g) grafik, diagramma va jadvallardagi statistik ma’lumotlarni
tax-lil
qilish;
d) grafik, diagramma va jadvallar tuzish.
Kerakli statistik ma’lumotlarni yig’ish 5-sinfdan boshlanadi. Mazkur
ma’lumotlarni o’quvchilar ob-havo kalendari bilan ishlaganda yig’ishadi.
Bunda o’qituvchi ma’lum bir oyni tanlab olib ob-havoni kuzatishni tashkil
qiladi. Bundan tashqari 5-sinfda gidrosfera,
litosfera va biosfera
mavzularini o’rganish davomida statistik ma’lumotlarni yig’ib tegishli
qonuniyatlarni aniqlash mumkin.
Umumlashgan ko’rsatkichlarni geografik moxiyatini o’quvchilar
chuqur anglashlari lozim ular asosida o’quvchilar to’g’ri va aniq geografik
xulosalar qilishlari zarur.
Masalan, o’quvchilar «iqlim» mavzusini darslik asosida o’rgani-
shayotganda umumlashgan statistik ko’rsatgichlar, iqlimni okean,
dengizlarga yaqinligiga bog’liq ekanligini aniqlashga imkon beradi.
Turli xil chizma va diagrammalarni tahlil qilish uchun o’quvchilarda
tafakkur yuqori darajada rivojlangan bo’lmog’i lozim.
Matematika, tarix,
chizmachilik, geografiya fanlarini o’rganayotganda o’quvchilar ongida ikki
turdagi aloqalar shakllanadi:
-vaqt va miqdoriy tasavvurlar orasidagi bog’liqlik;
-fazoviy va miqdoriy tasavvurlar orasidagi bog’liqlik.
Chizma va diagrammalar bilan ishlash jarayonida mazkur ikki tur
aloqalar bir-biri bilan bog’lanadi, ya’ni bitta tizimni hosil qiladi chizma va
diagrammalar bilan ishlaganda o’qituvchi predmetlararo aloqalarga
ko’proq e’tibor bermog’i lozim. Avval chizmada minus (manfiy) va musbat
qiymatlar koordinata o’qini qaysi tomonida
joylashishi haqida tushun-
chalar beriladi.
SHundan so’ng birin-ketin iqlimni tahlil qilishga o’quvchilarni
undaydi:
-koordinata o’qlari belgisini aniqlash;
-koordinata o’qlarida mashstabni aniqlash;
-chizma yoki diagrammani miqdoriy tahlil qilish;
-chizma yoki diagrammani sifat jixatdan tahlil qilish.
Yuqorida ko’rsatilgan faoliyatlarning eng murakkabi iqlimiy chizma
yoki diagrammalarni miqdoriy va sifatiy tahlil qilishdir. Chizma yoki
diagrammani miqdoriy tahlil ida miqdoriy ko’rsatkichlar va bog’liqliklar
o’rganiladi. Bunday tahlil o’quvchilarni matematik bilimlariga asoslanadi.
Sifat jixatdan baholashni metodik yo’llaridan biri
Dostları ilə paylaş: