MSWord dasturi asosan ish yuritish yozishmalarida, prays-varaqa va yo‘llanmalarni shakllantirishda, turli xil blankalar va boshqa hujjatlarni tayyorlashda foydalaniladi.
MSexcel dasturi asosan turlarning qiymatini hisoblashda foydalaniladi. Masalan, turlarning hisob-kitobini tezlatish maqsadida mehmonxonalar xodimlari tomonidan narxlarning hisob-kitob shabloni tuzilgan. Shuningdek, MSexcel dasturida mehmonxonalar marketologlari bozorni marketing tadqiqotlarida, jadvallar tuzishda, hisobotlar tayyorlashda, undan tashqari rasmlar va diagrammalar tayyorlashda foydalaniladi.
MSAccess dasturi hamkor mehmonxonalar va iste’molchilar haqidagi ma’lumotlarni hamda turli xildagi ma’lumotlar bazasini yaratish va ishlatishda foydalaniladi.
MSPowerPoint dasturi xodimlar tomonidan o‘z mehmonxonasini taqdimotini
o‘tkazishda foydalaniladi.
4.2-rasm. Mehmonxonalarda standart xisob - qitob ta’minot dasturidan foydalanish holati24
Yuqorida ko‘rsatilgan standart dasturlaridan tashqari hozirgi paytda mehmonxonalarda 30 dan ortiq maxsus dasturlar ta’minoti ham mavjud.
24 By Hans Mol Series edited by Terry Phillips"English for Tourism and Hospitality in Higher Education Studies, Course Book with audio CDs" Patricia Paskins 2010. 163 p
Bu dasturlar turlarning to‘lovlarini nazorat qilish, transport va mehmonxonalardagi vaqtning kalendar hisobini olib borishda hamda turli xildagi anketa va turistlar ro‘yxatini rasmiylashtirishda foydalaniladi.
Mehmonxonalarni rezervlash va zahiralash tizimi, aviabiletlar va boshqa transport vositalariga biletlar sotish tizimi, kruizlar va h.k. Bugungi kunda bular Amadeus, Gabriel, Sabre, Word Span, Apollo, Fidellio kabi yirik tizimlar bo‘lib, ular Internet da o‘z vakillariga ega. Bundan tashqari, Internet texnologiyalari mehmonxonalarga fakslarni jo‘natish va xalqaro telefon so‘zlashuvlariga sarflanadigan harajatlar hisobidan kattagina mablag‘larni iqtisod qilishga imkonyat beradi.
Yangi texnologiyalar oqimi natijasida turxizmatlar bozorini intensiv qayta tarkiblash amalga oshirilmoqda. Bunda muomala qiymati tezda tushib ketdi. Bu esa oldin ular uchun mumkin bo‘lmagan ya’ni agentliklarga xizmatlardan 2-3 kishini foydalanish imkoniyatini berdi. Bu degani uncha katta bo‘lmagan turagentliklar yirik tashkilotlar bilan jiddiy raqobat kurashga kirisha oladilar. Bunga misol sifatida "TISS" nemis firmasini olishimiz mumkin. 2010- yilda ikki kishi aviachiptalar savdosi bilan shug‘ullanib 140 mln. nemis markasi miqdorida oborotni ta’minladilar va shunga yarasha foyda oldi.