1. Ikkita jism bitta nuqtadan, bir yo’nalishda, bir vaqtda harakatlana boshladi. Ulardan biri 980 sm/s tezlik bilan tekis, ikkinchisi boshlang’ich tezliksiz 9,8 sm/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qildi. qancha vaqtdan keyin ikkinchi jism birinchisini quvib yetadi?
2. Jism t vaqt ichida s yo’lni bosib o’tdi, bunda uning tezligi n marta ortdi. Xarakatni boshlang’ich tezlikli tekis tezlanuvchan deb hisoblab, jismning tezlanishini toping.(19)
3. υ0 = 2 m/s boshlang’ich tezlikka ega bo’lgan moddiy nuqta tx = 3 s davomida tekis, t2 = 2 s da a2= 2 m/s2 tezlanish bilan, t3 = 5 s da a3 = 1 m/s2 tezlanish bilan, t4 = 2 s da a4 = - 3 m/s2 tezlanish bilan va nihoyat t5=2 s da t4 vaqt oralig’i oxirida olgan tezligi bilan tekis xarakat qildi. Moddiy nuqtaning oxirgi tezligini, bosib o’tgan yo’lini va shu yo’ldagi o’rtacha tezligini aniqlang.(14)
4. Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism tushish boshlanganidan t vaqt o’tgach, yer sirtidan 1100 m balandlikda, yana 10 s vaqtdan keyin esa 120 m balandlikda bo’ladi. Jism qanday N balandlikdan tushgan?(30)
5. Jism gorizontal yo’nalishda 15 m/s tezlik bilan otildi. Xarakat boshlangandan 1 s o’tgandan keyingi normal tezlanish va urinma tezlanishlarni toping.(53)
Ish energiya, quvvat
1. Uzunligi 5m va ko'ndalang kesimi 0,01m2 bo`lgan po`lat balkani gorizontal holatda 15m balandlikka tekis ko`tarishda bajarilgan ishni hisoblang? Po`latning zichligi 7800 kg/m3, g=10m/s2
2. Qandaydir balanlikdan gorizontal holda 20 m/s tezlik bilan tosh otildi. Otilgandan 4s o`tgan paytda uning kinetik energiyasi 3000J ga teng bo`lsa, toshning massasi qancha? g=10m/s2.
3. 5 t massali samolyot gorizontal parvoz paytida o’zgarmas 360 km/soat tezlik bilan harakat qildi. Keyin u 2 km balandlikka ko’tarildi. Bunda samolyotning tezligi 200 km/soat gacha kamaydi. Motorning samolyotni ko’tarishda bajargan ishini toping
4. Boshlang'ich tezliksiz tushayotgan 1 kg massali jism tushish boshlangandan 5 s vaqt o’tgach, qanday kinetik energiya T ga ega bo’ladi?
5. 300 g massali tosh minoradan biror boshlang’ich tezlik bilan gorizontal otildi. 1 s vaqt o’tgach toshning tezligi gorizont. bilan 30° burchak hosil qildi. Toshning shu momentdagi kinetik energiyasi T ni toping.
6. Gorizontga a burchak ostida otilgan 20 g massali o’q traektoriyaning yuqori nuqtasida 88,2 J kinetik energiyaga ega. Agar o’qning boshlang’ich tezligi 600 m/s bo’lsa, a burchakni toping
7. 10 g massali o’q qalinligi 4 sm bo’lgan taxgaga 600 m/s tezlik bilan uchib keladi va taxtani teshib o’tib 400 m/s tezlik bilan uchib chiqadi. Taxtaning o’rtacha qarshilik kuchi F ni toping
8. Gorizontal sirtda yotgan 990 g massali jismga 10 g massali o’q kelib tegadi va unda qoladi. O’qning tezligi 700 m/s ga teng va gorizontal yo’nalgan. Agar jism va sirt o’rtasidagi ishqalanish koeffitsient 0,05 bo’lsa, jism to’xtaguncha qanday masofani o’tadi?
Dostları ilə paylaş: |