushu-narli bo'lishi uchun awal nimani hikoya qilib berish yaxshiroq?)

Hikoya namunasini berish hikoya qilishga o'rgatishning eng yengil usuli, hikoya rejasi berish usuli esa ancha qiyin. Bu usul murakkab bo'lishiga qaramay, o’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatishda keng tarqalgan muhim usul hisoblanadi.

Rejani jamoa bo'lib muhokama qilish usuli. Reja asosida hikoya tuzish va uning mazmunini boyitishni yengillashtirish maqsadida, rejani jamoa bo'lib muhokama qilish tavsiya etiladi. Bu usuldan katta va maktabga tayyorlov sinflarida reja asosida hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida foydalaniladi.


Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga shunday yo'llanma beradi: „Biz qanday qilib jo'ja boqqanimizni gapirib bering. Jo'jalar qayerdan paydo bo'ladi? Ularni qanday parvarish qildingiz? Jo'jalar katta bo'lganda, ular qanday bo'lishdi?"

Bu usulning mohiyati nimadan iborat?

Hikoyani tuzishga qadar o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda rejadagi ayrim savollarni muhokama qiladi, ya'ni hikoya mazmunining xilma-xil bo'lishi imkoniyatlarini ko'rsatadi. Rejadagi bir savolga (masalan, „O’quvchi qanday kuchukcha topib oldi?") bir necha o’quvchi joyida o'tirgan holda jcwob berishini taklif etadi. O’quvchining joyida o'tirgan holda javob berishi — bu hali hikoya etnas, balki bir yoki bir necha gap. Hikoya rejasini jamoa bo'lib muhokama qilish usuli esa o’quvchilarning tashabbuskorligini jonlantiradi, faollashtiradi, o’quvchilarni murakkab jarayon hisoblangan mustaqil hikoya tuzishga o'rgatadi.


Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli.


Bu usul o'ziga xos bo'lib, undan o’quvchilarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. O’qituvchi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi. So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, o’qituvchi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.

Oxirida hikoya o’qituvchi tomonidan takrorlanadi, so'ngra 2 —3 o’quvchi takrorlaydi. Bu usulning mohiyati shundaki, mash-g'ulotda barcha o’quvchilar faollik ko'rsatishadi, ularning xayollari asta-sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu usulning bir qator kamchiliklari mavjud: o’quvchilarning nutq faoliyati jumlalarni tuzish, so'zlarni tanlash bilangina chegaralanadi, ular monolog nutqni rivojlantirish ustida kam mashq qiladilar. Shuning uchun bu usuldan foydalanish chegaralangan.

Hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usuli.


Ayrim mashg'ulotlarda hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi, chunki topshiriq hajmi kamayadi. Shuningdek, mashg'ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo'lib, hikoyalar to'liq va chuqur mazmunga ega bo'ladi, ko'p o’quvchilardan so'rash imko-niyati vujudga keladi.

Mazmuni alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo'yicha tasvirlash mumkin. Masalan, o’quvchilar ushbu rasmlarni qism bo'yicha tasvirlashlari mumkin: „Tovuqlar", „Mushuk o’quvchilari bilan", „Echki o’quvchilari bilan", „Sigir buzog'i bilan", „Qishki o'yinlar" va hokazolar.

O’qituvchi tasviriy hikoya uchun mavzu taklif etishdan avval rasmni kichik- kichik qismlarga ajratib chiqadi. Masalan, „Quyonlar" degan mavzuda tasviriy hikoya tuzishda o’qituvchi o’quvchilarni shunday ogohlantiradi: „Quyonlar haqida hikoya qilamiz, ammo hammasini bir yo'la emas, balki quyonlar haqida hamma narsani xotirlash (esga tushirish) uchun tartib bilan gapiramiz". So'ngra har bir qism uchun reja taklif etish mumkin. Masalan: „Hozir, o’quvchilar

quyonni tanasi nima bilan qoplan-ganligini, uning tumshug'i qanday ekanligini, u qanday harakat qilishini (yurishini) eslaymiz".

Bu reja asosida 2 — 3 o’quvchi hikoya qilib bergach, navbatdagi qismga o'tiladi: „Bizning quyonlarimiz qayerda yashashini, katagida nimalar borligini, ular nima uchun kerakligini gapirib bering". So'ngra quyonning oziqlari, kirn ularga g'amxo'rlik qilishi va hokazolar haqida hikoya qilib berish mumkin. Mashg'ulot oxirida nutqi yaxshi, hikoya qilish malakasi rivojlangan bir o’quvchi rasmda tasvirlangan narsalar haqida batafsil gapirib berishi mumkin.


Savollar berish usuli.


Bu usul hikoya qilishga o'rgatishda ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.

Savollar, asosan, hikoya aytib berilgandan keyin aniqlik kiritish va to'ldirish maqsadida beriladi.

Aytib turish usuli.


Hikoya qilish jarayonida o’quvchi qandaydir xatoga yo'l qo'yishi yoki ayrim joyini esdan chiqarganda so'z yoki gapni aytib

turishdan foydalanish o'rinlr. O’quvchining xatosini to'g'rilash yoki hikoyaning esdan chiqargan joyini aytib turish yetarlicha baland ovozda, samimiy boiishi kerak. O’quvchi o’qituvchining tuzatishini takrorlashi shart emas, aks holda u o'z hikoyasining davomini yo'qotib qo'yadi. O’quvchilar hikoya qilib berayotganlarida ular nutqidagi xatolarni e'tiborsiz qoldirish kerak emas — xatoni hikoya jarayonida to'g'rilash mumkin, agar ko'pchilik o’quvchilarda xato uchraydigan bo'lsa, o’qituvchi ular bilan lug'at ustida ishlash yoki grammatik to'g'ri nutqni, nutqning tovush madaniyatini shakllantirish uchun tashkil etiladigan mashg'ulotlarda shug'ul-lanadi.

Baholash usuli.


Bu usuldan foydalanishning asosiy maqsadi shundaki, baho faqat hikoyasi baholanayotgan o’quvchigagina ta'sir etib qolmasdan, balki hikoya tuzishi lozim bo'lgan boshqa o’quvchilarga ham ta'sir qilsin. Shuning uchun bu usuldan mashg'ulot davomida foydalaniladi. Mashg'ulot oxirida berilgan baho, o'z mohiyati bilan foydasizdir, bundan tashqari, barcha tinglangan hikoya-larning

sifati qanday bo'lganligini o’quvchi esda saqlashda qiynaladi, mashg'ulotning oxirida ular toqatsizlanadilar va buning natijasida o’qituvchining ko'rsatmalarini idrok eta olmaydilar. Har bir hikoyani batafsil baholash shart emas, biroq ayrim hikoyalardagi biror ahamiyatli tomonni, izchillikni, yangilikni yoki kamchi- liklarni (lug'ati, ovoz kuchi, qomatini noto'g'ri tutish va hokazo) aytib o'tish kerak.

Masalan, ikkita o'yinchoqni stol bo'ylab yurgizib, harakat-larini aniq aytib, hikoya qilib berish topshirig'i berilgan.

O’qituvchi hikoya qilib bergan o’quvchining hikoyasini shunday baholaydi:

„Yasha, Salim. Sen birinchi bo'lib hikoya qilib bersang-da, o'rdakchalar qanday harakat qilishlarini aytishni esingdan chiqarmading. Sening hikoyangni qiziqib tingladik".

Ba'zan o'rtoqlarining hikoyasini muhokama qilishga o’quvchi-larning o'zini ham jalb qilish mumkin. Bu usul katta sinflarda qo'llaniladi. Chunki 6 yoshli o’quvchilar hikoyaning sifatini (to'liqligini, qiziqarliligini, ifodaliligini va boshqalarni) ayta oladilar.

Shunday qilib, o’qituvchi o’quvchilarni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan hamma usullarni juda yaxshi bilishi va bu usullardan sharoitga qarab, mashg'ulot uchun yetakchi usulni tanlashi kerak.

1. 2. Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish

Qayta hikoya qilish — hikoya qilishning birinchi turi hisob-lanadi. Qayta hikoya qilish tinglangan badiiy asarlarni ma'noli og'zaki nutqda takroriy aytishdir. Qayta hikoya qilish o’quvchilar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so'zlarni tanlashga o'rgatadi, jonli so'zni egallashga yordam beradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini tushunish ko'nikmasini o'sti-radi, ularni bayon qilishdagi izchillikni, muallifning ifoda usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og'zaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi.

Qayta hikoya qilishga o'rgatish samarali bo'lishi uchun, eng avvalo, qayta hikoya qilish uchun matnlarni to'g'ri tanlash lozim.

Har bir asar o’quvchilarda jamiyatimiz uchun zarur bo'lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak. Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak: yuqori badiiy qimmatga, g'oyaviy- mantiqiy yo'nalishga ega bo'lishi, jo'shqinligi, fikrning yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-ketliligi, mazmunining qiziqarliligi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning o’quvchi yoshiga mos kelishini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

Ushbu talablarga xalq ertaklari, hajmi uncha katta bo'lmagan hikoyalar misol bo'la olishi mumkin. Shuningdek, dasturda o’quvchilarning qayta hikoyalariga bir qancha talablar qo'yilgan:

ma'nosiga tushungan holda, ya'ni matnni to'liq tushunib hikoya qilish;


asarni to'liq bayon etish, ya'ni asardagi muhim joylarini tashlab ketmasdan bayon etish;


izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish;


muallif matnidagi lug'atlardan va iboralardan foydalanish, ayrim so'zlarni ularning sinonimlari bilan almashtirish;


to'g'ri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalarning bo'lmasligi;


og'zagi nutq madaniyatiga e'tibor berish: qayta hikoya qilayotganda gavdani to'g'ri tutish, tinch turish, tinglovchilarga


murojaat qilish, nutqning intonatsion ma'nodorligidan (ifodalili- gidan) foydalanish, yetarlicha baland ovozda tovushlarni aniq talaffuz etish.

Ushbu talablarning barchasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog'liq bo'lib, bulardan birortasini ham e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas.

Qayta hikoya qilishga o'rgatish usullari

Ma'lumki, qayta hikoya qilish monolog nutqni shakllan-tirishda eng birinchi bosqich hisoblanadi. Shuning uchun har bir o’quvchi qayta hikoya qilishni yaxshi egallab olishi shart. Buning uchun har xil usullardan foydalaniladi. Bular quyidagilar:

O’qituvchining o’quvchi bilan birga qayta hikoya qilishi. O’qituvchi bu usuldan qayta hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida, ayniqsa, hikoya qilib bera olmaydigan o’quvchilar bilan ishlashda keng foydalanishi kerak.


Qayta hikoya qilish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga sezdirmagan holda gavdasini to'g'rilashi, imo-ishora, ko'z qarashi bilan dalda berishi mumkin, mashg'ulotning oxirida esa, albatta, o’quvchini maqtash kerak: „Yasha, endi boshqa o’quvchilarga hikoya qilish yengil bo'ladi. Faqat keyingi safar balandroq ovozda hikoya qilgin".


Qayta hikoyani takrorlash.


Bu usuldan ko'proq o'rta va katta sinflarda foydalaniladi. Bu o’quvchi uchun ancha murakkab bo'lgan usuldir, chunki u o’qituvchining hikoyasiga alohida luqma tashlash (gap qistirish) bilan birga, to'liq jumlalarni ham takrorlashiga to'g'ri keladi.


So'z va jumlalarni aytib turish.


Bu usul qayta hikoya qilishning ravonligini, izchilligini ta'minlaydi, uzoq pauza qilishga yo'l qo'ymaydi. Bu usuldan ko'proq o’quvchi asar matnining ayrim joylarini esdan chiqarganda foydalaniladi.

Agar o’quvchi juda yaxshi hikoya qilsa-yu, biroq nutq sur'ati juda sekin bo'lsa, o’qituvchi pauza vaqtida sabr-toqat bilan hikoyaning davomini kuzatishi:

o’quvchining gavda holatiga e'tibor bilan qarashi, dalda berishi orqali o’quvchi diqqatjni to'plashi kerak.

Agar o’quvchi hikoya qilayotgan vaqtda tebranib (chayqalib) tursa, boshini egsa, qo'li bilan ortiqcha harakatlarni qilsa, uning hikoyasini bo'lib tanbeh berish yaramaydi, balki bunday hollarda imo-ishora, ko'z qarashi bilan uning xatosini, kamchiligini tuzatishi, hikoya qilib bergandan keyin esa hammaga eshitilarli qilib: „Шкоуа qilayotganingda tinch turishing, boshingni pastga egmasdan, o'rtoqlaringga qarab turishing kerak, axir ular sening hikoyangni tinglashadi- ku", deb aytishi kerak. O’qituvchi o’quvchining bu nuqsonlarini kundalikka belgilab qo'ysa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki keyingi qayta hikoya qilib berish mashg'ulotidan oldin yana bir marta o’quvchini ogohlantirishda bundan foydalanadi.O’qituvchi aytib turish orqali, o’quvchini qayta hikoya qilayotganida yo'l qo'ygan grammatik xatolarni to'g'rilaydi. Bu usul qayta hikoya qilishga o'rgatishning keyingi bosqichlarida ham qo'llaniladi.

Savollar berish.


Bu usul keng tarqalgan bo'lib, u muqaddima (kirish) suhbatida va mashg'ulot jarayonida qo'llaniladi. Qayta hikoya qilish mashg'ulotida foydalaniladigan savollarni shartli ravishda ishlatilishiga va maqsadiga qarab bir qancha turkumga ajratish mumkin. Hikoya qilolmaydigan o’quvchilarga qayta hikoya qilishni boshlagunga qadar yordamchi savollar berish mumkin, bu hikoyani boshlashga yordam beradi, masalan: „Sen nima haqida hikoya qilasan, ola quyon to'g'risidami? Mayli, kel boshlaymiz. Kunlardan bir kuni jikkakkina ola quyon sheriklariga...". Yoki: „Turna Tulkini o'zi bilan olib, osmonga ko'tarilibdi va unga nima debdi? Yerni ko'ryapsanmi? Mana shu Turnaning aytgan gaplarini, Tulkining esa javobini aytib bering... Ha, mushtumday... Bu yog'ini o'zing davom et".

O’quvchi qayta hikoya qilib bergandan keyin, albatta, savol berishdan foydalanish mumkin. Bu asar mazmunini o’quvchi qay darajada tushunganini aniqlashga yordam beradi, matnni qayta hikoya qilayotgan vaqtda tashlab ketilgan joylarini tiklashga yordam beradi.

Ayrim hollarda qayta hikoya qilishdan keyin qahramonlarning fe'l-atvori yoki ularning ifodali nutqi haqida savol berish mumkin.

Qayta hikoya qilish o'rtasida uncha katta bo'lmagan mashqlar o'tkazish yoki ko'rsatma berishdan foydalanish mumkin. Shu-ningdek, asar matnining ayrim joylarini yana bir marta takrorlash usulini qo'llash mumkin.

Rag'batlantirish.


Qayta hikoya qilish jarayonida o’qituvchi o’quvchini jilmayish, boshini qimirlatish (tasdiqlash), qisqa so'z aytish („Yasha", „Barakalla") bilan rag'batlantiradi.

Qayta hikoya qilib bergandan so'ng o’quvchini maqtaydi. Bunda qayta hikoya qilishning biror ijobiy sifatini ta'kidlab o'tadi.

Qismlar bo'yicha qayta hikoya qilish.


Bu usul o’quvchilar idrokining qimmatini yo'qotmaydi, chunki qayta hikoya qilish uchun o’quvchilarga mazmuni tanish bo'lgan asar tanlanadi. Qismlar bo'yicha qayta hikoya qilish usulidan foydalanib, mashg'ulotni tashkil etish jarayoni o’quvchilardan kun davomida so'rash imkonini yaratib beradi.


Rollarga bo'lib qayta hikoya qilish.


Bu usul nutqning ma'nodorligini (ifodaliligini) shakllan-tirishga yordam beradi. O’qituvchi tomonidan ishtirok etuvchi shaxslar xarakterining izohlanishi o’quvchilar nutqining oydinla-shishiga, diqqatining faollashishiga katta ta'sir etadi. Rollarga boiib qayta hikoya qilish o'rta sinfdan boshlab qo'llaniladi. Bu usuldan mashg'ulotning oxirida foydalanish maqsadga muvofiqdir.


O'yin usuli (dramalashtirilgan o'yin).


Bu usulda personajlarning (ishtirok etuvchilarning) luqma tashlashlari harakatlar bilan boshqariladi: o’quvchilar imo-ishoradan, hayvonlarning ovozlariga taqlid qilishdan va boshqalardan keng foydalanadilar, biroq o'yin uchun hech qanday niqoblar, dekoratsiyalar talab etilmaydi. O’qituvchi avval o'zi muallif nomidan gapiradi, so'ngra o’quvchi gapiradi. Dastlab rolni ijro etish uchun nutqi bo'sh rivojlangan o’quvchilar chiqariladi. Dramalashtirilgan o'yin 5

daqiqa davom etadi. Turli yosh sinflarida qayta hikoya qilib berishga o'rgatish mashg'ulotining tuzilishi (o'tkazish uslubiyoti) har xil bo'ladi.

Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn o’quvchilar uchun tushunarli boiishi kerak.

Qayta hikoya qilish mashg'ulotlari har bir yosh sinfining shaxsiy xususiyatlarini, ularning qayta hikoya qilish qobiliyatlarini hisobga olgan holda tuziladi.

Bu yoshdagi o’quvchilarni qayta hikoya qilishga o'rgatish ularga tanish bo'lgan ertaklarni („Bo'g'irsoq", „Sholg'om", „Bo'ri bilan echki", „Ochko'z it") takrorlashdan boshlanadi. O’qituvchi kichkintoy o’quvchilarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda quyidagi usuldan foydalanadi. O’quvchilar o’qituvchining takroriy hikoyasidagi bitta-ikkita so'zni yoki to'liq gapni takrorlaydilar:


Chol bilan kampir...


Yashashar ekan.


Bir kuni chol...


Sholg'om ekibdi.


So'ngra o’quvchilar sekin-asta savollar yordamida qayta hikoya qilishga o'rgana boshlaydilar. Savollar voqealar ketma-ketligini belgilashga, ishtirok etuvchilarning nomini aytishga qaratilgan bo'ladi:


Bo'g'irsoq kimni uchratdi?


Quyonni.

Agar o’quvchi ertakning boshlanishini yaxshi eslab qolgan bo'lsa, u holda uni mustaqil hikoya qilib bera oladi. So'ngra qayta hikoya qilish jarayonida o’quvchi qiynalsa, o’qituvchi yordamlashadi, ya'ni matnni esiga tushirishdan foydalaniladi, bu ertak mazmunini oson takrorlashga yordam beradi.

Qisqa xalq ertaklarini qayta hikoya qilishdan so'ng kichik hajmdagi hikoyalarni qayta hikoya qilishga o'tishi mumkin (Mirmuhsin. „Olxo'ri",

„Tosh").

Mashg'ulotda asarga ishlangan illustratsiyalar ko'rsatiladi. Ko'rsatish savollar, ko'rsatmalar berish bilan birga qo'shib olib boriladi. Illustratsiyalarni

asarni o'qib berishdan avval yoki o'qib bergandan keyin ko'rsatgan ma'qul. O’qituvchi shunday deydi: „Hozir men sizlarga rasmlarni ko'rsataman, so'ngra hikoya o'qib beraman" yoki „Hozir hikoyani o'qib beraman, so'ng rasmlarni ko'rsataman".

Boshlang’ich sinfda o’quvchilarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda ancha murakkab bo'lgan vazifalar hal etiladi: o’quvchilarni kichik hajmli va tanish bo'lgan ertak va hikoyalarni hikoya qilib berishga o'rgatib qolmasdan, balki asar qahramonlarining gaplarini ifodali qilib bayon etishga, boshqa o’quvchilarning qayta hikoya qilishlarini diqqat bilan tinglashga va matnga taalluqli bo'lmagan jumlalarni topishga o'rgatadi. Ushbu sinfda o’quvchilar butun yil davomida 8 — 10 ta adabiy matnni (o'zbek ertaklaridan „Tulki bilan Turna", „Maqtanchoq quyon", „Fil va xo'roz", „Ikki o'rtoq", A. Oripovning „Bobo va nabira" she'rining mazmunini qayta hikoya qiladilar.4

O'rta sinf o’quvchilariga qayta hikoya qilishlari uchun tavsiya etilgan asarlar mavzusi, mazmuni va shakli jihatdan katta farq qiladi. Shuning uchun o'rta sinf o’quvchilarini qayta hikoya qilishga o'rgatishdagi muhim vazifa — bu ularga asarning mantiqiy bog'lanishini, uning mazmunini tushunib olishga yordam berishdir. Bunga asarni dastlabki o'qishdan so'ng o'tkaziladigan suhbat orqali erishish mumkin. Bunday suhbatda o’qituvchining savol-lari asosiy metodik usul bo'lib hisoblanadi.

Badiiy asarlar yuzasidan savollar berilishi mumkin:


asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi;


voqeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi. Shuningdek, asar o'qib berilgandan keyingi suhbat o’quvchi


nutqidagi lug'at boyligini aniqlash va faollashtirish, qahramon-larning ovozlarini ifodali bayon etishga ta'sir etish kabilarni amalga oshirishga yordam beradi.

Adabiy matn o'qib berilgandan so'ng, o’quvchilar asar maz-munini tushunib olganlarini aniqlash maqsadida matn yiizasidan qisqa suhbat o'tkaziladi.
4Abdullayeva K. va boshqalar “Savod o’rgatish darslari ” T.“O’qituvchi”1996-yil

O’qituvchi o’quvchilarga shunday savollar beradi: „Ertak nima haqida ekan? Bu ertakdagi quyon qanday? (qo'rqoq, yolg'onchi, tarbiya ko'rmagan.) Quyon sheriklariga nima deb maqtanibdi va u bilan qanday voqea ro'y beribdi? Agar siz maqtanchoq quyonchani uchratib qolsangiz, unga nima degan bo'lar edingiz? (Uyalmaysanmi, maqtanchoqlik qilishga. Yolg'onchi, qo'rqoqsan-ku. Bundaylarni biz o'zimizga sherik, o'rtoq qilib olmaymiz, u bilan birga o'ynamaymiz.) Asar matni yuzasidan suhbat o'tkazilgach, u ikkinchi marta o'qib yoki hikoya qilib beriladi va o’quvchilar tomonidan qayta hikoya qildiriladi. O’qituvchi o’quvchilarga shunday deydi: „Endi diqqat bilan tinglanglar. Hozir men bu ertakni yana bir marta o'qib (hikoya qilib) beraman. So'ngra sizlar menga qayta hikoya qilib berasizlar". O'rta sinfda o’qituvchi va o’quvchining birgalikda (hamkorlikda) qayta hikoya qilishlaridan keng foydalaniladi. O’quvchi qayta hikoya qilayotganda o’qituvchi jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan chiqargan so'zlarni aytib turadi. Bu qayta hikoya qilishning ravonligini ta'minlaydi, jumlalar uzilib qolishining oldini oladi. Sekin-astalik bilan o’quvchining qayta hikoya qilishiga talab orta boradi. Endi o’qituvchi o’quvchidan hikoyaning to'liq bo'lishini („Sen nima haqida hikoya qilib berishni esingdan chiqarding?"), asarni qayta hikoya qilib berayotganda o’quvchi diqqatini asardagi personajlarning so'zlarini ifodali qilib aytib berishga jalb qilish kerak. Masalan: „Tulki xo'rozdan derazadan qarashini qanday so'raydi?"


„Samimiy, ayyorona"; „Maqtanchoq quyon o'rtoqlariga nima deb maqtandi?"


„Be-e. Yem bo'lib bo'pman. Boshiga chiqib bir tepdim, til tortmay o'lib qoldi" — (Maqtanib, gerdayib.) Ushbu sinfda savollar bo'yicha qayta hikoya qilishdan ham foydalanish mumkin. Ba'zi hollarda o’quvchilar asar mazmunini o'z so'zlari bilan bayon etadilar. Bunday holda o’quvchi tomonidan tanlangan so'zlarni muallifning fikrini aniq va to'g'ri ifodalashini nazorat qilib borishi kerak.


O’quvchilarning qayta hikoya qilishlarini baholash muhim uslubiy (metodik) usullardan hisoblanadi. O'rta sinfda o’quvchilarning hikoyasini o’qituvchi baholaydi. O’quvchilarning qayta hikoya qilishini baholashda uning yaxshi

tomonlarini va kamchiliklarini, harakatchanligini aytib, qisqa tahlil qilish lozim. Bu bilan quyidagi dastur vazifasini bajarish zarur: o’quvchilarda qayta hikoya qilishd matnga to’g’ri kelmaydigan joylami seza olish qobiliyatini tarbiyalash. O’qituvchi o’quvchilarni qayta hikoya qilishga o'rgatish orqali ularning nutq faolligini, mustaqilligini rivojlantirishga ta'sir etadi.

Boshlang’ich sinflarda adabiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda yangi vazifalarni hal etish nazarda tutiladi: o’quvchining yordamchi savollarisiz ertak va hikoyalarning mazmunini bir-biriga bog'lab, izchillik bilan, ifoda vositalaridan foydalanib, grammatik tomondan to'g'ri bayon eta olishga o'rgatish. Endi bu sinfda ancha murakkab, hajmi kattaroq bo'lgan asarlarni qayta hikoya qilish taklif etiladi. (Bu sinflarda qayta hikoya qilish uchun tavsiya etilgan asarlar ro'yxati „Badiiy terma kitob"da ko'rsatilgan. Tuzuvchilar: S. G'oziyeva, D. Ochilova, L. Dolimova. Т., „o’qituvchi", 1993.)

Masalan: „Bo'ri bilan tulki" (o'zbek xalq ertagi), „Chumchuq" (o'zbek xalq ertagi), Gulxaniyning „Toshbaqa bilan chayon" masali, „Zumrad va Qimmat" (o'zbek xalq ertagi ) va hokazolar.

Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish mashg'ulotida o’qituvchi o'z oldiga o’quvchilarning bog'lanishli nutqini rivojlantirish, matn mazmunini bir-biriga bog'lab, ketma-ketlik bilan, nutqning ifodali vositalaridan foydalanib, aniq, grammatik jihatdan to'g'ri bayon etishga o'rgatish vazifasini qo'yadi. Qayta hikoya qilib berishga o'rgatish mashg'ulotini o'tkazish uslubiyoti (metodi) ushbu sinf o’quvchilari bog'lanishli nutqining rivojlanganlik darajasiga, o’qituvchining o'z oldiga qo'ygan vazifasiga, shuningdek, qayta hikoya qilib berish uchun tavsiya etilgan adabiy asar matniga bog'liq bo'ladi. Qayta hikoya qilib berish mashg'uloti quyidagi qismlardan iborat bo'lishi mumkin:


Kirish suhbati. Bu suhbat asar mazmunini idrok qilishga, o’quvchilarning tasavvurlarini aniqlashga, kerakli emotsional holatni vujudga keltirishga va hokazolarga qaratilgandir.


Badiiy asarni o'qib berish. Asarni dastlabki o'qib berishda o’quvchilarga uning mazmunini esda saqlab qolish kerakligini, so'ng uni qayta hikoya qilib


berish lozimligini ta'kidlamaslik kerak, aks holda, badiiy asarning g'oyaviy tomonini idrok eta olmasligi mumkin. Asar matnini ma'noli qilib, ishtirok etuvchilarning dialogini intonatsiya bilan ajratib o'qib berish (yoki hikoya qilib berish) juda muhimdir. Shunday qilinganda o’quvchilarga asardagi qahramonlarga va voqealarga o'z munosabatlarini bildirishga yordam bergan bo'lamiz.


O'qib berilgan asarning mazmuni va shakli yuzasidansuhbat.O'qib berilgan yoki hikoya qilib berilgan asar mazmuni yuzasidan beriladigan savollar oldindan yaxshilab o'ylab qo'yilgan bo'lishi kerak.


Mashg'ulotning bu qismi uncha uzoq bo'lmasligi, o’quvchilarga 4 — 5 savol berish bilan kifoyalanish lozim.


Adabiy asar matnini ikkinchi marta o'qib berish (yoki hikoya qilib berish). O'qib berishdan avval o’qituvchi o’quvchilarga asarni diqqat bilan tinglashni, lining mazmunini esda olib qolishni, keyin qayta hikoya qilib berishlarini ta'kidlaydi.


O’quvchilar tomonidan asarni qayta hikoya qilib berish. Misol tariqasida o'zbek xalq ertaklaridan „Uch tulki" ertagini qayta hikoya qilish mashg'ulotini keltiramiz.


O’qituvchi ertakni o'qib berishdan (yoki hikoya qilib berishdan) avval o’quvchilarga quyon, qo'ng'iroq, eshak va tulkining, o’quvchisi xo'tikning, tulkining (ona tulki, ota tulki) rasmlarini ko'rsatadi va o’quvchilardan ularning nomini so'raydi. O’qituvchi o’quvchilardan tulki qanday hayvon ekanligini, eshak, uning o’quvchisi xo'tik, quyon qanday hayvon ekanligini so'rab oladi. So'ngra o’qituvchi o’quvchilarga mana shu hayvonlar, „Uch tulki" ertagida uchrashini aytadi va o’quvchilarga bu ertakni hikoya qilib beradi (yoki o'qib beradi). Shundan so'ng asar mazmuni yuzasidan savollar beradi: „Hozir men sizlarga qaysi ertakni hikoya qilib berdim? Bu ertak qaysi hiylagar hayvon haqida yozilgan? Ertakdagi tulkilar qanday? Rahmdilmi yoki hiylagarmi? Ular

qanday qilib quyonni aldashdi? Ertak oxirida tulkining o’quvchisi Qashqani (quyonni) qanday qilib aldaganini kirn eslab qoldi?

O’qituvchi o’quvchilarga savollarga hammalari to'g'ri va aniq ja-vob berganlarini, asar mazmuniga yaxshi tushunib olganlarini aytib, „Hozir men bu ertakni yana bir marta hikoya qilib beraman, sizlar esa uni diqqat bilan tinglanglar, keyin uni menga qayta hikoya qilib berasizlar", — deydi.

Asarni ikkinchi marta hikoya qilib bergach, 5 — 6 o’quvchini ertakni qayta hikoya qilib berishga chiqaradi. Har bir o’quvchining qayta hikoya qilib berishlari baholanadi. Masalan: „Behzod ertakni juda qiziqarli, ifodali qilib aytib berdi, ammo lining hikoyasi to’liq bo'lmadi. U ona tulki quyonni qanday aldaganini hikoya qilib bermadi".

Katta sinf o’quvchilarini qayta hikoya qilishga o'rgatishda turli usullardan foydalaniladi: o’qituvchi tomonidan tuzilgan reja asosida qayta hikoya qilish;

a) o’quvchilarga tanish bo'lgan ikkita-uchta asarlardan birini o'z xohish- istaklari bilan qayta hikoya qilish;

d) asarni sahnalashtirib, qayta hikoya qilish. Katta sinf o’quvchilari o'rtoqlarining hikoyalarini baholashga jalb etiladi.

Bunday muhokamani uyushtirish metodik jihatdan juda murakkab bo'lib, u o’qituvchidan katta mahoratni, har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini bilishni talab etadi. Yana bu ishning murakkabligi shundan iboratki, o’quvchilar hamma hikoyalarni eslarida saqlashlari lozim bo'ladi, shuning uchun o’quvchilarning hikoyasini yozib borgani ma'qul, so'ngra ularning ba'zilarini muhokamadan avval o'qib berishi kerak. Muhokamani tashkil etish o’quvchilarni qayta hikoya qilishdagi yaxshi va yomon tomonlarni seza olishga, o'rtoqlariga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo'lishni tarbiyalashga yordam beradi.

2 bob. Kichik yoshdagi o’quvchilarni hikoya tuzishga o'rgatish uslubiyati

2.


Yüklə 156,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin