Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
abdullayeva rayhon.

Yaratganga borib aytaman seni!  

O‘zi hukm etsin odil va xolis.  

Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?  

Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz...

35

  

 

Bu  bandda  biz  ajratib  ko‘rsatganimiz-  men  qaytib  kelmayman, 



tushunyapsanmi?  Gapi  ritorik  so‘roq  gap  hisoblanib,  unda  ta’kidlash  ma’nosi 

mavjud. Ya’ni lirik qahraon qaytib kelmasligini ta’kidlash uchun tushunyapsanmi 

shakildagi so‘roq gapdan foydalangan.  

To‘y buzishga yetarmidi jur’atim?  

Un tortgani tegirmonga jo‘nadim.  

Tuguniga sig‘magandir suratim…  

Tugunchagin tugib qo‘ygan tayyor qiz,  

Yolg‘on yig‘lab, erga borar ayyor qiz.  

          Yuqoridagi  bandda  esa  birinchi  misradagi  gap  ritorik  so‘roq  gap,  unda 

yashirin inkor ma’nosi impliqit tarzda ifodalangan. Bu o‘rinda  ritorik so‘roq gapni 

hosil  qilgan  vosita  –mi  so‘roq  yuklamasi  sanaladi.  Bu  qo‘shimcha  yuklama  ham 

                                                           

35

  Iqbol Mirzo . Sizni kuylayman.- T.: Sharq., 2000 




56 

 

ritorik  so‘roq  gap  hosil  qilishda  faol  ishtirok  etuvchi  vositalardan  biri  sanaladi. 



Aslida  oddiy  so‘roq  gapni  yasaganida  unga  ha  yoki  yo‘q  shaklidagi  javob  talab 

qilinadi. Ammo u ritorik gap tarkibida kelar ekan unga bunday javoblar shart emas. 

Chunki  uning  javobi  o‘z  ichidadir.  Yuqoidagi  gapdan  esa  to‘y  buzishga  jur’atim 

yetmaydi degan ma’noni anglashimiz mumkin.  

Ey qaldirg‘och qoshligim,  

Kel, ahdimiz bir bo‘lsin.  

Uchta odam bilgan gap  

Qanday qilib sir bo‘lsin? 

        Bu misolda esa  uchta odam bilgan gap qanday qilib sir bo‘lsin? Ritorik gapi 

orqali uchta odam bilgan gap sir bo‘la olmaydi degan mazmun mavjud.  

        Iqbol  Mirzo  qalamiga  mansub  quyidagi  to‘rtliklarda  ham  ritorik  so‘roq 

gaplarning go‘zal namunalari qo‘llangan. 

Bordir saroy qurganlar,  

Bordir davron surganlar.  

Bormi bizdek bir tushni   

Birgalashib ko‘rganlar?  

 

Binafsha, boychechak, bodrezak  

Yonida ochilib kulmadi.  

Bunaqa ko‘klam kimga kerak?  

Faqat gul kelmadi, kelmadi.  

 

        Sen neni bilasan, osmondagi qiz?  

Bahorday bildirmay qariydi bu his.  

Esiz, yoshligimiz, sevgilarimiz…  

Bugun sevgi oddiy ishga aylandi.  

 

Shamol yalab ado qilgan duvolmidik,  

Toshloqqa tup qo‘yolmagan niholmidik,  



57 

 

Qorda qolgan qaldirg‘ochdek uvolmidik,  



Osmon – yuksak, zamin tuban, pastmi, salim,  

Sening darding mening dardimmasmi, salim?  

 

Quyida  berilgan  ikki  misolda  esa  ritorik  so‘roq  gaplar  nahot,  nahotki 



yuklamalari bilan shakllantirilgan bo‘lib, ularda taajjub ma’nosi ustunlik qiladi.  

Bugun seskantirdi, bir sovuq savol,  

Tilimni tishladim, tishlarim sindi.  

Nahot, yer ustida bizga yo‘q visol,  

Nahot, yer ostida ko‘rishsak endi?!  

  

Birinchi bor o‘zimga yoqib qoldi tovushim:  

«Ko‘zimga ishonmayman, nahotki o‘zingsan shu?!»

36

  

         Demak,  o‘zbek  she’riyati,  she’riy  matnlari  ham  tilning,  umuman  og‘zaki 

nutqimizning  barcha  xususyatlarini  o‘zida  jamlagan  bo‘lishi  kerak.  Chunki  har 

qanday  milliy  adabiyotning  yaratuvchisi,  albatta  xalq  vakili  bo‘ladi.  Shu  boisdan 

ham  u  yaratgan  ijod  namunalarida  ma’lum  bir  tilning  barcha  boyliklari, 

imkoniyatlari  o‘z  aksini  topadi.  Shunday  bo‘lsagina  uning  yozgan  asarlari  xoh  u 

nasriy  bo‘lsin,  xoh  nazmiy  o‘quvchi,  kitobxon  qalbiga  tezroq  yetib  boradi  va 

o‘zining o‘quvchisini topadi. Mobodo, buning aksi bo‘lsa, ya’ni badiiy matn faqat 

oddiy  so‘zlashuv  uslubidagi  matnlardan  farq  qilmasa  unday  asar  kitobxonni  tez 

zeriktiradi.  Shu boisdan yozuvchi, shoirlarimiz estetik ta’sirni kuchaytirish uchun 

o‘z  asarlarida  lingvistik  vositalarning  turli  ko‘rinishlarini  qo‘llaydilar.  Ularning 

ichida,  ayniqsa,  ritorik  so‘roq  gaplar  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Yuqoridagi 

tahlillardan  ham  ma’lum  bo‘ladiki,  she’riy  matnlarni  ritorik  gaplarsiz  taavvur 

qilish  mumkin  emas.  Ular  o‘zida  singdirgan  bir  necha  ma’no  orqali,  ya’ni  qisqa 

satrlardagi  ko‘p  mazmunlilik  asosida  she’riy  matnning  o‘ziga  xosligini 

ta’minlaydi.  Shu  sabab  ham  shoirlar  bu  lingvistik  vositaga  qayta-qayta  murojaat 

qilaveradilar.  

 

                                                           

36

 Iqbol Mirzo . Sizni kuylayman.- T.: Sharq., 2000 




58 

 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin