III-QISM
11-BOB. O’QITISH VOSITALARI
11.1. O’qitish vositalari turlari.
O’qitish vositalari- bu bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish
maqsadida o’quv jarayonini tarkibiga kiritilgan turli xil bilim manbalaridir.
O’quv dasturi bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv
materiali turli manbalardan olinadi. Ushbu bilimlar o’quvchilar tomonidan
qabul qilinishi va o’zlashtirishi uchun aniq bir pedagogik va metodik
sharoitlar bo’lmog’i lozim. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun
o’qituvchi o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilmog’i lozim. O’quv-
chilar bilish faoliyatini tashkil qilishga quyidagilar kiradi:
-eshitish;
-eshitgan geografik ma’lumotlarni belgilash;
-eshitgan geografik ma’lumotlarni eslab qolish;
-nashriy manbalardan ma’lumotlarni qabul qilish;
-kuzatish va h.k.
Umumta’lim maktablarida ta’limiy va tarbiyaviy
vazifalarni yechish
maqsadida, o’quv jarayoni tarkibiga kiritilgan bilim manbalari o’qitish yoki
o’quv vositalariga aylanadi. Masalan, tog’ jinslari ochilmasi o’quvchilar
tomonidan o’rganilgan taqdirdagina o’qitish vositalariga aylanadi.
O’qitish vositalari tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlarni
shakillantirishda katta axamiyatga ega. O’qitish vositalarining asosiy
vazifasi bilim olish jarayonida ko’rgazmalilikni ta’minlashdir.
Geografik voqea va hodisalarni tasvirlash usuliga ko’ra o’qitish
vositalari to’rt turga bo’linadi (I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova):
a) natural ob’ektlar; b) geografik borliq, voqea va hodisalarni
tasvirlash; v) predmet va hodisalarni
belgilar bilan tasvirlash; g) tabiat
xodisalarini hosil bo’lishini ko’rsatish va tahlil qilish uchun priborlar.
Natural, ya’ni tabiiy ob’ektlarga quyidagilar kiradi:
-sinf sharoitida o’rganiladigan tabiat ob’ektlari va inson xo’jalik
faoliyati predmetlari (namunalar, gerbariylar, sanoat va qishloq xo’jaligi
maxsulotlari namunalari);
-bevosita o’quv sayohati jarayonida o’rganiladigan tabiiy ob’ektlar va
xo’jalik faoliyati maxsulotlari: bevosita tabiiy sharoitda o’rganiladigan
ob’ektlarga geografik ochilmalar, daryolar, soylar, ko’llar,
tuproqlar,
o’simliklar va xayvonot dunyosi kiradi. Xo’jalik faoliyati maxsulotlariga
ekinzorlar, polizlar, bog’lar, uzumzorlar va boshqalar kiradi;
Natural o’quv vositalari yordamida o’rganilayotgan predmet va
hodisalar xaqida bevosita tasavvurlar hosil qilinadi.
Geografik voqea va hodisalarning tasviri quyidagi guruhlarga
bo’linadi:
-tabiiy va xo’jalik ob’ektlarining modellari. Ularga relef shakillari,
daryo vodiylari, botiqlar,
tekisliklar, muzliklar, g’orlar, suv omborlari va
boshqa xo’jalik ob’ektlarining modellari kiradi;
-yassi ko’rgazmali qo’llanmalar. Mazkur vositalarga qo’yidagilar
kiradi: devoriy rasmlar, portretlar,
diapozitivlar, diafilmlar, kinofilmlar,
kinolavhalar, vidiotasmalar va h.k.
SHartli belgilar yordamida geografik predmet va hodisalarni bayoni
va tasviri (so’zli, belgili, sonli). Mazkur vositalar quyidagi guruhlarga
bo’linadi:
- verbal vositalar. Darsliklar, ma’lumotnomalar, matndagi jadvallar;
- kartografik vositalar:
kartalar, atamalar, karta-sxemalar, chiziqli
kartalar, devoriy kartalar;
- chizmali sxematik qo’llanmalar. Ularga quyidagilar kiradi: tarkibiy
sxemalar, masalan
gidrosferaning tuzilishi, xalq xo’jaligini tuzilishi;
sinflashtirish sxemalari (tog’ jinslari, landshaftlar va h.k); tabiiy va
iqtisodiy voqea va hodisalarning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’siri;
-chizmali statistik qo’llanmalar, chizmalar, diagrammalar, jadvallar.
Mazkur o’quv vositalari geografik voqea va hodisalarni fozoviy
joylashishini va ularning tuzilishi va mohiyati
haqida tasavvurlarni
shakllantiradi.
Tabiiy hodisalarni sodir bo’lish jarayonini ko’rsatish va tahlil qilish
uchun zarur bo’lgan vositalarga quyidagilar kiradi:
-joyda o’lchash ishlari olib borish uchun zarur bo’lgan priborlar
(ruletka, kompas, nivelir, teodolit);
-tabiiy hodisalarni miqdoriy va sifat ko’rsatgichlarini aniqlaydigan
priborlar (termometr, barometr);
-kartometrik ishlarni olib borish uchun ishlatiladigan priborlar
(kurvimetr, lineyka, transportir va h.k.);
-erni sutkalik va yillik harakatini ko’rsatadigan priborlar.
Dostları ilə paylaş: