Variant-1 Hududiy boshqaruvning tashkiliy tuzilishi va tamoyillari haqida tasavvurga EGA bo'lish


Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari va shakllari



Yüklə 29,43 Kb.
səhifə6/6
tarix13.04.2022
ölçüsü29,43 Kb.
#55286
1   2   3   4   5   6
Variant-1 Hududiy boshqaruvning tashkiliy tuzilishi va tamoyilla

3.Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari va shakllari;

Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda muayyan qonuniyatlar namoyon bo‗lmoqda. Ular muayyan tarixiy bosqichda ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining o‗zaro harakati natijasida shakllanadi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari ishlab chiqarish kuchlari va hududlaro‗rtasidagi umumiy munosabatlarda namoyon bo‗ladi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga, maksimal daromad olish imkoniyatlariga katta e'tibor berish lozim. Ayni paytda, tabiiy resurs salohiyatlaridan tejamkorlik bilan foydalanish, ekologik sharoitni yaxshilash masalalari ham hisobga olinadi. Bozor sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat:

-ishlabchiqarishkuchlarini oqilona va samaralijoylashtirish;

-mintaqalarnikompleksrivojlantirish;

-mintaqalaro‗rtasidagihududiymehnattaqsimoti;

-mintaqalarijtimoiy-iqtisodiyrivojlanishdarajasinitenglashtirish.



Ishlab chiqarish kuchlarini oqilona va samarali joylashtirish deganda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini minimal holatga keltirish va ishlab chiqarishning barcha (tayyor mahsulotgacha bo‗lgan) bosqichlarini muayyan hududga joylashtirish tushuniladi. Mamlakatimizning turli hududlari tabiiy resurslar zahiralarining miqdori, komponentlarning tarkibi, geologic salohiyatlariga ko‗ra o‗zaro farqqiladi. Bunda ishlab chiqarishning xom ashyo, yoqilg‗i, energiyava iste'mol manbalariga yaqinligini ta'minlaydigan transport omili katta ahamiyatga ega. Kooperasiyalashtirish va kombinatlashtirish hamda chiqindi siztexnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning muhim shartlaridan hisoblanadi. Mintaqalarni kompleks rivojlantirish uchun bozor infratuzilmasi elementlari, ishlab chiqarish tarmoqlari, aholi ehtiyojlari niqondirish bilan bog‗liq sohalar hamda ishlab chiqarishva ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarining mushtarakligiga erishish lozim. Mintaqalar xo‗jaligining kompleksliligi turli tarmoqlar va sohalar o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishni taqozo qiladi. Mintaqalar o‘rtasida hududiy mehnat taqsimoti bozori iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.

Yüklə 29,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin