3.Cavollarda keraksiz so’zlar bo’lmasligi, javobi sezilib turadigan
savollar ham bermasligi lozim. Masalan kuzatuvchi yuqoriga ko’tarilgan
sari ufq chizig’i kengayadimi?
4. Murakkab yoki «Ha», «Yo’q» javobini talab qiladigan savollar
bo’lmasligi lozim. Masalan, Volga daryosi Kasbiyga quyiladimi?
5.Savollar o’quvchini o’ylab ko’rishni, muhokama qilishni talab
etadigan shaklda tuzilishi kerak.
Savollarning murakkabligi sinflarga qarab ortib boradi.
V sinfda beriladigan savollar murakaab javoblarni talab qilmaydi.
Masalan, daryo qaerdan boshlanadi?, Daryo qaerga quyiladi? U qaysi
yo’nalishda oqadi?
VI sinfda o’rganiladigan «Materiklar va Okeanlar tabiiy geografiya-
sida» savollar biroz murakkablashadi. Berilgaan savollar o’quvchilarning
o’ylab ko’rishga va ma’lum bir aqliy faoliyatni amalga oshirishga majbur
etiladi. Masalan, Anxel sharsharasini geografik joylashishini aniqlang.
VII sinfda savollar yanada murakkablashadi, bunda savolga javob
berish uchun o’quvchilar katta aqliy faoliyatni amalga oshirishlari lozim.
Masalan, O’zbekiston tabiiy kartasi qanday proektsiyada tuzilgan?
O’zbekistonda Tyanshan tog’ tizmasining qaysi qisimlari joylashgan?
Yuqori sinflarda o’rganiladigan iqtisodiy va ijtimsoiy geografiya
kurslarida o’quvchilarga keng va to’liq javobni talab qiladigan savollar
beriladi. Masalan, jaxon davlatlari qanday guruhlarga bo’linadi?, Yoqilg’i-
energetika sanoati O’zbekistonni qaysi iqtisodiy rayonlarida yaxshi
rivojlangan?
Geografiya ta’limida suxbat metodi ko’p hollarda karta va ko’rgazmali
qurollar bilan ishlash metodlari bilan birga qo’llaniladi. Ayrim xollarda
suxbat metodi xikoya va tushuntirish elementlarini ham o’z ichiga oladi.
Shunday qilib suxbat metodi geografiya ta’limida asosiy metod sifatida
ham, yoki qo’shimcha usul sifatida ham qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: