Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
abdullayeva rayhon.

qaysi  o‘g‘ildam  kam  emas”  degan  mazmun  va  kuchli  hayajon  ifodalanganini 

ko‘rishimiz mumkin.  



Tinchlik — shudir mening eng tansiq so‘zim,  

Ovutib yashayman o‘zimni-ku, o‘zim,  

Ko‘zimga javdirar bir yashar qizim...  

Yigirmanchi asr, bu qanday gap axir?!

29

 

 

Ritorik  so‘roq  gapning  bu  turida  muallif  yigirmanchi  asrga  nisbatan  kuchli 



hayajon  va  g‘azab  bilan  murojaat  qilmoqda.  Bu  ma’nolarni  oldingi  misralarda 

keltirilgan fikrlardan osongina ilg‘ab olish mumkin.  



Bizning bo‘ston qayda bor,  

Shohimardon qayda bor,  

So‘lim surxon qayda bor?  

Samarqandnon qayda bor-a,  

O‘zbekiston qayda bor?!.  

       Bu  band  esa  to‘lig‘icha  ritorik  so‘roq  gaplardan  tashkil  topgan.  Agar  bu 

she’riy  parchani  oddiy  nasriy  gaplarga  aylantirsak,  quyidagicha  ko‘rinishga  ega 

bo‘ladi:  



Bizning bo‘ston hech qayerda yo‘q,  

Shohimardon hech qayerda yo‘q, 

So‘lim surxon hech qayerda yo‘q, 

                                                           

29

Muhammad  Yusuf., Saylanma., T.: Sharq., 2007,  B.288.  



 


52 

 

Samarqand non ham hech qayerda yo‘q, 



O‘zbekiston ham hech qayerda yo‘q. 

          Yuqorida  kim  so‘roq  olmoshi  ritorik  so‘roq  gapda  faol  qo‘llanilishini  va  u 



hamma,  hech  kim  kabi  belgilash  olmoshlariga  ishora  qilishini  aytgandik.    Bu 

baytda  esa  qayerda  olmoshining  qisqargan  shakli  qayda  so‘zi  qo‘llangan  va  bu 

leksik  vosita  ham  ritorik  so‘roq  gapni  shakllantiruvchi  asosiy  vositalardan  biri 

sanaladi. U esa bevosita hech qayer so‘ziga ishora qiladi va ritorik gap bu olmosh 

bilan yasalgan payti yashirin inkor  ma’nosini anglatadi. Shoir bu she’rida ayni shu 

vositani  qo‘llash  orqali  juda  chiroyli  matn  yarata  olganligini  ko‘rish  mumkin. 

Umuman  olganda,  tilning  barcha  imkoniyatlaridan  foydalana  olish,  ularni  o‘z 

o‘rnida qo‘llay olish ijodkorning mahorati va bilimi, dunyoqarashidan darak bersa, 

ikkinchi  tomondan  uning  ijod  namunalarini  xalq  uchun,  kitobxon  uchun  manzur 

bo‘lishiga yo‘l ochadi. Ritorik gaplar ham tilimiz ma’no nozikliklarini o‘zida aks 

ettirishi va oddiy darak yoki so‘roq gaplardan ta’sirchanroqligi uchun ham  badiiy 

matnlaarga  o‘ziga  xos  joziba,  shu  bilan  birga  ularning  qabul  qilinishida    katta 

ahamiyat kasb etadi.   

        Bir kun boshing botar bo‘lsa bolishga,  

       Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?!  

       Sovchilari eshigida zor bo‘lsin —  

       Nozimalar, Madinalar bor bo‘lsin.

30

 

 

Bu banddagi ritorik so‘roq gap Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?!  gapi 



bo‘lib, u orqali muallif, bir kuni boshing bolishga botar bo‘lsa, ya’ni kasal bo‘lib 

qolganingda  senga  qaraydigan  qizlaringdan  yaqin  birorta  kishing  yo‘q,  ular 

joningga  malham  bo‘ladi  degan  fikrni  ifodalagan.  Bu  ham  oddiy  gapdan  ko‘ra 

o‘zining  ta’sir  kuchi  yuqoriligi  bilan  ajralib  turadi.  Bu  ritorik  so‘roq  gapda  ham 

kim so‘roq olmoshi asosiy vosita sifatida qo‘llangan.   

 

Muhammad  Yusuf  ijodi  xalq  tilining  bor  imkoniyatlarini,  o‘zbek  tilining 



barcha  go‘zalliklarini  o‘zida  jamlay  olgan,  sodda,  xalqona  ohanglar  bilan 

yo‘g‘rilgan,  shuningdek,  kuchli  falsafiy  ma’nolarga  egaligi  bilan  o‘z  davridayoq 

                                                           

30

 Muhammad  Yusuf., Saylanma., -T.: Sharq., 2007,  B.288.  




53 

 

barchaning  diliga  birdek  kirgan,  shu  kirish  barobaridan  yuraklardan  chuqur  joy 



egallangan  bir  xazina  hisoblanadi.  Tilimizga  xos  qaysi  xususiyatni  tahlil  qilishga 

harakat  qilsak,  albatta,  uning  ijod  namunalari  orasidan  istagancha  misol,  tadqiq 

obyekti topishimiz mumkin. Jumladan, uning har bir she’rida ritorik gaplarning har 

bir  mazmuniga  mos  keladiganini, ularni  rang-barangligini  va ma’lum  bir  vazifani 

bajarish uchun qo‘llaganini ko‘rishimiz  mumkin. O‘zbek she’riyatida esa bunday 

ijodkorlar  talaygina.  Quyida  boshqa  ijodkorlar,  shoirlar  asarlarida  uchraydigan 

ritorik gaplaning ham tahliliga e’tibor qaratamiz.  


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin