SHulardan foydali qazilmalar qismiga quyidagicha reja tuzish
mumkin: yoqilg’i foydali qazilmalari: (ko’mir, neft, gaz),
qora metall
konlari, rangli metallar konlar, mineral o’g’itlar konlari, qurilish xom
ashyosi konlari (marmar, oxak, qum, granit).
Darslikdagi kartalar bilan ishlash.
Har bir sinf geografiya darsli-
gining matnidagi mavzuga oid turli xil kartalari mavjud. Kartalar 6,7,8 va
9-sinf darsliklarida ko’proq. Matndagi kartalar asosan mustaqil ishlarni
bajarishda ko’proq ishlatiladi. Masalan, 7-sinf darsligining 7-saxifasida
Yevrosiyoning tabiiy geografik o’lkalari kartasi berilgan. Ushbu karta
bo’yicha quyidagi topshiriqlarni o’quvchilarga berish mumkin:
-Janubiy Osiyoda joylashgan Yevrosiyo tabiiy geografik o’lkalarini
aniqlang va ularning geografik joylanishiga baho bering;
-Evropada joylashgan tabiiy geografik o’lkalarni aniqlang;
-O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasi qaysi o’lkalar orasida joylashgan:
-SHimoliy Osiyo qanday tabiiy geografik o’lkalardan iborat va h.k.
SHunday taxlitda har bir mavzuli karta bo’yicha o’quvchilarga
mustaqil ish uchun vazifa berish mumkin.
Darsliklarda juda ko’p rasmlar ham berilgan. Mazkur rasmlar tabiiy va
iqtisodiy geografik ob’ektlarning tasviriga bag’ishlangan. Shuning uchun
darslikdagi rasmlar bo’yicha ham o’quvchilarga
mustaqil ishlar berish
mumkin. Geografiya darslaridagi rasmlarni quyidagi guruhlarga bo’lish
mumkin: buyuk olim va sayyohlarning rasmlari; tabiiy landshaftlar man-
zarasini tasvirlaydigan rasmlar (tog’lar, tekisliklar, vodiylar, chuqurlar va
h.k); tabiiy geografik jarayonlarning oqibatlari va ko’rinishlarini tasvir-
laydigan rasmlar (nurash, sho’rxok, vulqon, zilzila va h.k);
iqtisodiy
geografik ob’ektlarni tasvirlaydigan rasmlar (zavod, fabrika, suv ombolari,
qishloq xo’jalik ekinlari, yo’llar, kanallar va h.k).
Chizmalar kartalarga o’xshab darslikda juda ko’p uchraydi. Ular
geografik aloqalar va qonuniyatlarni ifodalaydi, ular orqali mavzuga
tegishli qonuniyatlarni o’quvchilarga oson tushuntirish mumkin. Masalan,
Yerga Quyoshdan keladigan issiqlikni miqdori uning tushish burchagiga
bog’liqligini ko’rsatuvchi chizmalar.
Darsliklarda berilgan chizmalarni quyidagi guruhlarga bo’lish
mumkin:
-boshlang’ich tabiiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar (litosfera,
gidrosfera, atmosfera, biosfera, Yer va olam mavzularida);
-materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi hamda O’rta Osiyo va
O’zbekiston tabiiy geografiya kurslari bo’yicha berilgan chizmalar;
-iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida berilgan chizmalar.
Mazkur chizmalar asosan diagrammalardan iborat. Ular xalq xo’jalik
tarmog’ini ma’lum bir qismlarini ko’rsatkichlarini tasvirlaydi.
Umumta’lim maktablari geografiya darslarida jadvallardan keng
foydalanilgan. Tabiiy geografiya darslarida jadvallar asosan ilovalarda
berilgan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida
matndagi jadvallar
ko’proq o’rin olgan. Jadvallarda ko’proq iqtisodiy ko’rsatgichlar berilgan.
Ular orasida ma’lum bir iqtisodiy tarmoqni o’sish dinamikasini ochib
berish mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darsliklardagi jadvallarni
quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: siyosiy geografik; demografik;
tabiiy resurslar; sanoat; qishloq xo’jaligi; transport va xalqaro iqtisodiy
aloqalar; regional iqtisodiy geografik sharoitni tasvirlaydigan jadvallar.
Jadvallarni tahlil i bo’yicha o’quvchilarga juda ko’p
mustaqil ishlar
berish mumkin.
Xar bir sinfda darslik bilan ishlash o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Beshinchi sinfda boshlang’ich tabiiy geografiya kursini o’rganishda izoxli
o’qish, matndagi savollarga javob berish, matnning rejasini tuzish,
matndagi asosiy fikrni aniqlash muhim o’rin tutadi.
VI sinfda ‚Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi‛ni o’rganishda
quyidagi holatlarga katta e’tibor berish lozim: qiyoslash, matnning
mazmuni bo’yicha chizmalar,
rasmlar va jadvallar tuzish, matndan
ma’lumotlarni ko’chirib olish, geografik ob’ektlar ro’yxatini tuzish, matnni
kengaytirilgan rejasini tuzish.
7-sinfda O’rta Osiyo tabiiy geografiyasini o’rganishda ishlar bir oz
murakkablashadi. Mazkur kurs bo’yicha quyidagi topshiriqlarni berish
mumkin: matnga kengaytirilgan reja tuzish, chizmalar chizish, turli xil
aloqalar va bog’liqliklarni ko’rsatadigan jadvallar tuzish (tabiiy
geografik
o’lkalar), iqlimiy jadvallar tuzish va h.k.
VIII- sinfda ‚O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‛ kursi
o’tiladi. Mazkur kurs darsligi bo’yicha quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
matnga reja tuzish, turli xil kartalar bilan ishlash (foydali qazilmalar,
ma’muriy, iqtisodiy, transport va h.k.), jadvallar bilan ishlash (aholi, mine-
ral resruslar, tarmoqlar bo’yicha iqtisodiy ko’rsatkichlar), chizmalar
(diagrammalar bilan ishlash) va h.k.
IX-sinfda ‚Jahon iqtisodiy va ijtimoiiy geografiyasi‛ kursi o’tiladi.
Mazkur kursni o’rganishda o’quvchilarga murakkabroq topshiriqlar
beriladi: matnni o’qib
xulosalar tayyorlash, iqtisodiy geografik kartalarni
tahlil qilib ma’lum bir davlatni iqtisodiy geografik tavsifini tuzish yoki
bo’lmasa sanoat va qishloq xo’jaligi rivojlangan hududlarni aniqlash,
jadvallarni tahlili asosida turli xil chizmalar va diagrammalar tuzish va h.k.
Dostları ilə paylaş: