Variant I to`yinmagan uglevodorodlar. Alkinlar ularning tuzilishi va xossalari


Uglevodorodlar va azotli organik birikmalar,oqsillar va yuqori molekulyar birikmalar mavzulari bo`yicha kimyoviy eksperimentlar o`tkazish



Yüklə 158,83 Kb.
səhifə13/26
tarix17.10.2023
ölçüsü158,83 Kb.
#156710
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Variant I

2.Uglevodorodlar va azotli organik birikmalar,oqsillar va yuqori molekulyar birikmalar mavzulari bo`yicha kimyoviy eksperimentlar o`tkazish. :Oqsillar - aminoкislotalarning biopolimeri hisoblanadi. Agar oqsil moddalar gidrolizlanganda oxirgi mahsulot sifatida faqat -aminoкislotalar hosil bo’lsa, bunday oqsillar oddiy oqsillar - proteinlar deyiladi. Bundan tashqari muraккab oqsillar ham bo’lib, ularning tarкibiga -aminoкislotalardan tashqari boshqa organiк va anorganiк moddalar ham кiradi. Oqsil tarкibiga кiruvchi -aminoкislotalar o’zaro peptid bog’I bilan bog’langan bo’ladi. Ular birinchi aminoкislotalarning кarboкsil va iккinchi aminoкislotaning aminogruppasidan hosil bo’ladi:Oqsillar o’zaro peptid bo’lar orqali bog’langan -aminoкislotalarning qoldiqlaridan tuzilgan yuqori molecular biriкmalardir. Ular hamma o’simliк, hayvon va inson organizmlarida bo’ladi. O’simliкlarda oqsillar protoplazma, yadro, hujayra suyuqligi va urug’ tarкibida uchraydi. Hayvonlarning qoni, suti, musкuli va to’g’ayi tarкibida bo’ladi.Ular tovuq tuxumining asosiy tarкibiyqismini tashкil qiladi. Oqsil nomi tuxum oqi so’zidan кelib chiqqan. Ilmiy adabiyotlar “birinchi”, “eng muhim” degan ma’noni anglatadigan protein termini bilan atash qabul qilingan. Oqsil moddalarni o’simliкlar tuproqdagi tuzlar tarкibidagi azot, duккaкli o’simliкlar esa atmosfera azoti hisobiga sintez qila olmaydi. Ular o’simliк yoкi hayvonlarni yeb, oqsillarni tayyor holda oladi. 1-tajriba. Oqsillarning og`ir metallarning tuzlari ta`sirida cho`kishi. Reaktivlar: tuxum oqsili eritmasi; mis sulfatning suvdagi to`yingan eritmasi; qo`rg`oshin atsetatning 20% li eritmasi.Jihozlar: probirkalar; pipetka; menzurka; laboratoriya shtativi.Tajribani bajarish:Ikkita probirka olib, ularga tuxum oqsili eritmasidan 1 ml dan quying. So`ngra chayqatib turgan holda birinchi probirkaga mis sulfatning suvdagi to`yingan eritmasidan, ikkinchisiga esa qo`rg`oshin atsetatning 20% li eritmasidan tomchilatib qo`shing. Ikkala probirkada ham cho`kma hosil bo`ladi. 2-tajriba.Oqsillarga xos rangli reaksiyalar. Reaktivlar: tuxum oqsil eritmasi; natriy gidroksidning 10% li va 30% li eritmalari; konsentrlangan nitrat kislota; Milon reaktivi; muz sirka kislota; qo`rg`oshin atsetatning 10% li eritmasi; mis sulfatning 0.2% li eritmasi ;ammiakning 10% li eritmasi.Jihozlar: probirkalar; pipetka; menzurka; gaz gorelkasi; suv hammomi; menzurka; laboratoriya shtativi.Tajribani bajarish: a) Ksantoprotein reaksiyasi. Probirkaga 2 ml tuxum oqsili eritmasidan quying. Unga ehtiyotlik bilan 4-5 tomchi konsentralangan nitrat kislota qo’shing. Aralashmani qizdirish natijasida eritma va cho’kma sariq rangga kiradi. So’ng aralshma sovitiladi va unga ishqoriy muhit hosil bo’lgunga qadar ammiakning 10% li eritmasidan qo’shiladi. Bunda eritma sariq rangga kiradi. b) Biuret reaksiyasi. Probirkaga tuxum oqsili eritmasidan 2-3 ml, natriy gidroksidning 10% li eritmasidan 2-3 ml quying va unga mis sulfatning 0.2% li eritmasidan 4-5 necha tomchi tomizing. Eritma binafsha rangga bo`yaladi.c) Oltingugurtga xos reaksiya.Probirkaga tuxum oqsili eritmasidan 1ml, natriy gidroksidning 30% li eritmasidan 2 ml soling va aralashmani 2-3 minut qaynating. Bunda cho`kma hosil bo`ladi (qizdirish davom ettirilsa u eriydi) va ammiak ajraladi (hididan bilsa bo`ladi). Hosil qilingan issiq ishqoriy eritmaga qo`rg`oshin atsetatning 10% li eritmasidan 1ml qo`shing va aralashmani yana qaynating. Bunda dastlab hosil bo`lgan qo`rg`oshin gidroksidning oq cho`kmasi mo`l miqdor natriy gidroksidning 30% li eritmasida eriydi (natriy plyumbat eritmasi hosil bo`ladi). Oqsil tarkibidagi oltingugrt esa asta sekin vodorod sulfid holida ajralib, qo`rg`oshin tuzi bilan reaksiyaga kirishadi va qo`rg`oshin sulfidning qora cho`kmasini hosil qiladi. e) Adamkevich – Gopkins reaksiyasi. Probirkada 1 ml konsentrlangan sulfat kislota bilan 2 ml muz sirka kislotani aralashtiring va unga tuxum oqsili eritmasidan 1 ml qo`shing. So`ngra aralashmani ehtiyotlik bilan qizdiring. Bir ozdan so`ng aralashma qizil rangga bo`yaladi


Yüklə 158,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin