Tabiatdan va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari
hozirgi davrda barcha fanlar oldida turgan umum insoniy muammo bo’lib
hisoblanadi. Tabiatdan noto’g’ri foydalanish oqibatida katta maydonlarda
tuproqlar sho’rlanib ketgan, shamol va suv erroziyasi oqibatida tuproqni
sifati pasayib ketgan, yaylovlardan intensiv foydalanishi oqibatida ularni
maxsuldorligi kamayib ketgan, o’simlik resurslaridan noto’g’ri foydalanish
oqibatida o’rmonlar maydoni qisqarib ketgan, ovchilikni rivojlanishi bilan
insoniyat tarixida ko’p hayvonlar butunlay qirilib ketgan yoki butunlay
yo’qolish arafasida.
SHu munosabat bilan tabiatni va tabiiy resurslarni muxofaza qilish
maqsadida butun jahonda qo’riqxonalar, milliy bog’lar, biosfera qo’riqxo-
nalari, buyurtmaxonalar tashkil qilingan. Jahon va alohida davlatlar qizil
kitoblari nashr qilingan va qilinmoqda.
Hozirgi paytda inson tomonidan buzilgan tabiat komplekslarini
tiklash bo’yicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Sanoat ishlab
chiqarishi natijasida hosil bo’lgan texnogen landshaftlar bog’larga,
o’rmonlarga, ekinzorlarga va dam olish maskanlariga aylantirilmoqda.
Geografiya ta’limining asosiy vazifalaridan biri muammoli dars
texnologiyalarini ishlab chiqish jarayonida yuqoridagi muammolardan
keng foydalanish va ularni o’quvchilar ongiga chuqurroq singdirishdan
iborat.
Muammoli ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda O’zbekiston va
O’rta Osiyodagi muammolardan foydalanilsa katta samara beradi.
Masalan, Orol muammosi, Sibir daryolarini O’rta Osiyoga burish
muammosi, qishloq xo’jaligini keng rivojlanishi va tuproqlarni sho’rlanishi
muammosi va x.k.
Dostları ilə paylaş: