Vazifalari


bob. MEHMONXONA XO‘JALIGIDA XAVFSIZLIKNI



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə98/107
tarix05.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#174013
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

bob. MEHMONXONA XO‘JALIGIDA XAVFSIZLIKNI


TA’MINLASHNING ZAMONAVIY USULLARI
    1. Mehmonxonalarda xavfsizlikni ta’minlash tushunchasi.


    2. Xavfsizlik rejasi.
    3. Tibbiy dasturlar.


    4. Jismoniy xavfsizlik.
    5. Favqulotda holatlar yo‘riqnomasi.



    1. Mehmonxonalarda xavfsizlikni ta’minlash tushunchasi.

Xavfsizlik xizmati – mehmonlar, ularning mulklari, mehmonxona mulklarini kriminal elementlardan himoyalash maqsadida tuziladi. Bu yerda mehmonxona mulki deganda uning obro‘si ham tushuniladi.
Mehmonxonalarda hamma vaqt bo‘masada, katta jinoyatlar sodir bo‘ladi. Masalan, 1974- yilda 5 yulduzli motelda mashhur amerika estrada qo‘shiqchisi Koni Frenshizga tajovuz qilishgan. Qo‘shiqchining advokatlari mehmonxonada zaruriy xavfsizlik taminlamaganligi uchun motelga nisbatan 6 mln. dollarlik shikoyat xati(isk)yozadilar. Nizo 1,5 mln. dollarga qo‘shiqchi foydasiga hal bo‘ladi.
Mehmonxonada eng ko‘p uchraydigan jinoyat bu o‘g‘rilikdir.Bazida shunday mijozlar uchraydiki, mehmonxonadan ketayotganlarida u yerdan sochiq, joyshablarni ham olishadi, lekin ko‘pincha esdalik uchun suvenirlar (kuldon) bilan cheklanadilar.Sochiqlar, xalatlar va shunga o‘xshash narsalarni o‘g‘rilash sodir etilganda, mehmonxona bunday mehmonlarni “qora ro‘yxat ”ga , ishonchsiz mijozlar safiga kiritadi. Bu ro‘yxatga yana norozilik bildirishga “usta” (jalobshik) mijozlar ham kiritiladi.Ular mehmonxonadan pul undirish maqsadida atayin norozilik uyushtiradilar.
Xavfsizlik xizmatining asosiy vazifasi – jinoyatni ko‘rib chiqish emas, uni oldini olishdir.Bu ayniqsa muhim, chunki bu xizmat xodimlari militsiya xodimlaridan farqli o‘laroq so‘roqqa tutish, tintuv o‘tkazish huquqiga ega emaslar.
Xavfsizlik xizmatining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uning boshqa
xizmatlar bilan munosabatiga bog‘liq, ayniqsa, moliya departamenti va kadrlar
bo‘limi bilan . Xavfsizlik xizmatining nazorati moliyaviy nazorat bilan uyg‘unlashishi, xodimlar bo‘limi bilan esa ishga qabul qilayotganlarni nazoratini hamkorlikda olib borishlari kerak(kriminal o‘tmishli odamlar).
Xavfsizlik xizmati mahalliy militsiya bo‘limi bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi muhimdir. Militsiyadan shubhali “mehmon”lar , kutilayotgan namoyishlar yoki tartibsizliklar haqida malumot olish mumkin. Bular mehmonxona tinchligini buzadi. Lekin bunday hamkorlik juda ham chuqurlashmasligi kerak(mehmon haqida har xil malumotlarni yetkazmaslik, qonunga ko‘rsatilganidan tashqari).Ushbu organlarga maxsus operatsiyalar o‘tkazish uchun joy ajratib berish tavsiya etilmaydi. Bu mehmonxona obro‘siga zarar yetkazishi mumkin.
Xavfsizlik xizmatining tarkibi unchalik katta emas: 500 nomerli mehmonxonaga 10 kishi to‘g‘ri keladi. Shtatda ayollar ham ishlashi maqsadga muvofiqdir. Jabrlanuvchi mijoz ayol kishi bo‘lsa, unga ayol kishi bilan suhbatlashish osonroq bo‘ladi.

    1. Yüklə 1,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin