Qurilishiga ko’ra modellar quyidagi turlarga bo’linadi: bo’linmay-
digan, bo’linadigan, kesmali, ochilmali, statistik va faoliyatdagi.
Geografiya darslarida Yer sharining modeli ko’proq ishlatiladi. Barcha
voqea va hodisalarni modellarini o’quv maqsadlarida yasash maqsadga
muvofiq emas. Masalan, vulkanni, geyzelarni, tog’larni, tsunami, sel,
tornadolarni sodir bo’lishi modelini qurish maqsadga muvofiq emas.
Chunki ular tabiiy jarayonlarning sodir bo’lishini aniq tasvirlay olmaydi.
Ammo harakatdagi artezian qudug’ini modelini yasab o’quv jarayonida
bemalol ishlatish mumkin. Dars jarayonida termometr, barometr, flyunger,
kompas va boshqa asboblarni modellaridan ham foydalanish mumkin.
Modellar yordam o’quvchilar ularni tuzilishini va ishlashini tesh o’rganib
olishadi. Modellar yordamida kanallar, to’g’onlar va suv omborlari
tuzilishi va ishlashini ham ko’rsatish mumkin.
Geografiya ta’limida maketlar ham keng qo’llaniladi. Maketlar geog-
rafik ob’ektlar, voqea va hodisalarning soddalashtirilgan nusxasi hisob-
lanadi. Ular tabiiy geografik hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografik
maketlarga bo’linadi.
Tabiiy gegrafik maketlarga landshaftlar, relef, daryo vodiysi, tog’lar,
chuqqilar, g’orlar maketlari kiradi.
Er yuzasi shakllarini o’rganishda relef shakllari maketlari juda katta
ahamiyatga ega. Relef bo’yicha bilimlarni o’quvchilarni o’zlashtirishi juda
qiyin kechadi, chunki relef uchta o’lchamli hisoblanadi. Shuning uchun
relefni o’rganishda dalada olib borilgan kuzatishlar katta ahamiyatga ega.
Joyda relefni shakllanishini ko’ribgina qolmasdan balki o’rganilayotgan
ob’ekt bevosita o’rganiladi, o’lchamlari aniqlanadi va aniq tasavvurlar
hosil bo’ladi. Relef haqidagi bilimlarni o’zlashtirishni oson yo’llaridan biri
geografiya maydonida ularning shakllarini maketlarini yasashdir.
Maketlardan foydalanib dars o’tganda o’qituvchi maketni hamma
tomonini ko’rsatishi lozim, shundagina mazkur maketda tasvirlangan
geografik ob’ekt yoki voqea va xodisalar haqida o’quvchilar ongida to’la va
aniq tasavvurlar hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: