8-Variantni 5 savoli hududiy arxivlar. Farg‘ona viloyati davlat arxivi. Farg‘onada arxiv ishi 1925-yilda Farg‘ona viloyati arxiv byurosi sifatida faoliyat boshladi. Bu arxiv muassasasi 1927-yili Farg‘ona va Andijon okruglararo arxivi sifatida faoliyat yuritgan. 1938-yili Farg‘ona iloyati tashkil etilgach, Farg‘ona viloyati arxiv boshqarmasi tuzildi. Farg‘ona viloyati arxiv boshqarmasi 1940-yildan boshlab, Farg‘ona viloyati davlat arxivi deb qayta nomlandi. Farg‘ona viloyati tarixi jamg‘armasida Farg‘ona shahri, Namangan va Andijon viloyatlari tarixiga oid hujjatlar mavjud. Shuningdek, Farg‘ona viloyati ishchi-sovet, soldat va dehqonlari xo‘jaliklari jamg‘armasida shu viloyatlardagi sovet hukumatining o‘rnatilishi, Farg‘ona viloyati boshqaruv tizimi, madaniy qurilish, ocharchilikka, ishsizlikka, xotin-qizlarni jamoat ishlariga jalb qilishga oid hujjatlar saqlanadi. Bugungi kunda Farg‘ona viloyat davlat arxivi Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko’chasi 17 a-uyda faoliyat yuritadi.
9-variant 1 savol . IX-XII asrlarda hukmron bo‘lgan sulolar davrida kutubxona-arxivlarining shakllanishi.Ko‘pgina mayonbalardan bizga malumki, toxiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar saroylarida kutubxona- arxivlari mavjud bo‘lgan. Bu davrda Marv, Nishopur, Ray, Balx, Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Ularda ko‘p minglab Arastu, Aflotun, Iqlidus, Batlimus, Suqrot, Arximedlarning nodir qo‘lyozmalari, shuningdek, qadimgi hind, pahlaviy, yunon, arab, fors va turkiy tillarda yozilgan olim, mutafakkirlar asarlarining asl nusxalari, tarjimalari saqlangan. Kutubxonachilik yuqori darajada rivojlanib, sifat jihatdan o‘sha davrdagi Ovro‘pa yoki dunyoning boshqa mamlakatlaridan benihoya ustun edi. Masalan, Ovro‘paning XII asrdagi barmoq bilan sanarli eng mashhur kutubxonalarida 150-200 jilddan nari borsa 500 nusxa kitob bo‘lgani holda, Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, G‘azna, Urganch shaharlarda minglab kitob nusxalari saqlangan. Masalan, birgina Bog‘doddagi “Xizant-ul-Ilm” kutubxonasida Qur’oni Karimning yuzlab nusxasi, 10 400 dan ortiq turli mutafakkirlar asarlarining eng nodir, asl nusxalari saqlangan. Samarqand, Buxoro, Balx, Hamadon, G‘azna, Urganch va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab yetti iqlimga dong‘i ketgan kutubxonalar kecha-kunduz ishlab turar edi.Kutubxonalar shaxsiy, vaqf (masjid va madrasalarda) va saroyda tashkil etilgan. Ularning ko‘pchiligida kitoblar o‘z sohalari bo‘yicha kataloglashtirilgan, tartibga solingan, maxsus va malakali xodimlar biriktirilgan. Shuningdek, kutubxonalar farroshlar, qorovullar va boshqa xodimlarga ega bo‘lib, to‘la moliyaviy ta’minlangan. Ulardagi kitoblarni kutubxonaning o‘zida, shuningdek ma’lum garov evaziga, ko‘pincha pulga uyga olib o‘qish mumkin bo‘lgan.O‘rta asrlarning mashhur tarixchisi Yoqut Hamaviy har birida 12 000 kitoblari bo‘lgan 12 ta Marv kutubxonalari to‘g‘risida xabar berar ekan, o‘zi 200 dan ortiq kitoblarni hech narsa to‘lamasdan olib, uzoq vaqt uyda foydalanganligi haqida yozadi.X asrga kelib O‘rta Osiyo madaniyati ko‘p jihatdan G‘arbiy Evropa madaniyatidan yuksak turardi. Buxoro va Xorazmda jahonga mashhur ko‘pgina olimlar, shoirlar, va faylasuflar olamga kelib, ular johon fani va madaniyatining rivojiga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar. Buxoroda Sharqdagi eng yirik kutubxonalardan biri Samoniylarning “Savoi-al-Xikma” kutubxonasi bo‘lib, bundan o‘z davrining yetuk allomalari Ibn Sino, Rudakiy, Deqiqiy, Firdavsiy va boshqalar foydalanganlar.Samoniylar kutubxonasi arxitekturasi va ko‘rinishini ko‘rgan Ibn Sino shunday yozadi: Men kutubxonaga kirganimda u er ko‘p xonalardan iborat edi. Har bir xonada ko‘plab qo‘lyozma kitoblar va hujjatlar solingan sandiqlar turar edi. Bir xonada tarixiy, ikkinchisida musulmon huquqiga oid manbalar, keyingi xona shoirlarning she’riYatga oid kitoblari va boshqa sohaga oid kitoblar saqlanardi. Har bir xonadagi kitoblar ketma-ket, aniqlik bilan terib joylashtirilgan edi.Bundan tashqari Buxoroda Toqi - telpakfurushon o‘rnida kitob bozori bo‘lgan. Bu erda har hil kitoblar va qo‘lyozmalar sotilgan. Abu Ali inb Sino o‘ziga zarur bo‘lgan Farobiyning Aristotelga izohini o‘sha bozordan sotib olgan edi.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan eng qadimiy arxiv hujjati Somoniylar davriga tegishli bo‘lib, bu IX asrga oid vaqf hujjatlari sanaladi. Vaqfnomalar O‘rta Osiyoda feodal mulkchilikning keng tarqalgan formalaridan bir bo‘limi vaqf er egaligini tarixini aniqlash, o‘rganish va tadqiq etishda asosiy manba vazifasini o‘taydi. Bunda mulkdor shaxs o‘z ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarini ko‘zlab o‘z mol-mulkidan ma’lum bir diniy yoki xayriYa muassasiga in’om qilgan, chunki vaqf qilingan mulk daxlsizligi va ta’sischining qo‘ygan shartlari undan keladigan daromadni musodara qilinishdan saqlar edi. Shu bilan birga vaqf vaqfga ajratgan mol-mulkini ta’sis etgan muassasa tomonidan sotib yubormasligi, sovg‘a sifatida tortiq qilinmasligi, meros bo‘lib qoldirmaslik, yoki biron-bir yo‘l bilan o‘zlashtirib olmaslik shartlari bilan o‘tkazadi. Shu sababli vaqflar feodal er egaligining shartli formasi sifatida olib qaralgan va “Vaqfnoma”lar ko‘p tarqalgan yozma manbalardan biridir.Eng qadimgi “Vaqfnoma” Ismoil Somoniyning o‘z avlodlariga vaqf qilib qoldirgan Buxoro viloyatining atrofidagi qishloqlar haqidagi hujjat bo‘lib, unda Ismoil Somoniyning vaqf qilgan joy nomlari batafsil keltiriladi. Hujjatda Somoniylar shajarasi ancha keng keltirilgan. Bunday shajara xali fanga ma’lum manbalarda uchramaydi. Unda uchraydigan atamalar va o‘sha davr Buxorodagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot , soliq tizimi, hunarmandchilik, o‘sha davrdagi ma’muriy boshqaruv usuli, saroydagi urf-odatlar va boshqa madaniyat masalalariga doir ma’lumotlar o‘z aksini topgan.XI - XII asrlarda Xorazm, Ray, Qamadon, va Isfahon shaharlarida kutubxonalar mavjutligi va bu shaharlar yirik madaniy markaz bo‘lganligi haqida A. A. Semyonov o‘zining “Ocherki istoricheskiy nauki v SSSR” (1955) asarida mufassal bayon etadi.O‘rta Osiyo kutubxonalari Hindiston, Eron, Istambul, Qohira shaharlarida sharq tili va uslublarida bitilgan, shuningdek, O‘rta Osiyoning yirik shaharlarida Yashab ijod etgan adib va xattotlar tomonidan tayorlangan kitoblar hisobiga kengayib, boyib bordi. Mo‘g‘ullar istilosiga qadar (XI - XII aslar) Marvda saqlangan Saljuqiylar va Gurgunchdagi Xorazmshoxlar kutubxonalari juda mashxur bo‘lgan.