Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Kommunikativ - suhbat
texnologiyasi ham geografiya ta’limida u 
yoki bu darajada ilgaritdan foydalanib kelinadi. Bunda o’qituvchidan 
o’quv jarayonida ijodiy yondashish, suhbat texnologiyasi usullaridan 
foydalana bilish, suhbat uchun savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, 
o’quvchilar yoki talabalar o’rtasida munozaralarni tashkil qila bilish talab 
qilinadi. Geografiya predmetlarini deyarli barchasini o’rganishda ushbu 
usuldan foydalanish mumkin. Masalan, «Orol dengizini qutqarib qolish 
mumkinmi», «Qozog’iston past tog’lari o’rnida Himolay tog’lari bo’lsa, 
O’rta Osiyo iqlimi qanday bo’ladi?», «Qanday tuproqlar hosildor va nima 
uchun», ‚SHimoliy Atlantika‛ iliq oqimi bo’lmasa Yevropa iqlimi qanday 
bo’ladi va hokazolar.
Bundan tashqari reyting, jamoa, rivojlantiruvchi, shaxsga yo’nalti-
rilgan, mualliflik, didaktik maqsadlarni yiriklashtirish, mantiqiy tayanch 
konspektlar va boshqa texnologiyalar mavjud.
Ta’lim texnologiyalarining ko’p qismi geografiya ta’limida ilgaritdan 
o’qitish metodikasi sifatida qo’llanib kelingan. Metodika bilan texnologiya 
bir-biriga juda yaqin, bir-birini to’ldiradi. Masalan, jahon siyosiy kartasini 


ma’ruza usulida o’rganish texnologiyasi, Quyosh tizimi mavzusini 
tushuntirish usulida o’rgatish texnologiyasi va hokazolar.
Demak, geografiya fani yangi ta’lim texnologiyalarini qo’llash uchun 
juda katta imkoniyatlarga ega, ammo mazkur texnologiyalarni qo’llash 
bo’yicha ilmiy-metodik ishlar boshqa fanlarga qaraganda sust olib 
borilmoqda. 
 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Yangi pedagogik texnologiyalarni vujudga kelish sabablarini tushuntirib 
bering. 
2. Yangi pedagogika texnologiya deganda nimani tushunasiz? 
3.Dastlab yangi pedagogik texnologiyalar qaysi davlatda va kimlar tomonidan 
ishlab chiqildi? 
4. Rossiyada yangi pedagogik texnologiyalar qachondan boshlab tarqala 
boshladi? 
5.O’zbekistonda yangi pedagogik texnologiyalar qachondan boshlab qo’llanila 
boshladi va bu sohada kimlar katta ishlarni amalga oshirishdi? 
6. Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash va ishlab 
chiqish bo’yicha kimlar ish olib borishgan? 
7. Hozirgi payda geografiyada yangi pedagogik texnologiyalarni qaysi turlari 
keng qo’llanilmoqda. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin