o’tkaziladigan testlar oraliq yoki chegaraviy nazoratni tashkil qiladi.
Yakuniy test butun kurs o’tib bo’lingandan keyin sinov yoki imtihon
tarzida o’tkaziladigan va o’quvchilar hamda talabalar egallagan bilim,
malakalar ball bilan aniqlanadi. Oliy o’quv yurtlariga qabul qilishda
ishlatiladigan testlar tegishli soxalar bo’yicha mutaxasislar tomonidan
tuziladi.
Testlarning maqsadi o’quvchilar va talabalarning olgan bilim va
malakalarini, fikrlash qobiliyatini, qaysi fanga
yoki soxaga moyilligini
aniqlashdan iboratdir. Har bir sinfda, har bir kursda turli xil murak-
kablikdagi bilim va malakalar tekshiriladi. Boshlang’ich tabiiy geografiya
kursida test savollari va javoblari asosan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha
o’quvchilar bilim va malakalarini tekshirishga mo’ljallanadi: topografik va
kartografik bilim va malakalar, tasavvurlar (Erning qobiqlari, tuzilishi,
o’lchamlari, tabiat uyg’unliklari va h.k.); o’z
yashash joyining geografik
xususiyatlari haqida bilimlar va dunyo aholisi haqidagi bilimlar.
Materiklar va okeanlar geografiyasi kursi bo’yicha test savollari va
javoblari ikki yo’nalishda tuzilishi mumkin:
- umumiy tushunchalar bo’yicha testlar quyidagi bilimlarni tekshirish
uchun tuzilishi kerak: tabiat tarkiblari haqida umumiy tushunchalar tizimi
bo’yicha bilimlar; umumiy geografik qonunlar haqidagi bilimlar;
- yakka tushunchalar bo’yicha testlar har bir materik va okeanlar
haqida quyidagi bilimlarni tekshirish uchun tuziladi; materik va okean-
larning geografik joylashishi; tabiat tarkibining asosiy xususiyatlari,yirik
geografik borliqlar (ob’ektlar)
ning joylashishi; tabiat uyg’unliklari
(birliklari) ning joylashishi: har bir materikning aholisi va yirik davlatlari.
Iqtisodiy geografiya kursi bo’yicha test savollari quyidagi bilim va
malakalarni tekshirish uchun tuzilishi kerak:
-umumiy iqtisodiy geografik tushunchalar haqida bilimlar;
-tarmoqlar geografiyasi haqida bilimlar;
-alohida davlatlar, iqtisodiy zonalar, hududlar, viloyatlar iqtisodiy
geografiyasi haqida bilmlar;
Test savollari va javoblarini qanday ma’lumotlar vositasida tuzish
kerak, bu ham eng muhim masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Test
tuzayotganda doimo bitta qoidani esdan chiqarmaslik kerak, u ham bo’lsa
test savollari va javoblarini dastur doirasida bo’lishi qoidasidir.
Agar test
savollari va javoblari dastur doirasiga kirmasa, o’quvchilar yoki talabalar
savollarga noto’g’ri javob berishi mumkin. Har bir kurs va uning qoidalari
bo’yicha tuzilgan testlar xam shu kurs yoki qism doirasidagi bilimlar
asosida tuzilishi kerak. Test savollari va javoblari quyidagi ma’lumotlar
asosida tuziladi:
- tegishli darslik matni asosida;
-darslikdagi kartalar, rasmlar, chizmalar va jadvallar vositasida;
-tegishli sinflar va kurslar uchun chiqarilgan atlaslar va kartalar
asosida;
-tegishli kurslar uchun chiqarilgan metodik qo’llanma, ko’rsatma va
yo’riqnomalar asosida;
-fakultativ mashg’ulotlar bo’yicha darslik va qo’llanmalar asosida
Geografik ma’lumotlar test savollari va javoblari tuzish darajasiga qarab
quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-test savollari va javoblari oson tuziladigan ma’lumotlar ;
-test savollari va javoblari qiyin tuziladigan ma’lumotlar;
-test savollari va javoblari tuzib bo’lmaydigan
yoki juda qiyin
tuziladigan ma’lumotlar. Masalan, ayrim tushuncha va ta’riflar, jarayon-
ning tavsifi kabi masalalar.
Testlar qamroviga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Kursning ayrim
mavzulariga, bo’limlariga tuzilgan testlar masalaning mohiyatini chuqur
ochib beradi, mavzular juda chuqur va aniq yoritiladi. Yakuniy testlar esa
asosan umumiy qonuniyatlar va xususiyatlarni ochib berishga yo’nal-
tirilgan bo’lishi kerak. Testlar o’quvchilar bilmini tekshirishda va baho-
lashda har qanday sub’ektiv shart – sharoitlarga qaramasdan bahoning
ob’ektiv bo’lishini ta’minlaydi.
Ko’p javobli testlar tuzilayotganda quyidagi qoidalarga amal qilish
lozim:
-javoblar eng kamida 3 ta bo’lishi kerak, javoblar qancha ko’p bo’lsa,
tasodifiy baholar soni shuncha kam bo’ladi, odatda hozirgi paytda beshta
javobli testlar keng tarqalgan;
-noto’g’ri javoblar ham haqiqatga yaqinroq bo’lishi kerak;
Testdagi har bir savol va unga berilgan javoblar o’quvchi va talabarni
chuqur o’ylashga, tafakkur qilishga majbur qilish kerak. Talabalar bilimini
va malakasini tekshirishda test usulini qo’llashni quyidagi afzalliklari bor:
-test usulida o’tkazilgan imtihonda o’rganilgan
hamma masalalarni
talabalar qanday o’zlashtirganligini bira to’la aniqlash mumkin. Oddiy
imtixonda buni iloji yo’q.
-talabalar yoki ko’pchilik talabalar qaysi mavzularni to’liq o’zlash-
tirgan, qaysilarini kam o’zlashtirgan, qaysi masalalarni qisman o’zlash-
tirgan, qaysilarini kam o’zlashtirgan yoki butunlay bilib olmaganligini
aniqlash mumkin:
-barcha talabalar bilimini qisqa vaqt ichida tekshirib olish mumkin;
-talabalar bilimini ob’ektiv baholash mumkin.
Test usulini qo’llashning qiyinchiliklari va noqulayliklari quyidagilar-
dan iborat:
-test savollari va javoblarini tuzish juda qiyin va katta ma’suliyatni
talab qiladi;
- talabalar bilan bevosita muloqotda bo’linmaydi;
-talabaning ilmiy va og’zaki nutqini o’stirishga yordam bermaydi;
-an’anaviy imtixon va sinovlarda talabalar bilmagan narsalarni bilib
olishadi, ya’ni imtixon va sinov bilim berish usullaridan biri ekanligi test
usulida bo’lmaydi;
-talabalar 40-50 ta savolning qaysi biriga to’g’ri va qaysi biriga
noto’g’ri javob berganliklarini ham bilmaydilar.
SHuning uchun testga talabalar bilmini tekshirish usullaridan biri
sifatida qarash lozim. Lekin oliy o’quv yurtlariga
qabul imtixonini test
usulida o’tkazish eng maqul usul. Chunki bunda sub’ektivlikka o’rin
qolmaydi. Test usuli EXM yordamida amalga oshirilishi kerak. Javoblarga
qo’yiladagan ballarni ham mashina hisoblashi kerak.
Endi test savollari va unga kalit tayyorlash haqida. Joriy testda
muayyan mazmuni o’quvchilar yoki talabalar qanday o’zlashtirganini
nazorat qilinadi, shuning uchun savollar maydaroq va chuqurroq bo’ladi.
Oraliq testda savollar kengroq bo’ladi. Yakuniy testlar butun o’quv kursi
materialini o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: