quyidagi predmetlar uchun ishlab chiqish mumkin: materiklar va okeanlar
tabiiy geografiyasi (7-sinf); O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi.
Tabiiy geografiya darslarida qo’yidagi mavzular bo’yicha didaktik
o’yinlarni ishlab chiqish mumkin:
-geografik tadqiqotlar tarixi. Fanning rivojlanish tarixi, hududlarni va
ayrim muammolarni o’rganish tarixi;
-plan va karta,
shartli belgilar, andozalar, gorizontallar,
geografik
kordinatalar, mashstab va h.k.;
-litosfera: yerning ichki tuzilishi; yer po’sti; tog’ jinslari; relef va uning
turlari, ayrim hududlar relefi;
-gidrosfera va uning tarkibiy qismlari. Dunyo okeani. Quruqlik
suvlari, yer osti va yer usti suvlari. Materiklar va ayrim hududlar ichki
suvlari;
-atmosfera, uning tuzilishi, tarkibi, havo massalari. Ob-havo va iqlim.
Iqlim hosil qiluvchi omillar. Iqlim mintaqalari. TSiklonlar, yog’inlar.
Materiklar va ayrim hududlar iqlimi;
-biosfera. Materiklar ayrim hududlarining tuprog’i, o’simligi va
hayvonot dunyosi.
Yuqorida keltirilgan tabiat tarkiblarining har biri bo’yicha juda ko’p
didaktik o’yinlar ishlab chiqish mumkin. Individual didaktik o’yinni
quyidagicha tuzishimiz mumkin.
1. Ekvator bo’yicha atlantika okeannining kengligi 60
0
bo’lsa,
yerning
harakat tezigida uchayotgan kosmik kema uni necha soatda bir qirg’og’dan
ikkinchi qirg’og’iga yetib boradi. Mazkur o’yinni yechish uchun o’quvchi
quyidagilarni bilishi lozim. Yerning burchak tezligini, ekvatorda 1
0
yoyning uzunligini. Yerning burchak tezligi soatiga 15
0
, ya’ni yer bir
soatda 15
0
masofani bosib o’tadi. Demak
kosmik kema yer tezligida
uchayotgan bo’lsa Atlantika okeanining kengligi 60
0
bo’lsa, uni bir
qirg’og’idan ikkinchi qirg’og’iga 60
0
:15= 4 soatda yetib boradi. Ekvator
bo’ylab 1
0
yoyning uzunligi 111,0 km
2
teng, unda ekvator bo’yicha
Atlantika okeanining kengligi 60 x 111,1km
2
=6666 km.
Yoki bo’lmasa koordinata to’ri bo’yicha
quyidagicha individual
o’yinni ishlab chiqish mumkin: Sharqiy yarimsharning 105
0
meridiani
g’arbiy yarim sharning qaysi meridianiga to’g’ri keladi. Buning uchun
o’quvchi quyidagi bilimlarga ega bo’lishi lozim: har bir yarim sharning va
yer sharining necha gradusga teng ekanligini. Shundan so’ng mazkur o’yin
quyidagicha yechiladi:
180
0
-105
0
=75
0
demak sharqiy yarim sharning 105
0
meridiani g’arbiy
yarim sharning 75
0
meridianiga to’g’ri kelar ekan.
7-sinfda ‚O’rta Osiyo foydali qazilmalari‛ mavzusida guruhli o’yinni
tashkil qilish mumkin. O’rta Osiyo yozuvsiz kartasi shunday bo’laklarga
ajratiladiki uning har bir bo’lagida ma’lum bir foydali qazilma albatta
bo’lsin. Bo’laklarga mos qilib kartochkalar kesiladi uning har biriga foydali
qazilma koni bor joy nomi yozib chiqiladi. Masalan, Angren, Polvon tosh,
Boysun. Boshqaruvchi kartochkalarni yig’ib olib yozuvsiz kartalarni o’yin
ishtirokchilariga tarqatadi. O’yin boshqaruvchi
joy nomlari yozilgan
kartochkalarni bittadan olib o’qiydi va ishtirokchilardan kimni qo’l
ko’tarishini kuzatadi qo’l ko’targan o’quvchiga kartochkani beradi. Mazkur
kartochka yozuvsiz kartaning kerakli joyiga qo’yilishi lozim. Qachon o’yin
ishtirokchilaridan biri yozuvsiz kartalarni kerakli kartochkalar bilan
to’ldirib bo’lgandan so’ng o’yin tugaydi va u o’quvchi g’olib hisoblanadi.
Ommaviy geografik o’yinlar 2-3 ta parallel sinflar bilan o’tkazilishi
mumkin. Ommaviy o’yinlar odatda chorak oxirida yoki o’quv yili oxirida,
bayramlarda, maktab olimpiadalarida o’tkazilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: