Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha individual va guruhli
didaktik o’yinlarni ishlab chiqish mumkin.
1.Afrika materigi siyosiy kartasidagi davlatlarni chegarasi bo’yicha
qirqib olib, ularni joylashtirish bo’yicha o’yin tashkil qilinadi. Bunda 2-3 ta
o’quvchi navbat bilan davlatlarni joy-joyiga to’g’ri qo’yib chiqadi. Kim
qisqa vaqtda mazkur ishni bajarsa o’sha g’olib hisoblanadi. Bunda
o’quvchilarni siyosiy karta va davlatlarni geografik joylanishi xaqidagi
bilimlari tekshiriladi.
2.Maydoni 1 mln. km
2
ortiq bo’lgan davlatlar soni qaysi materikda
ko’p ekanligini aniqlang.
3.SHarqdan-g’arbga, shimoldan-janubga geografik o’yini. O’qituvchi
yoki o’yin boshqaruvchisi sinf o’quvchilariga besh va undan ortiq davlat
nomi yozilgan kartochkalar tarqatadi. O’yin ishtirokchilariga kartochkada
yozilgan davlatlarni ma’lum tartibda ya’ni sharqdan g’arbga yoki
shimoldan janubga tomon tartib bilan, ma’lum ajratilgan vaqt ichida yozib
chiqishlari topshiriladi. Masalan, kartochkada quyidagi davlatlar yozilgan
deylik: Jazoir, Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Liviya, Misr, Saudiya
Arabistoni, Marokash, Kongo, Tunis, Efiopiya. Agar sharqdan g’arbga
ma’lum tartibda davlatlarning nomini yozish talab etilsa – Saudiya
Arabistoni, Misr, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash tartibida yoziladi. Agar
shimoldan janubga tomon yozish talab etilsa quyidagi tartibda Latviya,
Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo.
SHunga o’xshash geografik o’yinlarni har bir davlat iqtisodiy va
ijtimoiy geografiyasi bo’yicha ham ishlab chiqish mumkin.
O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi va uning tarmoqlari
bo’yicha qator didaktik o’yinlar ishlab chiqib, o’quvchilarni bilish
faoliyatini jadallashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: