tabiiy goeografiya (V cinf) kursi bo’yicha o’quv sayohatiga chiqqanda
quyidagi topshiriqlarni ifodalash mumkin:
-geologik ochilmalarni tozalash va uni diqqat bilan ko’zdan kechirish;
-ochilmadagi qatlamlar sonini aniqlash.
Qatlamlarni qalinligini
o’lchash;
-qatlamlarni yotish holatini o’rganish va ularni sabablarini aniqlash;
-yotqiziqlar hosil bo’lishi qanday sharoitda sodir bo’lgan;
-relefni o’zgarishiga qanday tashqi kuchlar ta’sir etadi;
-tashqi kuchlarni relefga ta’siri nimalarda ifodalangan.
Mazkur topshiriqni bajarish o’quvchilardan o’ta kuzatuvchanlikni
talab qiladi.
Ular qatlamlarni chegaralarini, qatlamlarni joylanishidagi
o’ziga xos xususiyatlarni, qatlamlar tarkibidagi tog’ jinslarini o’lchamlarini
aniqlashlari lozim. Olib borilgan kuzatishlar natijasida o’quvchilarni tog’
jinslarini hosil bo’lishi, ularni to’planishi va
yotishi haqida bilimlarni
yaxshi o’zlashtirishlariga imkon beradi.
O’quvchilarni natural ob’ektlarni kuzatishi o’qituvchilarning bevosita
rahbarligida olib boriladi, ayrim hollarda kuzatish ishlarida o’qituvchilarni
o’zi ham qatnashadi.
Sinf sharoitida quyidagi natural ob’ektlarni kuzatish mumkin:
a) tog’ jinslari namunalari;
b) tuproq namunalari;
v) gerbariylar;
g) hayvonlarning qotirilgan tanalari;
d) sanoat va qishloq xo’jaligi maxsulotlari namunalari.
Dostları ilə paylaş: