Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
abdullayeva rayhon.

Umumiy xulosalar 

         “O‘zbek  tilida  ritorik  so‘roq  gaplar  va  ularning  lingvistik  xususiyatlari” 

tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 

Ma’lumki,tilshunoslikda  gaplar,  kuzatilgan  maqsadning  har  xilligiga  — 

maqsadning yo‘nalishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi  

          1. Darak gaplar 

          2. So‘roq gaplar 

          3. Buyruq gaplar 

          4. Undov gaplar 

So‘roq gaplar quyidagi yirik guruhlarga bo‘linadi: 

     


1.  Sof  so‘roq  gaplar  (asl  so‘roq  gaplar).  Bular  javob  talab  qiladigan 

so‘roqni ifodalaydi. Masalan: Bugun qaerga borasan? Bunday so‘roq gaplar 

shubha,  taajjub  kabi  ottenkalarga  ham  ega  bo‘la  oladi.  Bunday  ottenkani 

og‘zaki nutqda ohang ko‘rsatadi. 

2.  Ritorik  so‘roq  gaplar.  Bunday  gaplar  javob  talab  qilmaydi.  Bunda 

so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning 

bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi. 

 3.So‘roq-buyruq  gaplar.  Bunday  gaplar  so‘roq  yo‘li  bilan  bu -  yurish 

ottenkasini ham beradi.  

 

So‘roq gapning kuzatilgan maqsad bilan bog‘langan grammatik -



ohang xususiyatlari ham bor. Bunda biz mustaqil qo‘llangan, so‘roq gapligi 

aniq  bilinib  turadigan  turlarni  nazarda  tutamiz.  Qo‘shma  gaplarda 

to‘ldiruvchi  ergash  gapning  bir  turi,  so‘roq  gap  tusida  tuzilgan  bo‘lishi 

mumkin, lekin bu ergash gapda so‘roq xususiyati deyarli  yo‘qolgan bo‘ladi 

(bunday hollarda so‘roq belgisi qo‘llanmaydi). So‘roq gapning intonatsiyasi 

darak  gapnikiga  nisbatan  yuqori  bo‘ladi.  Gapdagi  eng  so‘nggi  elementning 

keyingi  bo‘g‘ini  darak  gapda  tushuvchi  ohang  bilan  aytilsa,  so‘roq  gapda 

ko‘tariluvchi ohang bilan aytiladi (u aytdi gapi so‘roq va darak gaplar tusiga 

kiritib aytilsa, bu holat ochiq ko‘rinadi). So‘roq gap maxsus so‘z  — element 

orqali  ifodalanganda,  bu  gapning  ohangi  darak  gapning  ohangiga  bir  oz 




60 

 

yaqinlashadi  (bunda  ohang  so‘roqni  ifodalashda  bosh  rolni  o‘ynamaydi). 



Lekin  shunda  ham  gapning  oxiridagi  ohang  darak  gapdagidek,  u  bilan 

tenglasharli darajada past bo‘lmaydi. 

So‘roqni  bildiruvchi  so‘z  gapning  oxirida  bo‘lmagan  vaqtda  bu 

element  boshqa  so‘zlarga  nisbatan  kuchli  aytilib,  qolganlari  bunga 

qaraganda past ohang bilan aytiladi 

    Nasriy  matnlarda  ritorik  so‘roq  gaplar  juda  faol  qo‘llanilib,  ular  asar 

qahramoning monologik nutqida uning o‘y-xayollari, ichki kechinmalarini yanada 

ta’sirchan ifodalaydi, asarning badiiy estetik qiymatini oshiradi. 

    Dialogik nutqda  esa  so‘zlovchining tinglovchiga  ta’sir  etish, fikrini  tasdiqlatish 

yoki inkor etish vazifalarini bajaradi. Shu bois ham mahoratli yozuvchi va adiblar 

ritorik gaplardan o‘z asarlarida mohirlik bilan foydalanadilar.   

   Nasriy  matnlarda  ritorik  so‘roq  gaplar  yashirin  tasdiq,  g‘azab,  kinoya,  taajjub 

kabi  ma’nolar ifodalanib, dialogik  nutqda  qahramonlar nutqining  jonli chiqishiga 

va  ta’sirchan  bo‘lishiga  xizmat  qiladi.  Ular  orqali  muallif  o‘zi  yaratayotgan 

obrazlarning fikrlarini ixcham, ta’sirchan tarzda berishga erishadi, bu esa asarning 

o‘qimishli bo‘lishiga, asarning badiiy - estetik qimmatini  oshirishga xizmat qiladi. 

She’riy matnlardan olingan namunlarni tahlil qilish asnosida shunday xulosa qilish 

mumkinki,  ularda  ta’sirchanlikni  oshiruvchi,  lirik  qahramon  tuyg‘ularini 

ifodalovchi vositalardan biri bu ritorik so‘roq gaplardir.  

    Ular  she’riy  manlarda  turli  ma’nolarni,  xususan  yashirin  inkor,  tasdiq,  taajjub, 

g‘azab,  gumon,  ta’kid  kabilarni  turli  leksik  birliklar:  olmosh,  yuklama,  tinish 

belgilari  orqali  ifodalab  keladi.  Shuningdek,  ritorik  gaplarning  qo‘llanilishi  shoir 

mahoratidan va she’rning mukammalligidan darak beradi.   

   Nasriy  matnlardan  farqli  o‘laroq,  she’riy  asarlarda  ritorik  so‘roq  gaplarni  juda 

ko‘p uchratish mumkin. Bunday gaplar she’riyatning haqiqiy bezagi, ifoda va ta’sir 

etish  vositasi  sanaladi.  Bizga  ma’lumki,  she’riy  asarlarda  qahramon  bitta  yoki 

ikkita bo‘ladi va  asosan  biror  shaxsga, asosan  yorga  murojaat yo‘llanadi. Bunday 

vaziyatda  fikrni  eng  ta’sirchan,  ixcham  ifodalashning  yagona    va  maqbul 

vositalaridan  biri  bu  nazmda  ritorik  gaplardan  unumli  foydalanishdir.  She’riyat 



61 

 

mulkining  sultoni  hisoblangan  Navoiy  bobomiz  asarlaridan  tortib,  to  bugungi 



kungacha ijod qilayotgan shoirlarimiz o‘z asarlarida bunday gaplardan ustalik bilan 

foydalanib kelmoqdalar.  

 

   Bizga  ma’lumki,  she’riyatda  qahramon  odatda  bitta,  ikkita  yoki  uchta  bo‘lishi 



mumkin. Ularning birinchisi muallifning o‘zi yoki lirik qahramon. Odatda 90 foiz 

she’rlarda  faqat  shu  lirik  qahramon  mavjud bo‘ladi va  butun she’rda  uning  ichki 

kechinmalari,  tuyg‘ulari,  boshidan  o‘tkazgan  voqea-hodisalari  oniy  lahzada  aks 

etgan  qalb  kechinmalari  sifatida  qog‘ozga  to‘kiladi.  Bu  o‘rinda  u  she’riy  matnda 

aksariyat hollarda o‘zi bilan o‘zi gaplashadi, ya’ni monologiik nutq yuzaga keladi. 

Lirik  qahramon  o‘z  ichki  meni  bilan  gaplashganligi  sababli  ham  unda  savol-

javoblar  bo‘lishi  mumkin.  Aksariyat  hollarda  esa  bu  ritorik  so‘roq  gaplar  orqali 

yuzaga  chiqadi.  Shu  bilan  birga,  lirik  qahramon,  she’riy  matn  ichida  o‘z  yoriga, 

sevgilisiga, do‘stiga, Ollohga murojat qilishi va raqibiga yuzlanishi ham mumkin. 

Ularga  ham    savollar  beradi,  ammo  ularning  javobini  o‘zi  bilib  turadi.  Shu  bois 

ham bunday o‘rinlarda shoirlar ritorik so‘roq gaplardan unumli foydalanadilar. 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin