5.2. Xikoya metodi. Xikoya metodi deb geografik borliq, voqea va xodisalarni jonli
tasvirlashga aytiladi. Bunda o’qituvchining jonli so’zi muhim o’rin tutadi.
Xikoya metodi bilan o’quvchi geografik voqea va xodisalarni, borliqni
o’quvchilar ongida jonli tasvirlarni shakllantirishda, o’quvchilarni
geografik kashfiyotlar bilan, o’ziga xos landshaftlar bilan, turli xil
davlatlardagi axolining hayoti va faoliyati bilan tanishtirishda
foydalaniladi.
Xikoya metodi quyidagi talablarga javob berishi zarur:
-xikoya qilinishi lozim bo’lgan geografik borliq, voqea va xodisalar
oldindan tanlab olinishi lozim;
-xikoya o’quvchilar ongida o’rganilayotgan geografik borliq, voqea va
xodisalar haqida aniq tasavvur xosil qilishi lozim;
- xikoya ishonchli bo’lishi lozim, asosiy ma’lumotlar ikkinchi darajali
ma’lumotlardan ajralib turishi zarur;
- xikoya davomida turli xil ko’rgazmali qurollardan foydalanish kerak;
- quyi sinflarda ko’proq o’qituvchi o’zi ko’rgan geografik voqea va
xodisalar xaqida xikoya qilib berishi kerak;
- hikoya xayot bilan bog’langan bo’lishi, oson tushuniladigan va
qiziqarli bo’lishi kerak;
-xikoya geografiya fanining eng so’ngi yutuqlaridan foydalangan
holda bayon qilinishi lozim;
- xikoya g’oyaviy siyosiy jixatdan to’g’ri yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Unda kundalik matbuotda e’lon qilingan ma’lumotlardan foydalanmoq
zarur.
Xikoyaning samaradorligi ko’p xollarda o’quv materialini tanlashga,
dalillar va umumlashmalarni to’g’ri nisbatiga bog’liq.
Xikoya davomida o’qituvchi turli xil ma’lumotlarni bayon qilish
davomida asosiy va eng muxim narsalarni, ya’niy geografik tushun-
chalarni shakillantirishni esdan chiqarmasligi kerak. Beriladigan ma’lu-
motlar qancha ko’p va qiziqarli bo’lmasin agar ular bir tizimga solinmagan
bo’lsa, ular orasidagi aloqalar va bog’liqliklar ochilmasa va tegishli
xulosalar qilinmasa xikoya ko’zda tutilgan samarani bermaydi. Dalillar,
xulosa va umumlashmalarni mustahkamlashi va aniqlashtirish va
o’quvchilarni o’zlashtirishini osonlashtirishi lozim.
O’quvchilar ongida geografik voqea va xodisalar haqida ongli tasav-
vur xosil qilish uchun o’qituvchi xikoya davomida ekskursiya va
sayohatlar davrida olgan shaxsiy ma’lumotlaridan ham foydalanishi
mumkin.
Hikoya yaxshi chiqishi va samarali bo’lishi uchun bayon davomida
karta, gerbariy, maket, diagramma va boshqa materiallardan foydalanish
zarur. Ko’rgazmali qurollar o’qituvchi hikoya yordamida shakillantiri-
ladigan tasavvurlarni to’ldiradi va aniqlashtiradi. Hikoya davomida
geografik borliq, voqea va hodisalar tasvirlangan rasmlardan ham
foydalaniladi.
Xikoya metodi alohida mamlakatlar va o’lkalar geografiyasini
o’rganishda katta foyda beradi.
Xikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalaniladi. Xikoya
qo’shimcha bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo’lishi mumkin. Ba’zida
xikoya dars jarayonida mustaqil o’rin ham egallashi mumkin, uning turli
bosqichlarida tushintirish metodini qo’llash mumkin. Ayrim hollarda
o’qituvchi qisqa xikoyadan tushuntirishga o’tishi mumkin. Masalan, zil-
zila jarayonini xikoya qilib keyin uni sababini tushuntiradi. V-VII sinfarda
mavzular ko’proq tasviriy tarzda xikoya qilib beriladi. Masalan yirik shar-
sharalardan Niagara va Viktoriya Kongo xavzasidagi nam ekvatorial
o’rmonlarni yoki baland tog’ o’lkasi tabiat manzarasini tasvirlab berish
mumkin. Hikoya VI-VII sinflarda geografik borliq va xodisalarni
tasvirlash,tushuntirish, sharxlash ilmiy dalillar bilan qo’shib olib boriladi,
V-VI sinflarda 3-10 minut, VI-VII sinflarda 10-15 minut, VIII-IX sinflarda
15-20 minut bo’lishi lozim.