Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
abdullayeva rayhon.

E voh, yer shuncha qattiq,  

Osmon shuncha uzoqmi?! 

31

 

 

Bu  misralar  bugungi  o‘zbek  she’riyatining  eng  iste’dodli  va  yirik 



vakillaridan  biri  Usmon  Azim  qalamiga  mansub.  Bu  ritorik  so‘roq  gap  orqali 

muallif o‘zining kuchli hayajonini ifodlashni niyat qilgan. Chunki bu oddiy, odatiy 

savol  gap  emas.  Uning  kuchli  hayajonni  ifodlayotgan  ritorik  gap  ekanligi  esa, 

misra  boshida  kelgan  e,  voh  undovi  va  bayt  oxiridagi  tinish  belgilaridan 

anglashilmoqda.  Ritorik  gaplarni  hosil  qilishda  tinish  belgilari  ahamiyatli 

bo‘lganidek,  undov  so‘zlar,  olmoshlar  va  yuklamalarning  ham  o‘z  o‘rni  borligi 

xususida  yuqorida  fiklarimizni  bayon  qilgandik.  Bu  misolda  esa  olmosh  yoki 

yuklama emas, aynan undov so‘z orqali ritorik gapga kuchli his-hayajon ma’nosi 

yuklanmoqda.  

 

Quyida  Erkin  Vohidovning  hammaga  mashhur  “Kamtarlik  haqida”gi 



she’ridan  olingan  parchadagi  ritorik  gapni  aniqlashga  va  uni  tahlil  qilishga 

urinamiz: 

 

Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, 

Piyolaga egilar choynak. 

Shunday ekan, manmanlik nechun,  

Kibr-u havo nimaga kerak? 

32

 

                                                           

31

 Usmon Azim. Saylanma.- T.: Sharq.,1995. 



32

 Erkin Vohidov. Saylanma. – T.: Sharq., 2000 




54 

 

        Bu  bandning  yuqoridagi  ikki  misrasida  berilgan  fikrlarga  nisbatan  keyingi 



ikki  misra  javob  sifatida  ritorik  so‘roq  gap  vositasida  ifodalangan.  Ya’ni  garchi 

shuncha mag‘rur turgan choynak piyolaga egilar ekan, manmanlk va kibr-u havo 

odamzotga  ham  kerak  emas  degan  yashirin  inkor  aynan  ritorik  so‘roq  gap 

vositasida  ifodalangan.  Shoirning  bunday  ta’sirli,  yuksak  mahorat  bilan  yozgan 

misralari talaygina. Mana yana ulardan biri: 

 O‘n sakkizga kirmagan kim bor,  

Bog‘ingdan gul termagan kim bor…  

33

 

 

Bu  gap  orqali  ham  yashirin  tasdqi  ma’nosi  ifodalanganini  ko‘rish  mumkin. 



Bu ma’no kim so‘roq olmoshi vositasida yuzaga kelgan, ifodalangan. Agar bandni 

mazmuniga diqqat qiladigan bo‘lsak, o‘n sakkiz yoshga hamma kirgan, bog‘ingdan 

hamma gul tergan degan fikr ifodalanganini ko‘ramiz.  

 

Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo, 

Kim sher yozmas mening yoshimda? 

34

 

         Bu band ham xuddi oldingisi kabi shakllantirilgan bo‘lib, unda ham olmosh, 

ya’ni kim so‘roq olmoshi vositasida yashirin tasdiqli gap berilgan. Uning impliqit 

ma’nosi quyidagicha bo‘ladi: bu ko‘ngil hammani shaydo etadi, mening yoshimda 

hamma she’r yozadi degan mazmun mujassamlashgan.  

Sevgi vodiysida menga  

        Teng bo‘lolgay qaysi qays?! 

Ko‘nglim ochmas, ikki dunyo  

Bu kabi afsona yo‘q.  

         Bu  bandda  esa  muallif  afsonaviy  qays,  ya’ni  sevgi  yo‘lida  majnunga 

aylangan oshiq yigit timsolini qo‘llab, ritorik so‘roq gap hosil qilgan. Ya’ni band 

mazmuni shuki, sevgi  vodiysida  menga hech bir qays  teng  bo‘lolmaydi  tarzidagi 

mazmunni  uqish  mumkin.  Bilamizki,  majnun,  ya’ni  qays  sevgi  olamida  eng 

mashhur shaxslardan.  Undan-da  kuchli  sevgan bo‘lish, undan-da  baland  mavqeda 

                                                           

33

 Erkin Vohidov. Saylanma. – T.: Sharq., 2000 



34

 .Erkin Vohidov. Saylanma. – T.: Sharq., 2000 




55 

 

ekanligi  aytish  orqali  shoir  she’riyatdagi  mubolag‘a  san’atidan  ham  mohirona 



foydalangan. Umuman, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodida ham ritorik 

so‘roq  gaplarning  xilma-xil  mazmunni  ifodalagan  holda  qo‘llangani,  bu  orqali 

shoir o‘z tuyg‘u  va kechinma, g‘oyalarinini berganligini uning yana ko‘plab ijod 

namunalari orqali bilishimiz mumkin.  

 

Ritorik so‘roq gaplarsiz she’riyatni tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ularsiz 



she’rning  o‘zi  bo‘lmaydi.  Shu  bois  ham  istalgan  ijodkordan  bunday  misollarni 

istagancha  topishimiz  mumkin.  Shoir  Iqbol  Mirzo  she’rlari  ham  ana  shunday 

go‘zal  va  ta’sirchan  namuna-yu  misollarga  boy  hisoblandi.  Quyida  shoirning 

she’rlaridan olingan parchalardagi ritorik so‘roq gaplarni tahliliga e’tibor qilamiz, 

ularning mazmuni chaqishga urinamiz. 

 

Shoirning  mashhur  “Yolg‘iz”  she’ridan  olingan  mana  bu  parchada  ham 



ritorik gap mavjud:  


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin