Mazkur topshiriqlar (modullar)bajarilgandan so’ng guruh talabalari
tomonidan Afrika iqlimi haqida ma’ruza tayyorlanadi va sinf o’quvchilari
oldida ximoya qilinadi.
Xamkorlikda o’qitishni aralash usuli 1978 yilda E.Aronson tomonidan
ishlab chiqilgan. Mazkur metod bilan dars o’tish texnologiyasi quyidagi
qismlardan iborat:
- 6-8 ta o’quvchidan iborat kichik guruh tashkil qilinadi;
- bunda ham darsda o’rganiladigan mavzu ma’lum bir mantiqiy
modullarga bo’linadi;
- har bir modul bo’yicha o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan
topshiriqlar tizimi tuziladi;
- ma’lum bir o’quvchilar guruhi bitta topshiriqni
bajaradi va mazkur
topshiriq bo’yicha mutaxasisga aylanadi;
- guruhlar qayta tashkil etiladi va har bir guruhda ma’lum bir
topshiriq bo’yicha mutaxassis albatta qatnashishi zarur;
- har bir topshiriq bo’yicha shakllangan ‚mutaxassis‛ o’zi egallagan
bilimlarini sinfdoshlariga gapirib beradi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish usuli 1986 yil R.Slavin
tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur metod bilan o’qitish texnologiyasi
quyidagi qismlardan iborat; a)o’qituvchi 4 ta o’quvchidan
iborat kichik
guruhlar tuzadi; b)o’qituvchi ma’lum mavzu bo’yicha o’quvchilarni
mustaqil ishlarini tashkil etadi; v) topshiriq 4 qismga bo’linib, har bir
topshiriqni bittadan o’quvchi bajaradi; g) har bir o’quvchi
bajargan
topshirig’ini guruhdoshiga tushuntiradi; d) har bir guruh topshiriq
yuzasidan xulosa tayyorlaydi; ye) o’qituvchi
xar bir guruh xulosasini
tinglaydi va ular bilimini baholaydi.
Masalan, O’zbekistonni ma’lum bir tabiiy geografik o’lkasini tabiatini
o’rganishda, sinf o’quvchilarini 4 kishidan iborat kichik-kichik guruhlarga
bo’lib quyidagi topshiriqni berish mumkin (Farg’ona vodiysi misolida):
1-guruh. Farg’ona vodiysining geografik joylashishi va chegaralari
hamda tekshirish tarixi.
2-guruh. Farg’ona vodiysining geologik tuzilishi, relefi va foydali
qazilmalari;
3-guruh. Farg’ona vodiysining iqlimi;
4-guruh. Farg’ona vodiysining ichki suvlari;
5-guruh. Farg’ona
vodiysining tuproqlari, o’simligi va hayvonot
dunyosi.
Guruhli usulda o’qitish texnologiyasida sinf ikkita guruhga bo’linadi
va ikkala guruhga bir xil topshiriq beriladi. Masalan, yog’inlar va ularning
turlari.
Dostları ilə paylaş: