havo haroratini chizmasini, bulutsiz va bulutli
kunlar diagrammasini
tuzishlari mumkin;
- diagramma va chizmalarni o’qishga va tahlil qilishga o’rgatish.
Avval diagramma va chizmada nima tasvirlanganligini tushuntiriladi.
So’ngra diagramma va chizmada tasvirlangan sonlarni o’qishga va tahlil
qilishga o’rgatiladi. Diagramma yoki chizmada ko’rsatilgan
geografik
ko’rsatkichlarni yillar bo’yicha o’zgarishini tahlil qilib ma’lum bir
ko’rsatkichni o’sish yoki o’zgarish qonuniyatlarini aniqlanadi;
- diagramma va chizmalarni tahlil i asosida xulosalar qilishni o’rgatish.
Masalan, havo harorati chizmasini tahlil qilganda oylik va yillik o’rtacha
harorat, eng yuqori va eng past harorat haqida xulosalar qilinadi. Yoki
bo’lmasa ma’lum mamlakatlarda ishlab chiqilgan yalpi miqdorni taqqoslab
yalpi maxsulot miqdori bo’yicha mamlakatlar jadvalini tuzish mumkin.
Statistik jadvallar bilan ishlash texnologiyasi.
Jadvallar maktab
geografiyasida keng qo’llaniladi, ayniqsa iqtisodiy
va ijtimoiy geografiya
kurslarida.
SHu munosabat bilan maktab geografiya darsliklarida keltirilgan
jadvallarni quyidagi yirik ikki guruhga bo’lishimiz mumkin:
tabiiy
geografiya kurslarida keltirilgan jadvallar; iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
kurslarida keltirilgan jadvallar.
Tabiiy geografiya kurslarida jadvallar ko’proq ilova shaklida beriladi.
Masalan. 7-sinf geografiya darsligining ilova qismida quyidagi jadvallar
berilgan: O’rta Osiyodagi eng baland cho’qqilar; O’rta
Osiyodagi eng
chuqur botiqlar; yirik daryolar; ko’llar; suv omborlari; qo’riqxonalar; yirik
konlar.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida jadvallar juda keng
qo’llaniladi, shuning uchun ularda matnda va ilovada ham jadval berilgan.
Statistik jadvallar bilan ishlash quyidagi tartibda olib boriladi:
- jadvalni nomini o’qish;
- jadvaldagi ko’rsatkichlarni o’lchov birliklarini tushuntirish;
- jadvallarni qatorlarini va ustunlarini nomlarini o’qish;
- qator va ustunlardagi raqamli ko’rsatgichlarni solishtirish;
- jadvalda berilgan ma’lumot haqida xulosa qilish.
Jadvallarni o’qishga o’rgatish quyidagi qismlardan iborat:
- o’qituvchi ijtimoiy - iqtisodiy geografiya
kurslarida jadvallarni
ahamiyatini tushuntiradi va jadvallarni tuzish haqida ma’lumotlar beradi;
- jadvalni o’lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. O’lchov
birliklarini natural va nisbiy ekanligi tushuntiriladi;
- shundan so’ng o’qituvchi jadvalni o’qish usullari bilan tanishtiradi.
Qaysi hollarda ustundagi, qaysi hollarda qatordagi raqamlarni o’qish
tushuntiriladi. Jadvalni qatordagi raqamlarini
unda mamlakatlarning
maydoni berilganda o’qiladi;
- o’quvchilarga jadvallar bilan ishlash bo’yicha mustaqil ishlar berish.
Bundan tashqari o’qituvchilar iqtisodiy hisoblar olib borish
ko’nikmalarini ham shakllantirish lozim. Masalan, maydon birligiga to’g’ri
keladigan aholi soni, jon boshiga maxsulot ishlab chiqarish, o’rtacha yillik
harorat va h.k.
Dostları ilə paylaş: