varyant – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang


Oila psixologiyaning tadqiqot metodlari



Yüklə 42,5 Kb.
səhifə2/5
tarix17.04.2022
ölçüsü42,5 Kb.
#55605
1   2   3   4   5
179565 answer 116303 5-variant IbragimovH (1)(1)

Oila psixologiyaning tadqiqot metodlari

2 – savolga yozma javob.



Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari

Oila psixologiyasining asosiy metodlariga quyidagilar kiradi:

Kuzatish metodi. Oilaviy munosabatlarni kuzatish deb oilaviy va turmush vaziyatlarida odamlarning tashqi xulq-atvorini idrok etish va muntazam qayd etib borishga bog‘liq faoliyatga aytiladi. Odatda tadqiqot o‘tkazayotgan psixologning kuzatayotganligini oila a’zolari bilmasliklari, sezmasliklari kerak. Kuzatuv natijalarini qayd etish aniq ko‘rgan-kechirganlarni qanday bo‘lsa shundayligicha yozib borish yoki esda saqlab qolib, keyin hech bir subyektiv xulosa yoki tahlilsiz daftariga belgilab borish tarzida kechadi.

Konkret vaziyatlarni tahlil qilish metodi. Oila muhitida yoki hayotiy sharoitlarda ro‘y bergan voqea-hodisalarni qayd etish unga kompleks yondashuvni talab etadi. Bunda o‘rganayotgan shaxs testlar o‘tkazishi, oila a’zolarining biografik ma’lumotlarini tahlil etishi yoki aniq maqsadli so‘rov o‘tkazishi mumkin.

So‘rov metodi. Odatda psixolog bir xonadonga kirib, hammada birdan so‘rov o‘tkaza olmaydi, u kim bilan, qachon va qanday maqsadda so‘rov o‘tkazishi lozimligini aniq bilishi va oldindan tanlovni belgilab qo‘ygan bo‘lishi lozim. Odamlar tanlab olingach, so‘rovnomaga kiritilgan har bir savolning ifodalanishiga e’tiborni qaraaatish lozim. Chunki bir shaxsga juda oson va aniqday tuyulgan savol boshqa bir shaxs uchun qiyin, noqulay, mavhum bo‘lib tuyulishi mumkin. Masalan, savolning mazmunini tushunishda uyda o‘tirgan beka bilan oila a’zosi bo‘lgan pedagog ayol o‘rtasida farq bo‘lishi mumkin. So‘rov odatda bevosita yuzma-yuz ko‘rishib o‘tkazilishi, telefon orqali yoki pochta orqali yuborilgan yozma savolnoma tarzida o‘tkazilishi mumkin. Oila psixologiyasida so‘rovnomalar tarqatish orqali odamlarning fikrlari, munosabatlarini aniqlash keng tarqalgan.

Eksperiment. Ushbu usul yordamida bir omil ta’sirining boshqa bir omil yoki holatning kelib chiqishiga turtki bo‘lishini aniqlash mumkin. Odatda oilaviy munosabatlar dinamikasini o‘rganishda, u yoki bu hodisalar yoki omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashda eksperiment usulidan foydalaniladi. Bunda bir necha xonadon eksperimental, ya’ni sinov o‘tkazilayotgan guruh hisoblansa, boshqalari nazorat guruhi sifatida saqlanadi, eksperimentdan so‘ng, olingan natijalar ikkala guruh misolida qiyoslanadi. Chunki bunday taqqoslash o‘tkazilmasa, eksperiment o‘tkazilgan guruhdagi o‘zgarishlarning salmog‘ini qayd etish mushkul bo‘ladi. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi olimlari 2006 yilda mamlakatimizning ayrim xududlarida tanlab olingan guruhlarda o‘ziga xos eksperiment o‘tkazishgan: mahallada “Oila universitetlari” yoki “Ota-onalar universitetlari” tashkil etib, eksperiment oldidan universitet tinglovchilarining qator masalalarda oilaviy ustanovkalarini qayd etganlar, so‘ngra aniq dastur asosida 6 oy mobaynida mashg‘ulotlar, davra suhbatlari, ma’rifiy tadbirlardan so‘ng yana o‘sha so‘rovnoma orqali ular fikrlari o‘rganilib, natijalari monitoring qilinganda, targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligi qayd etilgan. Bu ham o‘ziga xos eksperiment bo‘lib, muayyan maqsad va natijani ko‘zlaydi.

Statistik metodlar. Matematik statistikaning qator usullari empirik izlanishlar davomida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarning qay darajada ilmiy jihatdan asoslanganligini isbotldash maqsadida qo‘llaniladi. Ayniqsa, bir hodisa yoki holatning bioshqa bir holat yoki hodisaning oqibati, sababi ekanligini isbot etish uchun statistik metodlarni qo‘llash barcha tadqiqotlarning talablaridan biridir. Masalan, oila a’zolarining biror qadriyatlarga nisbatan munosabatlarida yaqinlik, o‘xshashlik borligini isbotlash uchun korelyatsion metodlardan foydalaniladi. Masalan, Spirmenning yoki Kendallning korrelyatsiya koeffitsiyentlarini hisoblash usullari bunday sharoitlarda juda qo‘l keladi. Yoki olingan empirik raqamlarning ishonchliligi va matematik jihatdan to‘g‘riligini isbotlash maqsadida tadqiqotchilar Styudentning t – mezonini qo‘llaydilar. Bunday yondashuv olimning mehnati asoslangan, ma’lumotlari ishonchli ekanligini tasdiqlaydi.





  1. Yüklə 42,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin