Oilaning kommunikativ va rekreativ vazifasi
3-savolga yozma javobim.
Oilaning kommunikativ funktsiyasi
Oilaning kommunikativ funktsiyasi oila a’zolarning o’zaro muloqot va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, “ustanovka”lar, hissiy madaniyat, odamning ahloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi –oiladagi o’zaro, ichki muloqot xarakteri, xonadondagi yoshi kattalarning o’zaro munosabatlarida psixologik “ustanovka”larni namoyon qilishlari oiladagi ahloqiy-psixologik iqlimga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Insoniyat taraqqiyotining xozirgi bosqichida fan-texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlarning kundalik hayotining urbanizatsiyalashuvining (radio, televidinie, video, kompyutr va boshqalar). Ortib borish, oilalarining tobora nuklerlashib borayotganligi bilan oilaning kommunikativ funktsiyasining ahamiyati, oila a’zolarining bir-birlari bilan “odamlarcha” suhbatlashib olishining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu urinda o’zbek oilasining o’ziga xos xususiyati: ko’p avlodlilik, ko’p farzandlilik kabilar bunday oilalar a’zolari o’rtasida o’zaro muloqotni to’laroq amalga oshishiga asos bo’ladi, ularning o’zaro muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o’ynaydi. Biroq so’nggi yillarda ba’zi oilalarda ota-onalar va bolalar o’rtasida muloqotning kamligi, bir-biriga e’tiborining pasayishi, oila a’zolari o’rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa, qishloq oilalarida), xolatlari xam mavjud. Xatto oiladagi o’zaro munosabatlarining yomonlashuvi natijasida oila a’zolarni ayrimlarida stress(asabiy taranglik),suitsid (o’z joniga qasd qilish) kabi noxush xolatlarning kelib chiqishi xam kuzatilmoqda. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun, eng avvalo, oila a’zolari o’rtasida oshkora, yaqin o’zaro tushunarli, ishonchli muloqotning amalga oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, lozim bulsa bu borada yoshlarga tegishli bilimlarni berish aholi uchun psixologik maslahatxonalar faoliyatini yo’lga qo’yish, treninglar tashkil etish, “Ishonch telefonlari”, “Qalb markazlari” kabilarni tashkil etib, ular faoliyatini takomillashtirish lozim.
Dostları ilə paylaş: |