Vazifalari


-rasm. O‘zbekistonda 2007-2016 yillarda yalpi ichki mahsulotning o‘sish dinamikasi6, %



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə4/107
tarix05.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#174013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

1.1-rasm. O‘zbekistonda 2007-2016 yillarda yalpi ichki mahsulotning o‘sish dinamikasi6, %


So‘nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsion muhitni tubdan yaxshilash, tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferentsiyalar yo‘lini ochib berish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga muhim ahamiyat berilayotganligi va bu borada amalga oshirilayotgan tizimli ishlar iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining oshishida muhim omil bo‘lmoqda.
2015-2019 yillarda mamlakatimiz sanoat tarmoqlarini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan qator dasturlarda 2016 yil uchun mo‘ljallangan vazifa va chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kapital qo‘yilmalar hajmining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashga xizmat qildi.
Iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollari miqdorida yoki 2015- yilga nisbatan 9,6 foizga ko‘p investitsiyalar yo‘naltirildi. O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 11,3 foizga o‘sdi va 3,7 milliard dollardan oshib ketdi. Umumiy qiymati 5,2 milliard dollar bo‘lgan 164 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yakunlandi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyati mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga hamda energiya tejamkor va yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon bo‘lmoqda.
Buning natijasida milliy iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror o‘sish sur’atlari
saqlanib kelinmoqda (1.2-rasm).
Xususan, 2015- yilda iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirildi. Jumladan, ushbu davrda umumiy qiymati 7,4 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish obyekti qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
2015- yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlarning davom ettirilishi natijasida jami 980 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi, shuning 60 foizdan ziyodi qishloq joylarda yaratildi.
Yangi ish o‘rinlarining yaratilishi bilan birga iqtisodiyotda mehnat unumdorligining barqaror oshib borishi aholi real daromadlarining o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, 2015- yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan jami real daromadlarning o‘sishi 9,6 foizni tashkil etdi.
Aholi daromadlari va iste’mol xarajatlarining barqaror oshishi, o‘z navbatida, 2015- yilda chakana savdo aylanmasining 15 foizdan ziyodga oshishiga xizmat qildi.


6 Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O‘zbekiston, 2017. – 34 b.





Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin