7.Repraduktiv metodni qo’llashning asosiy vazifalarini so’zlab bering.
8.Qisman izlanuvchan metodni qo’llaganda o’quvchilar
faoliyati nimalardan
iborat bo’ladi?
9.Izlanuvchan metod deb nimaga aytiladi?
10.Izlanuvchan metodni qisman izlanuvchan metoddan farqi nimada?
11.Izlanuvchan metodni qo’llaganda o’qituvchini faoliyati nimalardan iborat
bo’ladi?
12.Bilimlarni o’zlashtirish qanday darajaga bo’linadi?
13.O’quvchi tayyor ma’lumotni o’zlashtirib va aytib
berishi qaysi darajaga
kiradi?
14.Muammoli o’qitish deb nimaga aytiladi?
15.Muammoli o’qitishning asosiy sharoiti bo’lib nima hisoblanadi?
16.Qanday xollarda muammoli vaziyat muammoga aylanadi va uni
o’quvchilar mustaqil ravishda hal qilishadi?
17.Qanday hollarda muammoli vaziyat
muammoga aylanmaydi va uni
o’qituvchi muammoli bayon tarzida hikoya qilib beradi?.
9-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA MATEMATIK VA STATISTIK
METODLARDAN FOYDALANISH
Geografiya ta’limida matematik va statistik metodlardan foydalanish
o’quvchilarda mavjud qonuniyatlarni to’laroq
tushuntirishga, geografik
voqea va xodisalar orasidagi o’zaro bog’liqliklarni aniqlash ko’nikmalarini
shakillantirishga imkon beradi.
9.1.Geografiya ta’limida matematik metodlardan foydalanish
texnologiyasi.
Geografiya darslarini deyarli barchasida matematik metodlardan
foydalanishga to’g’ri keladi, ammo mazkur
metodga shu paytgacha
kamroq e’tibor berilgan.
Geografiya fanining ikkita katta tarmog’ining barcha qismlari bo’yicha
bilimlar berishda va tegishli ko’nikmalarni shakllantirishda matematik
metodlardan unumli foydalanish katta samara beradi.
Shu munosabat
bilan matematik metodlardan foydalanish texnologiyasini tabiiy va
iqtisodiy geografiya kurslari uchun alohida-alohida ko’rib chiqamiz.
Chunki geografiya fanining ushbu ikki tarmog’i bir birini to’ldirishi bilan
birga o’ziga xos xususiyatlarga ham ega.