Vatanimizda, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo’yildi



Yüklə 56,96 Kb.
səhifə3/6
tarix28.04.2023
ölçüsü56,96 Kb.
#104299
1   2   3   4   5   6
DI Shaxzoda Kurs ishi

I Bob. Dastur haqida
Fuqarolik holati hujjatlari — qonunda belgilangan davlat organlarida qayd etilishi zarur boʻlgan huquqiy dalolatnomalar; ular inson hayotidagi asosiy voqealar bilan bogʻliq boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi FKning 38moddasiga koʻra, quyidagi Fuqarolik holati hujjatlarih. davlat tomonidan qayd etilishi kerak: tugʻilish; oʻlim; nikoh tuzilganligi; nikoxdan ajralish. Shuningdek, farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, jinsning oʻzgartirilishi kabi fukarolik holatlari yuqoridagi holatlarni belgilovchi hujjatlarga tegishli yozuvlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Fuqarolik holati hujjatlarih.ni shahar va tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) boʻlimi yoki mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari roʻyxatga olib boradi. Fuqarolik holatlarini qayd etish yozuvlarini bekor qilish va qayta tiklash FHDYO idoralari tomonidan sud qarorlariga asosan amalga oshiriladi (yana q. Tugʻilganlik haqida guvohnoma, Nikoh, Nikohni bekor qilish).


    1. FHDYO vazifalari

1 FHDY organlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishdir.

  1. FHDY arxivlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chirma, nusxa va boshqa ma’lumotnomalar berish yo‘li bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatishdir.

  2. FHDY organlari ularga yuklatilgan vazifaga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  3. fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritadi;

  4. fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritadi;

  5. fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini ta’minlaydi;

  6. fuqarolarga (o‘zlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar beradi;

  7. Agentlik, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ish yurituvida mavjud bo‘lgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarining yozma so‘rovnomalariga binoan dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar yoki ulardan ko‘chirmalar va ma’lumotnomalar beradi;

  8. zarur hollarda mudofaa ishlari bo‘limlari, sog‘liqni saqlash organlari, bandlikka ko‘maklashish markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limlari va boshqa vakolatli idoralarning so‘rovlariga asosan yig‘ish, umumlashtirish yoki taqqoslash maqsadlarida dalolatnoma yozuvlaridan alohida ma’lumotlar beradi;

  9. qat’iy hisobda turuvchi gerbli guvohnoma blankalarini hisobga olish, saqlash, sarflashning hisobini yuritadi va bu haqda belgilangan muddatlarda hisobotlar topshiradi;

  10. belgilangan shakllar bo‘yicha statistik hisobotlarni yuritadi;

  11. fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining elektron ma’lumotlar bazasini yuritadi;

  12. murojaatlarni belgilangan muddatlarda va tartibda ko‘rib chiqadi;

  13. oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib boradi.




Yüklə 56,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin