1-tajriba. Fenollarning suvda eruvchanligi.Reaktivlar:fenol; piroketaxin; rezorsin; gidroxinon.Jihozlar:probirka; probirka tutgich; pipetka; gaz gorelkasi yoki spirt lampasi.Tajribani bajarish: Probirkaga 0.5 g chamasi fenol solib, unga 3 ml suv qo`shing va chayqating. Loyqa suyuqlik (fenolning emulsiyasi) hosil bo`ladi. Suyuqlik tindirilgandan keyin emulsiya asta sekin ikkita qatlamga (yuqoridagi qatlam – fenolning suvdagi eritmasi, pastki qatlam – suvning fenoldagi eritmasi) bo`linadi. Probirkadagi aralashma ehtiyotlik bilan qaynagucha qizdirilganda bir jinsli eritma hosil bo`ladi. Sovitilgan suyuqlik yana loyqalanadi. Hosil qilingan eritmadan ko`k lakmus qog`oz ustiga bir tomchi tomizib, eritmaning muhitini aniqlang. Fenolning o`ziga xos hidiga etibor bering.Fenol o`rniga piroketaxin, rezorsin va gidroxinon olib shu tajribani takrorlang. Fenollarning suvdagi eritmalaridan navbatdagi tajribalar uchun foydalaning. 2-tajriba. Fenolyatlarning hosil bo’lishi va suvda parchalanishi.Reaktivlar: fenol; o`yuvchi natriyning 10% li eritmasi; xlorid kislotaning 10% li eritmasi; distillangan suv.Jihozlar: probirka; pipetka; probirka tutgich;gaz gorelkasi yoki spirt lampasi.Tajribani bajarish: Bundan oldingi tajribadan qolgan fenolning suvdagu eritmasini kuchli chayqating va hosil bo`lgan loyqa emulsiyadan boshqa probirkaga tahminan 0.5 ml olib, unga o`yuvchi natriyning 10% li eritmasidan bir necha tomchi tomizing. Darhol natriy fenoliyatning tiniq eritmasi hosil bo`ladi. Bu eritmani ikkita probirkaga bo`lib qo`ying. Birinchi probirkadagi eritmaga xlorid kislotaning 10% li eritmasidan bir necha tomchi qo`shing. Suyuqlik darhol loyqalanadi. Chunki kuchli xlorid kislota fenolyatdan fenolni siqib chiqaradi.3-tajriba. Fenollarga xos sifat reaksiyalar.1)Temir (III) xlorid bilan reaksiyasi.Reaktivlar: fenol; rezorsin; gidroxinon; fenolning 1% li eritmasi; piroketaxin, rezorsin va gidroxinonning 1% li eritmalari; temir (III) xloridning 3% li eritmasi.Jihozlar: probirka; pipetka; gaz gorelkasi yoki spirt lampasi.Tajribani bajarish: Ko`p fenollar va yenollar suvli, suv spirtli va xloroformli eritmalarda temir (III) xlorid bilan o`ziga xos rangli reaksiyalar beradi.a)Probirkaga fenolning 2-3 ta kristalchasidan olib, uni 2-3 ml suvda eriting va temir (III) xloridning 3% li eritmasidan 1-2 tomchi qo`shing. Binafsha rang hosil bo`ladi. b)Uchta probirkada piroketaxin, rezorsin va gidroxinonning suyultirilgan eritmalaridan 2-3 ml dan tayyorlang va ularga temir (III) xloridning 3 % li eritmasidan 1-2 tomchi qo`shing. Piroketaxin yashil, rezorsin binafsha, gidroxinon sariq rang hosil qiladi. Gidroxinon bilan quyidagi reaksiyani ham qilib ko`rish mumkin: Probirkada gidroxinonning suvdagi konsentrlangan eritmasini tayyorlang, uni qizdiring va qaynoq eritmaga ning 3 % li eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. Aralashma qizil rangga bo`yaladi. Bir ozdan keyin sovitilgan eritmadan xingidronning ignasimon kristallari cho`kmaga tushadi.2) Nitrit kislota bilan reaksiyasi.Reaktivlar: fenolning 10% li eritmasi; konsentrlangan sulfat kislota eritmasi; o`yuvchi natriyning 5% li eritmasi; xlorid kislotalning 10% li eritmasi; natriy nitritning 10% li eritmasi; distillangan suv.Jihozlar: probirka; pipetka; probirka tutgich; gaz gorelkasi yoki spirt lampasi.Tajribani bajarish: Probirkaga 0.5 ml konsentrlangan sulfat kislotadan quyib, unga fenolning 10% li eritmasidan 2-3 tomchi va natriy nitritning 10% li eritmasidan bir tomchi qo`shing. Chayqatilganda aralashma binafsha ko`k rangga bo`yaladi. Rangli aralashmani 5 ml suvi bor probirkaga ag`daring. Och qizil rangli eritma hosil bo`ladi. Shu eritmadan 1 ml olib, unga ishqoriy muhit hosil bo`lguncha o`yuvchi natriyning 5% li eritmasidan qo`shilganda och qizil rang yashil va ko`kish rangga o`tadi. Bu eritmada kislotali muhit hosil bo`lguncha biror kislota (masalan 10% li xlorid kislota) qo`shilsa, yana dastlabki och qizil rang hosil bo`ladi.