Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
abdullayeva rayhon.

Ayt, mabodo menmasmu u aldagan?!.  

27

  

Bu misolda berilgan gap Ayt, mabodo menmasmu u aldagan?!.  Gapi xuddi oddiy 

so‘roq gapga o‘xshaydi. Chunki unda kimdandir savol so‘rab javobi kutayotgandek 

ayt  so‘zi  ham  qo‘shilgan.  Bu  so‘z  o‘quvchini,  she’rxonni  biroz  chalg‘itishi 

mumkin.  Ammo  bu  gap  ham  ritorik  so‘roq  gapning  bir  turi  hisoblanadi.    Bizga 

ma’lumki,  she’riyatda  qahramon  odatda bitta, ikkita  yoki uchta  bo‘lishi  mumkin. 

Ularning birinchisi muallifning o‘zi yoki lirik qahramon. Odatda 90 foiz she’rlarda 

faqat  shu  lirik  qahramon  mavjud  bo‘ladi  va  butun  she’rda  uning  ichki 

kechinmalari,  tuyg‘ulari,  boshidan  o‘tkazgan  voqea-hodisalari  oniy  lahzada  aks 

etgan qalb  kechinmalari  sifatida  qog‘ozga  to‘kiladi.  Bu o‘rinda  u  she’riy  matnda 

aksariyat hollarda o‘zi bilan o‘zi gaplashadi, ya’ni monologiik nutq yuzaga keladi. 

Lirik  qahramon  o‘z  ichki  meni  bilan  gaplashganligi  sababli  ham  unda  savol-

                                                           

26

 Muhammad  Yusuf., Saylanma.,- T.: Sharq., 2007,  B.288.  



 

27

Muhammad  Yusuf., Saylanma., -.: Sharq., 2007,  B.288.  



 


50 

 

javoblar  bo‘lishi  mumkin.  Aksariyat  hollarda  esa  bu  ritorik  so‘roq  gaplar  orqali 



yuzaga  chiqadi.  Shu  bilan  birga,  lirik  qahramon,  she’riy  matn  ichida  o‘z  yoriga, 

sevgilisiga, do‘stiga, Ollohga murojat qilishi va raqibiga yuzlanishi ham mumkin. 

Ularga  ham    savollar  beradi,  ammo  ularning  javobini  o‘zi  bilib  turadi.  Shu  bois 

ham  bunday  o‘rinlarda  shoirlar  ritorik  so‘roq  gaplardan  unumli  foydalanadilar. 

Yuqoridagi  misolda  ham  xuddi  shu  holni  kuzatish  mumkin.    Aldagan  men 

emasman degan yashirin inkor ma’nosi ritorik gap orqali o‘z aksini topgan.  

 

Sevimli  va  mahoratli  shoirimiz  Muhammad  Yusufning  ijod  namunalarini 



kuzatar ekanmiz, uning so‘roq gapning bu turidan, ya’ni ritorik gaplardan deyarli 

har  bir  she’rida  o‘rnida  foydalanganini  ko‘ramiz.  Uning  ijod  namunalari  xalq 

qalbiga birdan quyilib qolishiga, tez yodda qolishiga va kuchli ta’sirga ega ekanligi 

balki  shundandir.  Chunki  ritorik  gaplarning  asosiy  vazifasi  tinglovchiga 

emotsional-ekspressiv  ta’sir  qilishdan  iboratdir.  Bu  orqali  esa  tilning  ta’sir  qilish 

funksiyasi bajariladi. She’riyatda esa qalb kechinmaari va pand-nasihatlar ana shu 

vosita  orqali  berilib,  uning  qiymati  yanada  oshadi.  Quyidagi  misolga  diqqat 

qilamiz.  



Ayting, kimning paymonasi to‘lmagan,  

Qiz bor — ota yot bag‘irda o‘lmagan.  

O‘g‘lim yo‘q deb o‘kinganlar — johillar,  

Hatto, payg‘ambarning o‘g‘li bo‘lmagan!..  

Bilib ayting aytganda har so‘zingiz,  

Qay o‘g‘ildan kamdir, ayting, qizingiz?!. 

28

 

 

Berilgan  banddagi    birinchi  gap  ritorik    so‘roq  hisoblanadi.  Ayting, 



kimning  paymonasi  to‘lmagan  gapi  shaklan  inkor  ma’nosini  bildirmoqda,  unda 

ritorik  gapning  belgilaridan  bo‘lgan  tinish  belgisi  ham  yo‘q.  Albatta,  buning 

o‘ziga xos sabablari mavjud. She’riyat qoidalariga ko‘ra, muallif tinish belgilarini 

qo‘llashi  yoki  qo‘llamasligi  ham  mumkin.  Bunday  holatda  ham  mazmunan  u 

so‘roqmi,  oddiy  so‘roq  gapmi  yoki  buyruq,  ritorik  gapmi  yoki  darak  ekanligi 

                                                           

28

Muhammad  Yusuf., Saylanma., T.: Sharq., 2007,  B.288.  



 


51 

 

matn mazmunidan anglashilaveradi. Bu misol ham xuddi shunday.  Ya’ni undagi 



inkor  aslida  yashirin  tasdiq    ma’nosiga  ega.  “hammaning  paymonasi  to‘ladi” 

degan ma’no ritorik so‘roq gap ortidagi implitsit tasdqiqdir. E’tibor bersak, ritorik 

so‘roq gap tarkibida keladigan kim  so‘roq  olmoshi tasdiq  yoki  inkor  ma’nosiga 

aylantirilganda  hamma,  hech  kim  kabi  boshqa  belgilash  olmoshlari  bilan 

almashadi. Buni ham ritorik gaplarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri  sifatida 

baholashimiz  mumkin.    Yuqoridagi  bandning  oxirgi  gapi  ham  ritorik  so‘roq 

gapga  misoldir.  Qay o‘g‘ildan  kamdir, ayting, qizingiz?!.  Gapida  “qizingiz hech 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin