Hajmlari o‘zaro bir-birga qisman mos keladigan tushunchalar orasidagi munosabat qisman moslik munosabati deyiladi. Bunda ikki guruh predmetlari o‘rtasidagi munosabat aks etadi: birinchi guruh predmetlarining ma’lum bir qismi ikkinchi guruh predmetlarining ma’lum bir qismiga mos keladi. Ushbu munosabatdagi tushunchalar hajmi jihatidan qisman mos kelsalarda, lekin mazmun jihatidan har-xil ifodalanadi. Masalan: A. Ishchi. B. tadbirkor. Ishchilarning bir qismi tadbirkorlik bilan shug’ullanadigan tadbirkorlarning orasida ishchilar ham bo‘lishi mumkin. Qisman moslik munosabatidagi tushunchalar chatishma tushunchalar ham deb yuritiladi. Qisman moslik tushunchalar munosabatini quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin. Eyler Leonard (1707-1783) yirik nemis olimi, matematik, fizik, astranom, mantiqshunos. U tushunchalar orasidagi munosabatlarni tasvirlashda doira shaklidan keng foydalangan.
“ishchi ”-A tushuncha “tadbirkor” – B tushuncha. Ishchilarning bir qismi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish mumkin. –A. Tadbirkorning bir qismi “ishchi” bo‘lishi mumkin – B. “Tadbirkor” bo‘lmagan ishchilar va ishchi bo‘lmagan tadbirkorlar bor. “Ishchi - tadbirkor” (AB) – chatishma tushuncha. Sig’ishmaydigan tushunchalar o‘rtasida: a) birga bo‘ysunish; b) qarama-qarshilik; v) zidlik munosabatlari mavjud.