Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
abdullayeva rayhon.

         Ushlagan    barmoqlarim    bo‘shashib    ketyapti.    Oyog‘imda    darmon    yo‘q.  

O‘pkam  og‘zimga  tiqilib qolyapti...  

Bu qanday ko‘rgilik bo‘ldi, otaginam? Yo... Qaridim-mi-a?..  

—  Bo‘ri  polvon! — dedi. — enangni  qozi...  Dodingni  kimga  aytasan,  deydi!  

Yurt  so‘raydigan  raisi  shul  bo‘lgach,  fuqaro  dodini  kimga  aytadi?!  Brigadiriga 

aytadi-da!      

— Hech bo‘lmasa ishton kiygizib qo‘yaylik, insonniyam shuncha xo‘rlaydimi?  — 

dedi odamlar.  

— U inson emas! Ol, qo‘lingni! — dedi mirob.  

Bo‘ri polvon o‘zi so‘rayin, dedi. Ammo so‘rashga tili bormadi, nima deb so‘raydi? 

“bizning onamiz qabriga siz marmar sag‘ana qo‘ydingizmi?”— deydimi? Marmar 

toshtaxtalarni qo‘porib-qo‘porib tashlamoqchi bo‘ldi. Marmar sag‘anani ilib-ilib  

otmoqchi bo‘ldi.  

Yo, alhazar! Qabristonga qo‘l tekkizib bo‘ladimi? Qabrni buzib bo‘ladimi?     

          Berilgan  bu  misolda  esa  yashirin  inkor,  taajjub,  kuchli  hayajon  ma’nolari 

umumlashgan  ritorik  gaplar  keltirilgan.    Qabristonga  qo‘l  tekkizib  bo‘ladimi? 

Ritorik  so‘roq  gapi  orqali  unga  qo‘l  tekkizib  bo‘lmaydi  mazmuni,  qabrni  buzib 



bo‘ladimi?      Ritorik  so‘roq  gapi  vositasida  esa  qabrni  buzib  bo‘lmaydi,  bu  katta 

gunoh  degan  qo‘shimcha  ma’noni  ham  anglash  mumkin  bo‘ladi.    Bir  ritorik  gap 

orqali  umumlashma  ma’nolarni  anglatish  Tog‘ay  Murod  ijodining  yana  bir 

qirrasini,  uning  ona  tilimiz  imkoniyatlaridan  mohirona  foydalana  olish  mahorati 

yuksak  degan  xulosa  qilish  mumkin.  Quyida  ham  uning  ritorik  gaplarning  turli 

ma’nolarini ifodalab tuzgan dialoglaridan namunalar berilgan. Ularda ham so‘roq 

ganing bu turi o‘ziga xos vazifani, asar ta’sir kuchini oshirish, qahramon niyatini 

yanada aniqroq ifodalash kabilarni bajarganini ko‘rish mumkin.  

Bo‘ri polvon qo‘ynidan ro‘znoma bo‘laklarini olib, stolga qo‘ydi.  

—Raykom  aytdi  deb,  birovning  qora  kunini  dunyoga  do‘mbira  qilib  chala  berar 

ekan-da? —  dedi.  



38 

 

       Bu  gapda  ritorik  so‘roq  gap  g‘azab,  ajablanish  ma’nolari  qorishib  kelganini 

bilishimiz  mumkin.  Chunki  undan  avval  va  keyin  kelgan  gaplar  orqali  bu 

mazmunlar yanada oydinlashganini ko‘rishimiz mumkin.  



—    Ichlaring    kir    ekan!  —  dedi    bo‘ri    polvon.  —  enamiz    poshikastani    xudo  

yaratib    edi,  Xudoning  o‘zi  oldi-ketdi.  Endi  shuni  butun  dunyoga  yoyish 

kerakmidi?     

        Ajratilgan  gapda  esa  –mi  yuklamasi  orqali  endi  buni  dunyoga  yoyish  shart 

emas edi degan yashirin mazmun, ma’no mavjud.  

—Ta’ziya bu, rais bova, ta’ziya.  

—  Ta’ziya    bo‘lsa,    uyga    boradi,    gazetaga    yozadimi?    Yozaman    desalaring,  

ana,  xush-xushvaqt kunlarimdan yozinglar!       

—Ta’ziya bu, rais bova, ta’ziya.  

—Ta’ziya  bo‘lsa,  uyga  boradi,  gazetaga  yozadimi?  Yozaman  desalaring,  ana,  

xush-xushvaqt kunlarimdan yozinglar!      

— Yaxshi niyat qiling...— dedi.  

— Yaxshi niyat qilmay nima qilyapman?  

— Quruq niyatning o‘zi kifoya qilmaydi...  

        Yuqoridagi  ajratilgan  gaplaar,  ya’ni  ritorik  so‘roq  gaplkarda  ham  yashirin 

tasdiq,  g‘azab,  kinoya,  taajjub  kabi  ma’nolar  ifodalanib,  dialogik  nutqda 

qahramonlar nutqining jonli chiqishiga va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qilgan. Bu 

gaplar  orqali  muallif  o‘zi  yaratayotgan  obrazlarning  fikrlarini  ixcham,  ta’sirchan 

tarzda berishga harakat qilgan.  



Oy  qaysi  oshiqqa  bir  o‘pich berdi?  Oy  qaysi  oshiqqa  vafo  qildi?  Dunyoda  nima 

mo‘l, to‘rt oyoqli jonivor mo‘l! Duch kelmish to‘rt oyoq jonivorni qanday bo‘lsa, 

shundayligicha  el  orasiga  olib  kirib  bo‘ladimi?  

—  Bizga  baribir.  O‘ngiringizning  uchidan  maydagina  bir  ip  bo‘lsa-da  mayli.  

Ayollar  chaqaloqli uyda ipni isiriqqa qo‘shib tutatadilar.  

— Endi, shungayam etagimni yirtaymi?  

      Yozuvchi  asar  qahramoning  ichki  kechinmalarini  ifodalashning  eng  zo‘r 

vositasini topganligini yuqoridagi ritorik gaplar misolida ko‘rishimiz mumkin.  



39 

 

— Xo‘sh, qani? — dedi kal katta.  



— Nima qani?  

— Ot!  

—  Ot?  Katta,  siz  menga  qaysi  bozordan  ot  olib  berib  edingiz?  Denovning 

bozoridanmi, yo,  sho‘rchining bozoridanmi?        

 

Bu  misolda  esa  ritorik  gap  kinoya,  ajablanish  ma’nolarini  ifodalab 



kelmoqda.  Ikki  kishi  o‘zaro  gaplashmoqda  va  birining  aytgan  gapiga  nisbatan 

ikkinchisida  e’tiroz  paydo  bo‘lishi  natijasida  ritorik  gap  qo‘llangan.  Bu  o‘rinda 

ritorik gaplar  o‘rniga  oddiy  darak  mazmunidagi gaplardan  foydalanib,  siz  menga 

hech  qaysi  bozordan  ot  olib  bermagansiz  jumlasidan  foydalanilsa  ham  bo‘lardi, 

ammo unda bu badiiy matn emas, oddiy so‘zlashuv uslubiga yaqinlashardi. Uning 

estetik  vazifasi,  ta’sir  kuchi  yo‘qolardi.  Ritorik  gaplar  esaa  ayni  shu  vazaifalarni 

bajarish uchun nasriy va she’riy matnlarda yordamga keladi.  

— Iya-iya, sen o‘zi qaysi jamiyatda yashayapsan, miya? Shu paytgacha eshakning 

qulog‘iga tanbur chertyapmanmi?

23

 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin