Murakkab profillarni prokatlash uchun kalibrlash sxemasi Shveller profillarni prokatlash uchun jo„valarni kalibrlash
Shveller profillarni prokatlash uchun jo„valarni kalibrlash sxemalaridan asosiylariga:
To„sinli (3.6 a - rasm) bunda tayyorlov idishli kalibrlari bilan bir qatorda qoralama ikki tavrli kalibrlarni prokatlash uchun 2…4 qadamlarga, shvellerlarni prokatlash uchun umumiy va profil devorlari balandligi bo„yicha bitta yoki ikkita siqilgan o„lchamlar to„siniga ega;
Idishli (3.6 b - rasm) bunda barcha turli shakildagi
kalibrlar faqatgina idishli, to„g„ri tokchali, to„g„ri yoki biroz bukilgan
devorli qilib bajariladi;
O„ralgan (3.6 d - rasm) bunda ikkilamchi va tayyorlov kalibrlar bukilgan tokchali va devorli qilib o„rab tayyorlanadi.
Bundan tashqari shunday usul borki unda taxlam birinchi bo„shatishda tasmali turdagi kalibrlarda prokatlanadi (to„g„ri devorli va tokchali), so„ng prokatlash so„ngida tasma sekin asta yakuniy shveller profilini olish uchun egiladi.