II.Bob. FHDYO uchun ro`yxatga olish dasturini tuzish Ushbu loyiha C# dasturlash tilida yaratilgan. Shu bilan birgalikda MySQL dan ham
foydalanilgan. MySQL ma`lumotlar bazasini yaratish uchun mo`ljallangan dastur.
Bunday loyihalar ko`pligi bilan bilan o’zbek tilidagisi kam hisoblanadi. Biz bu
loyihamiz orqali FHDYO dan ro`yxatdan o`tish dasturini tuzildi.
2.1. FHDYO uchun ro`yxatga olish dasturini tuzishda foydalanilgan dasturiy vositalar Ushbu loyiha ikki shaxsning FHDYO ga hujjat topshirish uchun ma`lumot kiritadi.
Ya’ni FHDYO uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlar onlayn tarzda birin ketin
kiritiladi. Barcha kerakli ma`lumotlar kiritilgandan so’ng jo`natiladi va biroz
vaqtdan so’ng javob keladi.
Bu yerda kiritilgan har bir ma’lumot MySQL ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
FHDYO loyihasini yaratishda foydalanilgan dasturiy vositalar C# dasturlash tili,
MySQL ma’lumotlar bazasi.
2.1.1. C# dasturlash tili 1970 yillar oxirida koʻplab loyihalar S strukturaviy dasturlash tili yordamida qayta ishlash uchun oson boʻlgan eng yuqori hajmga erishgan. Endi bularga yangicha munosabat talab qilina boshlandi va ushbu muammoni hal etish uchun dastur tuzuvchiga katta hajmdagi dasturlar bilan ishlash imkonini beruvchi obʼektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OYD) yaratildi. Hamonki, oʻsha vaqtda S eng ommabop til boʻlishiga qaramasdan OYD ni qoʻllab-quvvatlamadi, uning obʼektga yoʻnaltirilgan (keyinchalik C++ deb atalgan) versiyasini yaratish zarurati tugʻildi. Bu versiya oʻsha Bell Laboratories kompaniyasining xodimi Brian Straustrup tomonidan 1979 yil boshida ishlab chiqilgan. Dastlab yangi til „C sinflar bilan“ degan nom oldi, lekin 1983 yilda C++ deb qayta nomlangan. U oʻzida C tilini toʻla qamrab oladi (yaʼni, C C++ uchun poydevor boʻlib xizmat qiladi) va obʼektga yoʻnaltirilgan dasturlashni qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan yangi imkoniyatlarni namoyon qiladi. Aslida C++ C tilining obʼektga yoʻnaltirilgan versiyasi hisoblanadi, shuning uchun C ni biluvchi dastur tuzuvchi uchun C++ da dasturlashga oʻtishda yangi tilni emas, balki faqatgina OYD ning yangi konsepsiyasini oʻrganish kifoya qiladi. C++ tili uzoq vaqt mobaynida sifatga etibor bermay, faqat miqdor oshirish, hajmni kengaytirish jihatidan rivojlandi va soya ostida qolib ketdi. 1990 yillar boshida u ommaviy ravishda qoʻllanila boshlandi va katta yutuqlarga erishdi, oʻn yillikning oxirida esa dasturiy taʼminotni qayta ishlashda eng keng foydalaniladigan va bugungi kunda ham peshqadamlik qilayotgan tilga aylandi. Shuni anglash muhimki, C++ ni ishlab chiqilishi yangi dasturlash tilini yaratishga intilish hisoblanmaydi, balki faqatgina etarli darajada muvaffaqiyatli tilni takomillashtirayapti va toʻldirayapti. Bunday qarash, hozirda ham kompyuter tillarini rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarida qoʻllanilayapti.