Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

6.1.Kuzatish metodi. 
Kuzatish davomida o’quvchilar geografik borliq, voqea va hodisalarni 
bevosita ko’rishadi va kuzatishadi. O’quvchilarni kuzatish jarayonida
olgan bilimlariga asoslanib o’qituvchi ularni har bir geografik borliq, voqea 
va hodisalarni mohiyatiga tushunishni o’rgatadi. O’quvchilarning kuza-
tishga asoslangan bilimlari puxta va chuqurligi bilan ajralib turadi. 
Kuzatish sinfda, geografiya maydonchasida, o’z shahri yoki qishlog’i 
chekkasida, o’z viloyati vat umani doirasida o’tkazilishi mumkin. 
Geografik kuzatishlar mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 
Astranomik; meteorologik va fenologik. 
6.1.1. Astranomik kuzatishlar. 
Astranomik kuzatishlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
–Quyoshni chiqishi va botishini kuzatish; 
-yulduzlar va sayyoralarni kuzatish; 
-qutub yulduzlarini aniqlash; 
-oy davrlarini aniqlash; 
-iloji bo’lsa observatoriyadagi asboblar bilan tanishish; 
-planetariyga sayohat. 
Quyoshni chiqishi va botishini kuzatish. Quyoshni chiqishi va 
botishini sinfdan tashqarida yani maktab xovlisida kuzatish mumkin. 
Bevosita dars jarayonida quyoshni chiqishi va botishini kuzatib bo’lmaydi. 
Quyoshni chiqishini kuzatish uchun avval kalendardan ertalab Quyoshni 
chiqish vaqtini aniqlash lozim. Iloji boricha Quyoshni chiqishi va botishini 
bahorning oxiri kuzning boshlarida kuzatgan ma’qul. Yozda o’quvchilar 
ta’tilda bo’lganliklari uchun mazkur kuzatishlarni amalga oshirib 
bo’lmaydi. 
Quyoshni kuzatish quyidagi tartibda olib boriladi: 
-o’quvchilar Quyoshning chiqishadan 5-10 minut oldin yig’iladi; 
-Quyoshni chiqishini kuzatishda quyidagilarga ahamiyat beriladi: 
a) Quyoshning ko’rinish vaqti; 
b) Quyoshning to’la ko’rinish vaqti; 
v) Quyoshning ufqdan ko’tarilish vaqti; 
- Quyosh qaysi tabiiy geografik borliqlar orqasidan ko’rinishi 
aniqlanadi (tog’, qir, balandlik, tekislik va x.k.); 
-Quyoshning botishini kuzatish quyidagi tartibda olib boriladi: 


a) Quyosh doirasini Yer yuzasiga tegish vaqti; 
b) Quyosh doirasini yarmini ufq ortiga o’tish vaqti; 
v) Quyoshning to’la ko’rinmay qolgan vaqti; 
g) Quyoshning qaysi geografik borliq orqasiga botganligi aniqlanadi; 
- Quyosh chiqqan tomon sharq, botgan tomon g’arb ekanligi 
o’quvchilarga tushuntiriladi. 
Yulduzlarni va sayyoralarni kuzatish tunda olib borilganligi uchun 
maktab sharoitida keng tarqalmagan. Qutb yulduzini aniqlash ham tunda 
olib boriladi. Yulduzlarni, sayyoralarni va oyning davrlarini kuzatishni 
o’quvchilar mustaqil o’rganishlari mumkin. Buning uchun o’qituvchi dars 
paytida yulduzlar, sayyoralar va oy davrlarini qanday kuzatishni 
o’rganishi lozim, yoki vaqt topib ular bilan birga astranomik kuzatishlar 
olib borib, so’ngra boshqa paytlarda ularga osmon jismlarini kuzatish 
bo’yicha topshiriq berishi mumkin. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin