Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
abdullayeva rayhon.

Endi  ayting insof  bilan,  Mirzo  Ulug‘bek, 

Nechuk  bo‘lmay  bobongizga o‘zim da’vogar? 

 

Shu baloni daf etgali,  qiblayi olam, 



Yuqoridan farmoyishni kutmoqlik  shartmi? 

Bu  ritorik  so‘roqli  baytlarning  birinchisidan  “hech  kimda  gunoh  yo‘q”,  

ikkinchisida  esa      “o‘zim    da’vogar    bo‘laman”    va    uchinchisidan    “yuqoridan  

farmoyishnii  kutmoqlik  shart  emas”  kabi  javoblar  anglashiladi. 




48 

 

Nasriy  matnlardan  farqli  o‘laroq,  she’riy  asarlarda  ritorik  so‘roq  gaplarni 



juda ko‘p uchratish mumkin. Bunday gaplar she’riyatning haqiqiy bezagi, ifoda va 

ta’sir  etish  vositasi  sanaladi.  Bizga  ma’lumki,  she’riy  asarlarda  qahramon  bitta 

yoki  ikkita  bo‘ladi  va  asosan  biror  shaxsga,  asosan  yorga  murojaat  yo‘llanadi. 

Bunday  vaziyatda  fikrni  eng  ta’sirchan, ixcham  ifodalashning yagona  va  maqbul 

vositalaridan  biri  bu  nazmda  ritorik  gaplardan  unumli  foydalanishdir.  She’riyat 

mulkining  sultoni  hisoblangan  Navoiy  bobomiz  asarlaridan  tortib,  to  bugungi 

kungacha ijod qilayotgan shoirlarimiz o‘z asarlarida bunday gapladan ustalik bilan 

foydalanib kelmoqdalar. Quyida   ayrim  she’riy matnlardagi ritorik gaplarni tahlil 

qilishga urinamiz. 

Biz baxtli bo‘lamiz  

Xudo xohlasa,  

Xudo xohlamasa,  

Uchrasharmidik?!   

25

 



Bu misolda berilgan ritorik gap orqali ta’sirchanlik, yashirin tasdiq ma’nolari 

mujassam.  



Men olmani irg‘itvorsam,  

U dod soldi:  

Tashlab ketar ekan meni  

Nega oldi?!  

Bu misolda esa nega oldi ritorik so‘roq gapi yuqoridagi gaplarning mantiqiy 

davomi  sifatida  kelib, meni  tashlab ketar ekan olmasligi kerak  edi degan  yashirin 

inkor,  shu  bilan  birga  kuchli  hayajonni,  g‘azabni  ifodalab  kelgan.  She’riy 

matnlarda  ritorik  so‘roq  gapning  bir  nechta  ma’nolari  bitta  gap  takibida 

umumlashib kelishi odatiy hol, norma hisoblanadi. Chunki nasriy matnlardan ko‘ra 

she’riy matn qisqa satrlarda ko‘proq ma’no berishi kerak. Bu o‘rinda esa eng katta 

yutuqlardan biri  ritorik so‘roq gaplar zimmasiga tushadi.  

Yana bir misolga e’tiborimizni qaratamiz.  

                                                           

25

 Muhammad  Yusuf., Saylanma.,- T.: Sharq., 2007,  B.288.  



 


49 

 

Oftob elib to‘lsa ko‘k uzra,  



Unga osmon sandig‘i hujra.  

Haqdan hukm, bandadan ijro,  

Xudo bilar, kim oldin ketar?! 

26

 



Bu misolda yuqorida aytib o‘tganinmiz kim so‘roq olmoshi yordamida ritorik 

so‘roq  gap  hosil  qilingan.  Xudo  bilar,  kim  oldin  ketar?!  Bu  ritorik  so‘roq  gap 

orqali yashirin tasdiq va inkor   ma’nolari mujassamlashgan. Ya’ni  “kim oldin bu 

dunyodan  ketishini  xudo  biladi,  undan  boshqa  hech  kim  bilamaydi”  degan 

ma’nolar  mavjudligini  uqish  mumkin.  Bu  gap  orqali  muallif  ikkinchi  bir  kishga 

savol berayotgani yo‘q va shu asnoda uning javobini ham talab qilmayapti. Bu o‘z-

o‘ziga  aytilgan,  javobi  talab  qilinmaydigan  so‘roqdir.  Chunki  uning  javobi  bilan 

birga qo‘shimcha ma’nolari ham o‘z ichidadir.  

Yuzlaringni ko‘rgandayman qaydadir,  

Qo‘l ushlashib yurgandayman qaydadir,  

Neki qilsang, axir bir kun qaytadir,  


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin