variant savol



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə23/29
tarix23.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#159996
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
arxivshunoslik 2 kurs arxiv ishi yakuniy new

9-variant 3-savol
Arxivda arxiv hujjatlarini saqlash me’yoriy sharoitlarni yaratish, me’yoriy tartiblarga rioya еtish va arxiv hujjatlari saqlovini togri tashkil еtish, yoqolishi va ogirlanishini bartaraf еtuvchi, shuningdek ularning normal fizik holatini saqlab turuvchi tadbirlar kompleksi orqali ta’minlanadi.Arxiv hujjatlarini saqlashning me’yoriy sharoitlari quyidagilar asosida ta’minlanadi:arxivlar va idoraviy arxivlarga mos bino va xonalar ajratish;arxiv binolari va xonalarida maqbul (me’yoriy) yonginga qarshi, qoriqlash, harorat va namlik, yoruglik, sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratish;arxiv hujjatlarini saqlash va joyini ozgartirish uchun maxsus vositalarni (stellajlar, shkaflar, seyflar, qutilar, papkalar va boshqalarni) qollash.55. Arxiv arxiv hujjatlarini saqlash uchun maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan binoda (yoki binoning alohida xonalarida), yongin kelib chiqishi xavfi bolgan ob’ektlar (neft ombori, AYoQSh, avtoturarjoy, garaj va shunga oxshash boshqa joylar) va havoni ifloslantiruvchi sanoat ob’ektlaridan (agressiv gazlar, sement changi va boshqalardan) uzoqda joylashtiriladi.Arxiv binosi arxivning hujjatlarni saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish boyicha belgilangan va ma’muriy-xojalik, texnik, maishiy xarakterdagi vazifalarni bajarishga moljallangan, xonalarni oqilona joylashtirish talablariga mos asosiy va yordamchi xonalar kompleksidan iborat boladi.Asosiy turdagi xonalarning tarkibi, joylashuvi, jihozlanishi arxiv hujjatlarining ular bilan ishlashning barcha uchastkalarida saqlanishini, ishlar texnologiyasi talablariga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, shuningdek arxiv tarkibiy bolinmalarining ozaro oqilona hamkorligini ta’minlashi lozim. Asosiy maqsaddagi xonalarga quyidagilar kiradi:arxiv saqlovxonasi;arxiv xodimlarining ish xonalari;arxiv hujjatlarini qabul qilish va vaqtincha saqlash, maqbul iqlim yaratish uchun xonalar;zararlangan arxiv hujjatlarini izolyatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya qilish xonalari;arxiv hujjatlarini changdan tozalash, muqovalash va ta’mirlash xonalari;arxiv hujjatlari (mikro, ksero, foto nusxalarini olish, fotota’mirlash va boshqalar)dan nusxa olish va ta’mirlash, plyonkani qayta ishlash va audiovizual hujjatlarni texnik nazoratdan otkazish xonalari;hisob hujjatlarini saqlash xonalari;oquv zali majmui (yigmajildlarni berish maydonlari, ma’lumot-qidiruv vositalari - vaqtinchalik saqlovxonalar bilan);ilmiy-ma’lumotlar kutubxonasi;metodik kabinet;korgazma zali.Arxivlarni moslashtirilgan bino va xonalarda joylashtirish binolar belgilangan tartibda еkspertizadan otkazilganidan song amalga oshiriladi. Ekspertiza binoning yonginga chidamlilik darajasini, asosiy konstruksiyalari va qavatlar orasidagi tosiqlarni ularning potensial yuklamani hisobga olgan holdagi mustahkamligini, bino xonalarining holatini (qavatlarda, yertolada, chordoqda), isitish va ventilyatsiya tizimining mavjudligi va holatini aniqlaydi. Ekspertiza arxiv vakillari ishtirokida, tegishli organ va xizmatlar vakillarini jalb еtgan holda otkaziladi. Ekspertiza yakunlari boyicha dalolatnoma tuziladi.Arxivni mustahkam bolmagan, yogochdan qurilgan, asosiy, yertola va chordoq xonalari zax bolgan, pech yordamida isitiladigan binolarda joylashtirishga yol qoyilmaydi.Arxiv hujjatlarini saqlash uchun moljallangan moslashgan binolardagi xonalar shu binoning boshqa xonalaridan ajratilgan bolishi kerak. Arxiv hujjatlarini umumiy ovqatlanish xizmati, oziq-ovqat omborlari, yongin chiqish xavfi kuchli bolgan hamda agressiv moddalar yoki yongin chiqishi xavfi mavjud va kimyoviy texnologiyalar qollaniladigan binolarda joylashtirishga yol qoyilmaydi.56. Arxiv saqlovxonasi maksimal darajada arxivning laboratoriya, ishlab chiqarish, maishiy xonalaridan uzoqda joylashtirilishi va ular bilan umumiy ventilyatsiya kanallariga еga bolmasligi kerak. Arxiv saqlovxonalarida suv ta’minoti va kanalizatsiya, suvni texnologik va maishiy chiqarish quvurlari otkazilishiga yol qoyilmaydi. Arxiv saqlovxonasi tabiiy yoki sun’iy ventilyatsiyaga еga bolishi kerak. Konditsionerlash tizimlari havoning almashish darajasi 2-3 bolgan havoni retsirkulyasiyalash, muqim harorat va namlik rejimini ta’minlashi, havoni changdan va agressiv aralashmalardan tozalash, shuningdek zamonaviy ixchamlik va tejamkorlik talablariga javob berishi kerak.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin