Mehmonxona xo‘jaligida axborot texnologiyalarining ahamiyati
Axborot taraqqiyotining uzoq o‘tmish yo‘li avvaliga nozik materiya darajasida, keyinchalik esa jonli tabiat sharoitida sifat jihatidan yangi ko‘rinishdagi ijtimoiy axborotga olib keldi, belgi sistemasida aks etdi.
Axborot sohasida subyekt ko‘p rollarda namoyon bo‘ladi: iste’molchi, tashuvchi, saqlovchi va axborot tarqatuvchi, shuningdek uni ishlab chiqaruvchi (generator) sifatida ko‘rinadi. Shuning uchun axborot sohasi bir tomondan, individning ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda shakllanadi, ikkinchi tomondan esa, uning ta’sirida o‘zgaradi.
Bugungi kunda to‘planib borayotgan barcha axborot oqimlarini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus dastur – apparatlar majmuasini yaratish «axborot portlashini» talab qilishini isbotlashga hojat bo‘lmasa kerak. Bu majmua o‘z ichiga yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va katta ko‘lamli ma’lumotlar berishni qamrab oladi. Ma’lumotlar va xujjatlarni boshqarish uchun zarur avtomatlashtirish ishlarini bajaradi. Biroq ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida joriy etilayotgan amaliy axborotlar maslahat tizimi har xil vazifani hal etayapti: biri ishlab chiqarishda, boshqasi tibbiyotda, uninchisi ijtimoiy, madaniy servisda, turizm va h.k.larda.
Axborotlar tushunchasida eng muhim narsa – tegishli manba va iste’molchiga ma’lumot etkazish, maqsadga yo‘naltirilgan tizimida aloqa o‘rnatish hisoblanadi. Axborotlar – qat’iy taqsimlangan, shov-shuvdan xoli, o‘z egasigacha etkazilgan ma’lumotlardir. Bu ma’lumotni olganlar uni tahlil qilishi, o‘z maqsadlariga muvofiq
tegishli qarorlar qabul qilishda foydalanishlari mumkin.
Axborot nazariyasiga kelsak, u aloqa kanallari bo‘yicha axborot uzatish qonuniyatlarini o‘rganadi. Lekin yana o‘sha turli tabiatdagi tizimlarda o‘rganadi. Axborot nazariyasida axborotlarning o‘lchov birligi va usuli belgilangan, uning miqdoriy tahliliga asos berilgan. Informatikada bularning biri ijtimoiy boshqaruv va ilmiy asoslangan ong texnologik tizimlarda qurilishi uchun foydalaniladi. Axborotlarning nazariyasi tarkibiy jihatdan axborot jarayonlariga bo‘linadi: qabul qilish, uzatish, kodlash, kodni ochish, xotirlash, saqlash, chiqarib olish, etkazib berish, axborotlarni akslantirish va h.k. Informatika boshqaruvining texnologik yumushlari sifatida bu elementlarni yuzaga chiqaradi. Misol uchun, kodlashtirishning prinsiplaridan biri – axborotlarni shovqindan tozalash va ortiqcha ma’lumotlardan xoli qilish. Bu tamoilni boshqaruvda qo‘llab, uning yangi ratsional rezervlarini yuzaga chiqarish mumkin.
Masalan, mehmonxonada turganda, qaysi kunda, qaysi geografik manzilda mijoz o‘zining dunyoga kelganligidan baxtiyor bo‘lganini yozish shartmi? familiyasi va ismi, bobosining nomi yozilgandan keyin jinsini ko‘rsatish nimaga kerak? Bularga o‘xshash minglab misollar keltirish mumkin, ularning har biri arzimas narsadek tuyuladi. Ammo bu erda ko‘p sonli qonuni amal qiladi. Arzimasgina bo‘lib tuyulgan bitta ma’lumotnoma yoki xujjatdagi ortiqcha grafa jamiyatdan katta miqdorda vaqtni olishi, boshqaruv bo‘g‘inida to‘xtab qolishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Axborot texnologiyalarini tashkil etgan usullar va shakllanish vositalari mohiyati shundaki, u har qanday obyektlarni boshqarish tizimida, jumladan, mehmonnovozlik industriyasi korxonalarida axborotlar oqimini saqlaydi.
Turizm industriyasiga keyingi ikki-uch o‘n yilliklarda ilmiy-texnika taraqqiyoti ulkan ta’sir o‘tkazdi. Bugungi kunda hatto «mayda» turagentlar yoki turoperatorlarning asosiy va yordamchi funksiyalarni avtomatlashtirish uchun hisoblash texniklaridan foydalanish imkoniyatiga ega ekanliklarini aytish kifoya.
Turistik soha zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish uchun ideal ravishda moslashgan. Uning uchun qisqa muddatda transport vositalari va nomer
fondi imkoniyatlari haqida ma’lumot beruvchi tizim talab qilinadi. Bu tez rezervlar
yaratish, tuzatishlar kiritish, turistik xizmatlar chog‘ida yordamchi vazifalarni hal etishini ta’minlaydi. Bunday avtomatlashtirish vositalari vaqtni, ortiqcha xarajatlarni tejaydi. Masalan, chipta, biletlar olish, hisob va yo‘l ko‘rsatkichlar tayyorlash, axborot ma’lumotnomasi va hisob-kitobni ta’minlash shular jumlasidandir.
Hozirgi vaqtda kompyuter tizimidagi u yoki bu ma’lumotlarni olish turagentlar uchun hamisha ochiq. Ular bundan alohida ish rejimida foydalanishlari, yoki axborotlarni ishlashning telekommunikatsiya vositalari tarmoqlarini qo‘llab kontagentlar bilan hamkorlik qilishlari mumkin.
Turoperatorlik tizimi turfirma faoliyatida turmahsulotlarni shakllantirish, iste’molchilarga sotishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljalangan. Hozirgi vaqtda bir necha tipda amaldagi dastur-texnik tizim ma’lum, ularni texnologik – topoligik asosda shartli ravishda uch klassga bo‘lish mumkin:
1. Bir-biriga ulangan hisoblash tarmoqlarida yaratilgan tizimlar, ular turistik firma bo‘linmalari faoliyatini ta’minlaydi. Bir binoda joylashgan, axborot kanallaridan foydalangan holda ularning avtomatlashtirishsiz tashqi o‘zaro harakatini ta’minlaydi. Qurilmaning tarmoqli varianti bir paytning o‘zida turli avtomatlashtirilgan ishchi joyidan bir nechta foydalanuvchilarni markaziy bazaga murojaat qilish (yoki bazalarga, jumladan, turmahsulotlarni yozish bilan) iga mo‘ljallangan.
Ma’lumotlar bazasi markaziy etarli darajada quvvatni tarmoq mashinasi– serverda joylashgan. Foydalanuvchilarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlaridan uni bilan bemalol ulana olishi tarmoq standart ta’minoti to‘plamiga kirgan tarmoq uskunalari va tarmoq matematikasi yordamida ta’minlanadi. Qobiq sifatida universal SUBD dan foydalaniladi;
1-punktda yozilgan, programma komplekslarini o‘z ichiga olgan tizimlar, ammo unda qo‘shimcha ravishda turoperatorning paket rejimida kommutirlashgan yoki alohida ajratilgan kanallari yoki turagentlar tomonidan turistik mahsulotni realizatsiya qilish uchun modem aloqasi amalga oshirilgan, alohida hollarda xizmatlarni etkazib beruvchi boshqa rayonlar (regionlar) bilan ulanish mumkin;
amaldagi foydalanishda bo‘lgan yoki yangi tashkil qilingan global telekommunikatsiya tarmoqlaridagi turoperatorlik tizimlari. Bu holda u yoki bu firma turmahsuloti haqidagi asosiy fayllar (ma’lumotlar bazasi) global tarmoq (tugun) axborot markazlarida joylashtiriladi va tarmoqdan barcha foydalanuvchilar uchun onlayn rejimida ularni olisga uzatish imkonini beradi.
Turfirmalarda kompyuter tizimlari bajaradigan ishlariga qarab, uch klassga bo‘linadi:
Mijozlar buyurtmalari bajarilishini amalga oshiradigan asosiy texnologik tizimlar. Bu tizimda operator rezervlashtirilgan bosh kompyuter tizimiga kirish evaziga harakat qiladi;
Yordamchi tizimlar – turfirma funksiyalarining avtomatlashgan xizmati:
Hujjatlar – hisoblar, vaucherlar, biletlar va yo‘l ko‘rsatkichlar, shuningdek bosh kompyuter va transport tizimlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni shakllantiradi.