3 magnitoelektrik o’lchash asboblari,ularning tuzilishi va ishlash prinsipi Magnit-elektr asbob yoki magnitoelektrik oʻlchash asbobi — oʻzgarmas elektr toki va kuchlanishini oʻlchash uchun moʻljallangan oʻlchash asbobi. Ishi doimiy magnitning magnit maydonlari bilan gʻaltakda oqayotgan elektr tokining oʻzaro taʼsirlashuviga asoslangan. Qoʻzgʻalmas magnit va temir oʻzak orasida aylanadigan gʻaltakli (ramkali) Magnit-elektr asbob a. Keng tarqalgan. Bu asbobda gʻaltak (ramka) ni mil bilan birga aylantiradigan kuch tok kuchiga teng. Qoʻzgʻalmas magnitli va qoʻzgʻaluvchan magnitli Magnit-elektr asbob a.lar ham bor. M.-e. a.lar tashqi magnit maydonlar va temperatura oʻzgarishlarini deyarli sezmaydi, shuning uchun aniq oʻlchaydi. Toʻgʻrilagichlar (oʻzgarmas tokni oʻzgaruvchan tokka aylantiruvchi asboblar) bilan birga Magnit-elektr asboblar oʻzgaruvchan tok zanjirlarida ishlatiladi, oʻlchash oʻzgartirgichlari bilan birga esa temperatura, bosim va boshqalarni oʻlchash mumkin.[1]
4 uzunlik birligi milliy boshlang’ich etaloni Uzunlik — asosiy fizik kattaliklardan biri.
Uzunlik —chiziqlarning sonli xarakteristikasi. Kesma uzunligi uning uchlari orasidagi masofaga teng. Siniq chiziq uzunligi uni tashkil qiluvchi kesmalar uzunliklari yigʻindisiga teng. Regulyar chiziq uzunligi unga ichki chizilgan siniq chiziqlar uzunliklari yuqori chegarasiga teng. Regulyar chiziq uzunligi chekli son boʻladi.
Uzunlik so'zi predmet o'lchamlarini (uzinligi, eni, baladligi,chuqurligi) anglatib, eng yaqin va eng uzoq nuqtalar orasidagi masofa (kuzatuvchiga nisbatan), ya'ni fazodagi ikki nuqta orasidagi masofadir (trayektoriya, yo'l, to'lqin uzunligi va boshq.).