Vazifalariparties, or people who have
ishbilarmonlar dunyosi «Mariott», «Ramada», «Sheraton», «Redisson» singari mehmonxonalar tarmoqlarining rivojlanishini diqqat bilan kuzatib turdi. Hozirda garchi u qadar yuqori sur’atlarda bo‘lmasa-da, xorijda Amerika mehmonxonalar tarmoqlarining kengayish jarayoni davom etmoqda. AQSHning o‘zida mehmonxona industriyasini rivojlantirish uchun qulay vaziyat 1960-yillar oxiridan boshlab, o‘n yil davom etdi. Ko‘plab mehmonxonalar va motellar zanjiri yaratildi, inshootlar ko‘rinishi ham keskin o‘zgardi. Mehmonxonalar birlashmalari — assotsiatsiyalar soni ham ortib bormoqda. Mehmonxonalar texnikaning eng yangi yutuqlari (ekologik jihatdan toza, yong‘indan xavfsizlantirilgan, nafis va hokazo) — yangi axborot texnologiyalari (o‘rinlarni bronlash va zaxiralash kompyuter tizimlari va tarmoqlari)dan foydalanishda o‘ziga xos kashfiyotlarda ilg‘orlashib ketdi. Zamonaviy mehmonxona biznesi bazasi bo‘lgan turizm sanoati XXI asrning asosiy industriyasiga aylanib bormoqda. Tayanch iboralar. assotsiatsiyalar, Tremont «Bristol», «Metropol», Confort, Palas, Savoy, Ekselsior, Prestige, Grand Confort Nazorat uchun savollarMehmonxona zanjirlarining tuzilishini gapirib bering? Dunyoning eng yirik mehmonxona zanjirlarini sanab bering? “Holiday Inn” mehmonxona zanjirini aytib bering? Xalqaro mehmonxona zanjirlari tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha fikringiz?
HULOSA VA TAKLIFLARIqtisodiyotning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan xizmat ko‘rsatish respublikamizda tezlikda rivojlanmoqda. 2016- yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishining yarmidan ko‘pi xizmat ko‘rsatish sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgani bu tarmoqning iqtisodiyotimizdagi o‘rni va ta’siri naqadar katta ekanini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida turizm va uni rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilishi to‘g‘risida dasturiy rejalar tuzilgan. Ayni paytda, keyingi yillar davomida yalpi ichki mahsulotning mutlaq qiymatlardagi o‘sishi barqaror ravishda yuksalib kelmoqda. Turizm sohasida mehmonxona biznesini rivojlantirish va unda yangi texnologiyalarni qo‘llash zamon talabidan kelib chiqilmoqda. Bu jarayonning amalga oshirilishida mehmonxonalar faoliyatini samarali tashkil qilish, rivojlanishni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish paytda, tarmoqning rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy omillar, chunonchi: daromad darajasiga ko‘ra aholining taqsimlanishi, ma’lumot darajasi, turmush tarzi, yosh tuzilishi, shahar va qishloq aholisining nisbati (shahar aholisini harakatchanroq), jinoyatchilik darajasi, turizmning rivojlanishi va sh.k. ham katta rol o‘ynaydi. Tabiiyki, tarmoqning holati qonunchilikka (soliq va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, litsenziyalash qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, yong‘in xavfsizligi qoidalari, iste’molchilarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar va b.ga) ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Umumiqtisodiy va demografik omillardan tashqari, mehmonxona iqtisodiyotiga yana bir qancha o‘ziga xos omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Hozirda terrorizm ana shunday omillardan biridir. Yirik terrorchilik harakatlari, chunonchi: Misrda turistlarning terroristlar tomonidan o‘qqa tutilishi yoki Nyu-Yorkdagi osmono‘par binolarning vayron qilinishi terroristlar hujum qilgan mintaqadagi mehmonxonalarning to‘lishiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri, tajriba ushbu oqimlarga turistik oqimlar 2-3 yil ichida tiklanishidan dalolat beradi, ammo bu vaqt mobaynida juda ko‘p mehmonxonalar bankrot bo‘lishi mumkin. zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bugungi kunda xalqaro turizmda ishtirok etuvchi turistlarga mehmonxonalarda yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish birinchi navbatdagi masalaga aylandi. Har qanday mamlakat xalqaro turizm bozorida mehmonxona xizmatlarini rivojlantirishva boshqarish uchun o‘zining yo‘nalishini tanlab olishi lozim. Bunda mamlakatdagi mavjud mehmonxonalarning imkoniyatlarini reklama qilish, xizmatlarni bozor talabiga muvofiqlashtirib borishi, iqtisodiyotda o‘tkazilayotgan modernizatsiyalash sharoitida mehmonxona xizmatlari bozorinini xalqaro miqyosda tashkil qilish mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. O‘z-o‘zidan ravshanki, mehmonxona xo‘jaligi tarmog‘ining iqtisodiyotiga, eng avvalo, iqtisodiy omillar (iqtisodiyotning umumiy holati, aholi jon boshiga olinadigan o‘rtacha daromad, ishsizlik darajasi, mahalliy valyutani ayirboshlash kursi, soliq solish darajasi, kreditlarga belgilangan bank foizi va b.) ta’sir ko‘rsatadi. Ayni FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi- PF-4947- sonli “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” Farmoni. O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni // Toshkent sh., 2016- yil 2- dekabr, PF-4861-son. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. http://uza.uz/ 22-12-2017. Darrell Clifton, CPP. Hospitality security, 2012, Taylor and Francis Group, London, UK. Kim Inglis. Asian style hotels, 2005, Periplus. Arthur Gao. European style hotel, 2011, Liaoning Science and Technology Publishing house. Mahmood A. Khan. Advances in hospitality and tourism, 2015, Apple Academic Press. Александрова А.Ю. Международный туризм. Учебник.- М: Аспект Пресс, 2004. Tuxliev I.S., Qudratov G‘.X., Pardaev M.Q. Turizmni rejalashtirish. Darslik. T.: Iqtisod-moliya. 2010. Tuxliev I.S. Haitbaev R., Ibadullaev N.E, Amriddinova R.S. Turizm asoslari. O‘quv qo‘llanma. -S.: SamISI. Mirzaev M.A., Alieva M.T. Turizm asoslari. O‘quv qo‘llanma.-T.: O‘zbekiston faylafuslar jamiyati, 2011. Mike J. Stabler, Andreas Papatheodorou, M. Thea Sinclair. The Economics of Tourism. Publisher: Routledge; 2 edition 2010, USA. Рябовой И.А., Забаев Ю.В., Драчевой Е.Л.. Экономика и организация туризма. Учебное пособие. М.:, «Кнорус» 2006. www. ziyonet.uz/ru www.world-tourism.org www.webofscience.com 1 3 Yüklə 1,01 Mb. Dostları ilə paylaş: |